Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
bilgan bandagina shunday tabassum qilishi mumkin, o‘yladi Palmer. Yo‘lka chetida ularni kulrang 
«Rolls-Roys» kutib turardi. U bu yerga hozirgina kelganini kim ham o‘ylardi deysiz: ko‘chaga aynan 
shu mashina yurishi uchun suv sepilgandek edi. Berkxardtdan so‘ng Palmer ham kirib, qoramtir-
kulrang charm qoplangan orqa o‘rindiqda yonma-yon o‘tirdi. 
Mashina o‘rnidan ravon qo‘zg‘alib, tekis yo‘lga tushib oldi-da, Broud-strit bo‘ylab  yalpi oqimda 
sassiz yurib ketdi. Berkxardt ularni haydovchidan ajratib turgan oynani tushirdi-da:  
— Beshinchi avenyudagi ofisga, Garri, — dedi.  
Palmer oynaning yana ko‘tarilganini sezdi, shisha to‘siq yonidagi maxsus tokchadagi telefonga ko‘zi 
tushdi. — Endi hammasi joyida, qani, gapir-chi, — amr etdi Berkxardt. 
Palmer chimirildi, go‘yo nimadir ustida bosh qotirardi. Holbuki, ba’zi narsalardan umumiy xulosa 
chiqarish unga cho‘t emasdi. 
— Bu yerda hamma masala yangi pullarda, — dedi bamaylixotir. — Omonat banklari katta 
dividend to‘laydilar, shu boisdan yangi-yangi pul qo‘yishni jalb qiladilar. Vazifa — ana shu pullarni 
bizga yo‘naltirishga erishishdan iborat. 
— Gapning indallosini aytding. Qo‘shimcha qilishimning hojati qolmadi. 
— Men mamnunman, — dedi Palmer. — Lekin bu borada sizning nima qilganingiz menga qorong‘i. 
Men shuni bilishim lozim. 
“Ba’zan aldashga to‘g‘ri keladi, — o‘yladi Palmer, — lekin bu yolg‘on yaxshi niyatda to‘qiladi. 
Qariya, axir, o‘limigacha hammasini to‘kib solgisi kelayapti, shuning uchun ilk imkoniyatga ham 
yopishib oldi”. 
—  Nima qildingiz, deyapsanmi? — to‘ng‘illadi Berkxardt. — Biz bu yerda laqillab, yulduz sanab 
yurdik, mana nima qildik. Butun o‘n besh yil davomida beparvo o‘tirib, omonat banklari shundoqqina 
burnimiz tagidan dollar ketidan dollarni tashib ketayotganini tomosha qilib o‘tirdik. Chunki biz o‘z 
vaqtida bunday mayda-chuyda ish bilan shug‘ullanishni ep ko‘rmadik. Endi bo‘lsa, ana o‘sha dollarlar 
bizga kerak bo‘lib qolganida, hatto nima qilishniyam bilmayapmiz. 
— Xuddi mana shuni men tushunmayapman-da, — yana yolg‘on gapirdi Palmer. — Men shuni 
aytmoqchimanki, o‘sha omonat banklari faoliyatida men hech qanaqa sir ko‘rmayapman. Ular o‘zi 
qancha? Butun shtat bo‘yicha yuz o‘ttizta ham chiqmaydi, axir? 
— Ha, taxminan shuncha, filiallari bilan birgalikda ikki yuz elliktaga borib qoladi. 
— Shundayku-ya, lekin birgina YuBTKning o‘zi ularning barcha tizimlarida mavjud bo‘lganchalik 
filialga ega-ku? 
Berkxardt bunga javob bermadi. Palmer esa qariya dilida borini to‘kib solsin deya so‘rab-
surishtirishda davom etdi. 
— Menga hammadan ko‘ra aynan shuni tushunish qiyin bo‘layapti, — dedi tag‘in Palmer. — Mana, 
doimiy maosh oladigan odamni olib ko‘raylik. Odatda, uning maoshining uchdan ikki qismi qarzlarni 
to‘lashga ketadi. Lekin, baribir, u haftasiga 10 dollardan, aytaylik, hatto 5 dollardan olib qo‘yadi. 
Uning qanchaligi ahamiyatsiz. Savol tug‘iladi, u mana shu jamg‘armasini qaerga qo‘yishi kerak? 
Hamma joyda, qariyb har bir burchakda YuBTK, «Menyu-fenchererz» yoki «Cheyz Manxetten», 
«Fyorst neshnl», nihoyat, Kimyo banklarining bo‘limlari joylashgan. Boshqacha aytganda, omonat 
qo‘yuvchi o‘zi uchun tijorat banki singari qulay bo‘lgan jamg‘arma banki bo‘limini izlab topishga vaqt 
sarflashi kerak bo‘ladi. Shunday emasmi? 
Berkxardt yelkasini qisdi. 
— Bu nima yuz berganini izohlab berolmaydi, — deya javob berdi u Palmerdan ko‘ra o‘ziga. — 
Shuning o‘zi omonat qo‘yuvchilar pulining uchdan ikki qismi nima uchun aynan jamg‘arma banklariga 
tushib qolganini aytib bermoqda. Holbuki, o‘sha pullar bizga havoday zarur.   
— Bu qandaydir bema’nilik-ku, axir. 
— Yo‘q, bu odatdagi amerikacha ahmoqlik, — e’tiroz bildirdi Berkxardt. — Gap shundaki, 
jamg‘arma banklari o‘z dividendlari biznikiga nisbatan yarim foizga oshiq deb e’lon qildilar. Qandaydir 
ayanchli yarim foiz! Nahotki shuni pul qo‘ymoqchi bo‘lgan har bir omonatchiga harfma-harf 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish