BOLALARDA VA KATTALARDA TEKSHIRISH USULLARI
Qo‘shimcha nervni tekshirish uchun oldin tinch holatda to‘sh-o‘mrov-
so‘rg‘ichsimon va trapesiyasimon mushaklarda atrofiya, fibrillyar, fassikulyar
qisqarishlar bor yo‘qligi aniqlanadi. Keyin boshni chapga, o‘ngga, oldinga va
126
orqaga harakati, yelkalarni ko‘tarib tushirish tekshiriladi. So‘ngra
m.sternocleidomastoideus va m.trapezius larning kuchi aniqlanadi. M.
sternocleidomastoideus kuchini aniqlash uchun boshni bir tomonga burib, qattiq
ushlab turadi. Tekshiruvchi esa qarama-qarshi tomonga, m.trapezius ni kuchini
tekshirish uchun tekshiriluvchi yelkasini ko‘tarib, qarshilik qilgan holda,
tekshiruvchi pastga bosadi. Bu mushaklarning kuchi 5 ball bilan o‘lchanadi.
ZARARLANISH BELGILARI
Klinik tajriba shuni ko‘rsatadiki, qo‘shimcha nervning alohida shikastlanishi
juda kamdan-kam holda ro‘y beradi.
Agar qo‘shimcha nerv bir tomonlama zararlansa, shu tomonda yelka pastroq
turadi, yelkani ko‘tarish susayadi, boshni qarama-qarshi tomonga burish
qiyinlashadi, m.sternosleidomastoideus va m.trapezius larda atrofiya ko‘riladi,
hamda bu mushaklarning kuchi pasayadi.
Agar qo‘shimcha nerv surunkali biror patologik jarayon ta’sirida kasallansa,
kasalning boshi, yelkasida klonik qisqarish yuz beradi. Chaqaloqlarda bu nerv
zararlansa bola boshini orqaga egadi, qarama-qarshi tomonga esa bura olmaydi,
yelkasini tepaga ko‘tara olmaydi. Chaqaloqlarda ko‘proq m.trapezius mexanik
shikastlanishi natijasida bo‘yin qiyshayishi kuzatiladi.
XII JUFT TIL OSTI NERVI
Harakatlantiruvchi nervlar qatoriga kirib,
ikkita – markaziy va periferik neyrondan iborat.
60-rasm.
Til osti nervi.
1. Til osti nervining o‘zagi
2. Til yutqun nervi
3. Til osti nervi
4. Umumiy uyqu arteriyasi
5, 6. Adashgan nerv tolalari
7. Ichki uyqu arteriyasi
8. Simpatik zanjir
9. Yuqorigi bo‘yin tuguni
A) Til osti nervini zararlanishi va tilni
zararlangan tomonga deviatsiyasi
Б
) Til osti nervi o‘zagini zararlanishi
В
) Jeksonni alterlanuvchi falaji
Til osti nervining I neyroni markaz oldi pushtaning pastki tomonidan
boshlanib, uning aksonlari po‘stloq o‘zak yo‘li, ichki kapsulaning tizzasidan, miya
oyog‘idan, Varoliy ko‘prigidan o‘tib, to‘la kesishma hosil qiladi va uzunchoq
miyada joylashgan o‘zakda (nucleus nervi hypoglossi) tugaydi. Bu o‘zak
hujayralarining aksonlari 10-15 dona ildizcha hosil qilib uzunchoq miyani
127
piramidasi bilan pastki oliva o‘rtasidagi egatdan (sulcus antero laterelis) chiqadi,
kalladan til osti nervi o‘z nomidagi kanaldan (canalis n.hypoglossus) chiqib til
mushaklari va til osti suyagidan pastda joylashgan mushaklarni innervatsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |