75
IV BOB
REFLEKTOR TIZIM: TUZILISHI, VAZIFASI, TEKSHIRISH
USULLARI VA PATOLOGIYASI
Reflekslar nerv faoliyatining funksional birligi hisoblanadi- refleks, bu
kelayotgan ta’sirotlarga nerv tizimining beradigan javob reaksiyasidir. Nerv
tizimining faoliyati uning ichki va tashqi muhitning qo‘zg‘atuvchi
omillarga
to‘xtovsiz bo‘ladigan javob reaksiyasidan tashkil topadi, jumladan, organizmning
har qanday faoliyati asosida va inson xulq atvorida reflektor faoliyat yotadi.
Reflekslar
haqidagi
ta’limot nerv faoliyatining asl mohiyatini tushinishda
juda ko‘p ma’lumotlar beradi. Ammo reflektor faoliyat o‘zicha ko‘p
shakldagi
ma’lum maqsadga qaratilgan xulq-atvorni tushuntirib bera olmaydi.
Keyingi yillarda reflektor mexanizmlar haqidagi tushuncha xulq-atvorni
hosil bo‘lishida qabul qiluvchining tutgan o‘rni haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar
P.A.Anoxinning «funksional sistemalar» yoki N.A.Bernshteynning «fiziologik
aktivlik» degan ta’limotida (konsepsiyasida) ancha oydinlashdi. Bu konsepsiyaga
asosan miya tashqi ta’sirotlarga adekvat javob beribgina qolmay, balki kelajakni
ko‘ra biladi; o‘z xulq-atvori rejasini tuza biladi va uni amalga oshira biladi.
(«akseptor harakat» yoki «kelajakning kerakli modeli»).
Bu omillar insonni xulq-atvor rejasini tuzish borasida «borliqni
avvaldan
ko‘ra bilish» degan fikrga kelishga asos bo‘ladi.
Reflekslar ikki turga ya’ni shartsiz va shartli reflekslarga bo‘linadi. Shartsiz
reflekslar hamma turlarga taalluqli bo‘lib, nasldan-naslga beriladi, ularning yoylari
bola tug‘ilgan vaqtida ulangan bo‘lib, hayotning oxirigacha saqlanib qoladi. Ular
kasallikni keltiruvchi omillar ta’sirida o‘zgarishi mumkin. Shartsiz reflekslar o‘z
navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi: oddiy (spinal), murakkab (miya so‘g‘oni va
instinkt) po‘stloq osti reflekslari.
Shartli reflekslar individual rivojlanish va yangi tajribalarni to‘planishi
natijasida hosil bo‘ladi. Yangi vaqtinchalik aloqani hosil bo‘lishi, muhitning
o‘zgaruvchan shartlariga bog‘liqdir va bu holat shartsiz
refleks asosida bosh
miyaning oliy bo‘limlari ishtirokida shakllanadi. Shunday qilib, barcha reflekslar
mexanizmi, ayniqsa oddiy shartsiz reflekslar harakat aktini o‘ziga jalb etadi va
ishga tushiradi- refleksning morfologik substrati asosida reflektor yoyi yotadi.
Shartsiz refleksning reflektor yoyi orqa miya, bosh miya so‘g‘oni, po‘stloq osti
tugunlari ishtirokida hosil bo‘lsa, shartli reflekslarning
reflektor yoyi esa bosh
miya po‘stlog‘i ishtirokida sodir bo‘ladi.
Asab kasalliklari klinikasida katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan shartsiz
reflekslarning reflektor yoyining tuzilishini ko‘rib chiqamiz. Orqa miya oddiy
refleksining reflektor yoyi 3 neyrondan ya’ni afferent, oraliq va efferent
neyronlardan tashkil topgan. Afferent neyronga orqa miya tugun hujayralari kiradi,
ularning dendritlari periferiyaga yo‘nalgan bo‘lib, pay, mushaklar, bo‘g‘im,
suyak
usti pardasi, teri va shilliq pardalarda tugaydi. Orqa miya tuguni hujayralari
aksonlari orqa miyaning orqa ildizi tarkibida orqa miyaning orqa shoxi xususiy
o‘zagi hujayralarida tugaydi. Natijada orqa miya tuguni hujayralari teri, shilliq
76
parda, pay, suyak usti pardasidan ta’sirotni qabul qilib va uni orqa shoxga o‘tkazib
beradi va orqa miya reflektor yoyining markazga intiluvchi–afferent
qismini
tashkil qiladi. Yoyning ikkinchi qismi orqa miyaning oldingi shox hujayralaridan
iborat bo‘lib, ularning aksonlari impulsni oldingi ildiz tarkibida mushaklarga
etkazib beradi va reflektor yoyning markazdan qochuvchi – efferent qismini tashkil
qiladi. Oraliq neyron esa afferent neyrondan qabul qilingan qo‘zg‘alishni afferent
neyronga o‘tkazib beradi, ya’ni orqa miyaning orqa
shoxini oldingi shoxi bilan
birlashtiradi.
Teri, mushak, paylarning ta’sirlanishidan hosil bo‘lgan impuls o‘ziga xos
spesifik retseptorlarda qabul qilinadi, so‘ngra afferent neyron orqali impuls orqa
shox hujayralariga va o‘z navbatida oraliq neyron orqali efferent neyronga o‘tkazib
beriladi va unga javoban ishchi a’zo harakat sodir bo‘ladi.
Miya so‘g‘oni va po‘stloq osti o‘zaklari reflekslarining yoyini tuzilishi ancha
murakkabdir. Shartsiz reflekslar nerv tizimi faoliyatining ko‘rsatkichi bo‘lib,
tananing turli qismlarida chaqiriladi, ularning reflektor yoyi bosh miya so‘g‘onida,
orqa miyaga taalluqli bo‘lgan segmentlarda o‘zaro birlashadi.
Asab kasalliklari klinikasida o‘rganiladigan
shartsiz reflekslar pay, bo‘g‘im,
suyak usti pardasi, teri va shilliq parda reflekslariga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: