Elektron ma‘lumotlar bozorlari
Reja
1.Elektron hizmatlar va mahsulotlarning yangi bozorlari 2. Musiqa servislari 3. Elektron ma‘lumotlar bozorlari
Ushbu bo’limda bozorning turli segmentlarida elektron biznesning xolati va uning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan masala va muammolar ko’rib chiladi. Informatsion texnologiyalarning evolyutsiyasi va raqamli iqtisodiyotning turli sohalarga kirib borishi global onlayn ta’limning ham rivojlanishiga olib kelayapti.
Onlayn ta’lim texnologiyalri
Global Industry Analysts ning ma’lumotlariga ko’ra, global onlayn ta’lim bozori hajmi 2020 yilga kelib, bir necha yuz milliard dollarga yetar ekan.Shuning uchun ham bozorning bu segmenti investorlar uchun borgan sari qiziqarli bo’lib bormoqda, Masalan, Google chet tillarni o’rganish va kraudsorsing o’tkazmalarni ni amalga oshirib beradiga Duolingo servisini tashkil qildi
(https://www.duolingo.com). Chet tillarni tekinga o’rgatadigan repetitorlarni birlashtirib turadigan ijtimoiy sayt Busuu tashkil qilish uchun esa
(https://www.busuu.com/ru/) investorlar $6,7 million dollar ajratishdi. Rosiiyada ham ingliz tilini elektron usulda o’rganish bo’yicha bir qancha muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirildi, shu jumladan, LinguaLeo (http://lingualeo.com/ru),
Puzzle English (https://www.puzzle-english.com). Bu tizimlarda monetizatsiya
“tizimda qayd qilinishdan daromad olish” ko’rinishda bo’lgan.
Bulardan tashqari, Massachusets texnologiya institutining Open Course
Ware (http://ocw.mit.edu/index.htm)ta’lim servisi ham tashkil etilgan va unda hozirgi paytda 2340 dan ortiq kurslar joylashtirilb, 200 million foydalanuvchi qayd etilgan. Bu tizimga kirish Creative Common (CC) litsenziyasi yordamida amalga oshiriladi. Xuddi kunga o’xshash Rossiya milliy servisi Open.edu (https://openedu.ru) deb nomlanib, unda turli xil yo’nalishlardagi 84 ta kurs mavjud. 350 dan ortiq kompanuyalar o’zlari uchun malakali mutaxassislarni topish maqsadida Coursea va Udacity deb nomlangan MOOC (massive open online courses) lar bilan xamkorlik qiladilar. Masalan, Google kompaniyasi o’zining 80 ming xizmatchilarini Udacity ta’lim platformasining HTML5 kurslariga yozdirdi. Bozorning B2B segmentida elektron kurslar yaratishga Oracle, IBM, Prometey, Websoft va Amplua-Broker kabi kompaniyalar taklif qilmoqdalar.
Korporativ ta’limda ham zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanilmoqda, shu jumladan, soial networks, m-learning (mobilelearning), e-coaching, korporativa blog, korporativa onlayn kutubxonalar (wikis).
Do'stlaringiz bilan baham: |