HARAKATLANTIRUVCHI QISMI
Til-yutqin va adashgan nervlarning harakat qismi 2 ta: markaziy va periferik
neyrondan iborat.
I neyron markaz oldi pushtadan boshlanib, uning aksonlari po‘stloq-o‘zak
yo‘lini hosil qiladi. Po‘stloq-o‘zak yo‘li ichki kapsulaning tizzasidan, miya
oyoqlaridan, Varoliy ko‘prigidan o‘tib, qisman kesishma hosil qiladi va uzunchoq
miyada joylashgan ikki yoqlama o‘zakda (nucl.ambigius) tugaydi. Bu o‘zak IX va
X neyronlar uchun umumiydir. Ikki yoqlama o‘zakning aksonlari til-yutqin va
adashgan nervlarni harakatlantiruvchi qismini hosil qilib, uzunchoq miyaning
123
olivasi bilan arqonsimon tana o‘rtasidan chiqadi va o‘z yo‘nalishida bo‘yintiriq
teshigi (foramen jugularae) orqali kalladan chiqadi.
Adashgan nervning harakatlantiruvchi tolalari halqum, yumshoq tanglay,
hiqildoq, ovoz mushaklarini innervatsiya qiladi. Til-yutqin nervining
harakatlantiruvchi tolalari alohida m.stylopharyngeus ni innervatsiya qiladi.
SEZUVCHI QISMI
Birinchi neyronning hujayralari pastki va yuqorigi bo‘yintiriq tugunlarida
(gang. jugularae inf.et sup.) yotadi. Yuqori bo‘yintiriq tuguni hujayralari dendritlar
umumiy sezgi impulslarni olib o‘tadi, aksonlari esa uzunchoq miyaga orqa lateral
egatdan kirib, sezgi o‘zagida (nucl alae cinereae) tugaydi.
57-rasm.
Til-yutqin nervi.
1. Uyqu-nog‘ora nervi
2. Katta tosh nervi
3. Chuqur tosh nervi
4. Qanotsimon kanal nervi
5. Qanotsimon tanglay tuguni
6. Quloq tuguni
7. Quloq suprasi – chakka nervi
8. Til-yutqin nervining tutqin, bodom va til
shoxchalari
9. Yuz nervining tizzasimon tuguni
10. Pastki so‘lak o‘zagi
11. Ta’m bilish o‘zagi
12. V juft nervning pastga tushuvchi o‘zagi
13. Ikkiyoqlama o‘zak
14. Til-yutqin nervi
15. Til-yutqin nervining yuqorigi va pastki tuguni
16. Yuqorigi bo‘yin simpatik tuguni
17. Adashgan nerv
Pastki bo‘yintiriq tuguni hujayralari dendritlari tilining orqa 1/3 qismidagi
ta’m bilish so‘rg‘ichlarida tugaydi, aksonlari esa uzunchoq miyaga kirib ta’m
bilish o‘zagida (nucl. solitarii) tugaydi. Sezgi va ta’m bilish o‘zagidan
boshlanadigan ikkinchi neyronning aksonlari kesishma hosil qilib, ichki qovuzloq
tarkibida ko‘ruv bo‘rtig‘ining oldingi va ichki o‘zagida tugaydi. Bu ko‘ruv
bo‘rtig‘idan uchinchi neyron boshlanib, ichki kapsulaning orqa oyoqchasidan
tepaga ko‘tariladi va markaz orqa pushtaning pastki qismida tugaydi. Sezuvchi
tolalari til shilliq pardasini orqa 1/3 qismini, halqum, o‘rta quloq, yumshoq
tanglay, hiqildoq, evstaxiyev nayi shilliq pardasi, tashqi eshituv yo‘li, quloq
suprasining orqa terisini, hamda bosh miyaning qattiq pardasini innervatsiya qiladi.
124
Do'stlaringiz bilan baham: |