Liftda odam xizmat qilmasdi, lekin u shu darajada mexanizatsiyalashgan ediki, unda ko‘tarilish
jarayonini «o‘z-o‘ziga xizmat» deyish adolatdan bo‘lmasdi. Berkxardtning qo‘li «yuqoriga» degan
yozuv ostdagi tugmachaga tegib, ko‘rsatkich taxtadagi yashil doira yongach, lift eshigi ochildi. Palmer
sherigi orqasidan liftga kirdi. Eshiklar yopildi, lift xonasining devorlari metalldan to‘qilganga o‘xshardi.
Palmer beixtiyor yoqimsiz tuyg‘uni his etdi: agar lift xonasi tepaga ko‘tarilish o‘rniga pastga, sho‘r
suvli dengiz oqimiga tushib ketsa bormi, o‘yladi u, unda suv darhol metall xonaning qarama-qarshi
zaryadli qismlari bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishib, kuchli elektr zarbasi ularni xona bilan birga
chilparchin qilgan bo‘lardi.
U ko‘rib turibdi: Berkxardt uzun va yo‘g‘on ko‘rsatkich barmog‘i bilan boshqa tugmani bosdi.
Plastmassali bu tugmada «Yuq» — «Yuqori qavatga» degan yozuv bor edi. Tugma yashil bo‘lib yondi.
Ko‘rsatkich taxta tagidan plastmassa panjaradan mexanik ovoz eshitilib, odam ovoziga o‘xshagan
tovushda: «Lift yuqorigi qavatda...(jimlik)... to‘xtadi» deb xabar qildi.
Berkxardt Palmerga qaradi, yovuzona tirjayib:
— Buni biz «qishloqilar uchun tuzoq» deb ataymiz, — dedi.
Palmer hech nima demadi, qo‘lini cho‘zib liftdagi «12» raqamini bosdi. Dinamik radio to‘rida
nimadir ikki bor «chirq-chirq» etdi-da, yana mexanik ovoz eshitildi: «Lift o‘n ikkinchi
qavatda...(jimlik)... to‘xtadi.» Palmer «bekor qilish» tugmasini bosdi. Haligi ovoz: «Lift yuqorigi
qavatda...(jimlik)... to‘xtadi» — dedi.
Palmer nafasini rostladi va chetroqqa turib, Berkxardtga murojaat qilib, dedi:
— Shuncha o‘ynading, yetar, bas qil.
Eshiklar yana ochilgach, qandaydir soniyada har tomondan bostirib kirgan yorug‘lik ko‘zlarni
qamashtirib yubordi. Lift xonasidan chiqarkan, Palmer ko‘zlarini bir yumib oldi-da, so‘ng yuqori
qavatning baland shiftiga maroq bilan nigoh soldi. Shift alyuminiy qoplamali to‘rtburchak jilosiz va
shaffof oynalar bilan qoplangan edi.
Keyin ular har tomondan nur tushib turgan, gilam to‘shalgan yo‘lak bo‘ylab yurishdi. Yo‘lakning
oppoq devorlarini zamonaviy rassomlar asarlari bezab turardi. Yo‘lak oxirida kichik siymo ko‘zga
tashlanardi. Siymoga yaqinlashgan sari u kattalashib bordi va ular ko‘z o‘ngida yigirma sakkiz
yoshlardagi mallasoch bashang ayol qad rostladi. Bo‘yi boshliqning bo‘yidan qolishmasdi. Xonim har
ikkalasi bilan salomlasharkan, maftunkorona tabassum qilib: «Xayrli tong» dedi-da, navbatdagi
eshikka qarab yurdi. Anodlangan alyuminiy qoplangan bu eshik dastasi oppoqligi bilan ajralib turardi.
Eshikni ochgan ayol ularni oldinga o‘tkazib yubordi. Palmerning dimog‘iga qimmatbaho atirning hidi
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |