Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
— Ularning miqdorini ko‘paytirishmoqchi, albatta. 
Berkxardt yelkalarini qisdi. 
— Ha, shahar chekkalarida. Hozir shahar chetidagi qasabalarga qo‘llari yetmaganidan paytavasiga 
qurt tushgan ularning. 
Ularning omonatchilari, aftidan, qasabalarga ko‘chib o‘tishmoqda. 
— Umuman shunday, — tasdiqladi Berkxardt. — Ammo jamg‘arma banklari o‘zlaridan bo‘lak hech 
kimni ayblay olmaydilar. Urush boshlanishi bilan ular ko‘plab sarmoyasini garovga qo‘ydilar. Bu ularda 
qarz berishning yagona turidir va, albatta, juda ham yanglishdilar. Ular omonatchilarning shahardan 
chiqib ketishlariga yordamlashdilar, o‘zlari esa ular izidan borolmayaptilar. 
— Unda bunchalik tashvishning nima keragi bor? — so‘radi Palmer. — Agar o‘z qopqonlariga o‘zlari 
tushgan bo‘lsalar, azobini o‘zlari tortaversinlar. 
— Ular o‘z qopqonlarida azoblanish niyatida emaslar. Ular katta erkinlik berilishini talab qilayaptilar 
va bunga erishish uchun hamma narsaga tayyorlar. 
Palmer tushunaman, deganday bosh irg‘adi: 
— Og‘ir vaziyat. — U yo‘l tirbandligidan to‘xtab qolgan mashinalarga qaradi.  
Ancha oldinda Uchinchi avenyuda bir binoni buzishayapti, uning oldida yuk mashinalari navbat 
kutib, turib qolibdi. Ko‘cha bo‘ylab torgina yo‘lak qolgan bo‘lib, Berkxardtning mashinasi o‘tib ketishi 
uchun o‘z navbatini kutardi. Burchakdagi taxta to‘siqlarda yorqin lavhalar ko‘zga tashlanardi. Ularda 
yuzlarida tabassum balqib turgan kishilar g‘azna darchasiga shoshilishyapti. Lavhalarga «Endi ko‘p 
kutmaymiz» degan shior yozilgan. Tez orada bu yerda «Merrey Xill» bankining yana bir bo‘limi 
qulaylik tug‘diradi. U Nyu-Yorkning tejamkor aholisiga to‘rt yarim foizdan to‘lashga tayyor. 
Palmer istehzoli kulib, qariyaga o‘girildi: 
— Mana shu burchak yonidan o‘tayotganimizda qon bosimingizni nazorat qilib turing, — dedi. — 
Bu yerda «Merrey Xill»ning yana bir bo‘limi ochilayapti. 
— Bilaman, — ming‘irladi Berkxardt, — har kuni ertalab shu yerdan o‘taman. 
— Men ularning bankida filiallarga nisbatan muayyan cheklovlar bor, deb o‘ylardim. 
— Shu yilning bahorida ular boshqa bir jamg‘arma banki bilan birlashdilar. Uning esa uchta filiali 
bor. Bu shulardan bittasi. 
Palmer yengil hushtak chalib yubordi: 
— Bu jarayonni nima bilan to‘xtatish mumkin? 
— Hech narsa bilan, — to‘ng‘illadi Berkxardt. — Ular istagancha birlashaverishlari mumkin. Banklar 
faoliyatini boshqarib turuvchi ma’murlarimiz rozilik berar ekan, bu ish davom etaveradi. 
Endi ularning har ikkovi ham mashinaning yon oynalaridan ko‘chani kuzatishardi. Uchinchi avenyu 
burchagida maxsus taxtada «Merrey Xill» banki bo‘limining qurilayotgan binosining ulkan loyihasi aks 
ettirilgandi. «Rolls-Roys» tezligini pasaytirib burchakka yaqinlashganda Palmer rasmdagi bo‘lajak 
o‘ttiz qavatli binoning tarhini diqqat bilan ko‘zdan kechirdi. 
— Xizmat binosi uchun juda g‘alati joylashgan-ku bu, — ming‘irladi u. Lekin shu payt nigohini 
ko‘chani kesib o‘tmoqchi bo‘layotgan ayol tortdi. U baland bo‘yli, to‘ladan kelgan, xushbichim oyoqlari 
go‘yo... 
— Sen hali ham ko‘hna Uchinchi avenyu haqida o‘ylayapsan-a? — dedi Berkxardt. 
Palmer unga qarab o‘girildi-yu, qariya ham boyagi ayolni ko‘rganini payqadi. 
— Eldagi eski uylar buzib tashlanishi bilan, — davom etdi Berkxardt, — bu yerda «Blumingdeyl» 
univermagi qad rostladi, u yerda esa ma’muriy binolar tiklana bordi. 
— Holbuki pul hozir ancha tanqis. 
— Jamg‘arma banklarida esa pul bor, jin ursin ularni, bu — yaraga tuz sepganday gap! Ularga pul 
oqib kelmoqda. Ularning aktivi1 — naqd pul yoki ularga teng bo‘lgan davlat zayomlaridir, buning 
ustiga yana garov vasiqalari ham bor. Bu axir, bu xuddi... Berkxardt alam bilan tufladi. 
— Xuddi bankdagi naqdgina pul, — shipshitdi Palmer istehzo bilan. 
Berkxardt unga sovuq qarash qildi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish