Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
keyingi so‘zlarini anglab bo‘lmadi. 
Palmer viskidan sipqargancha Bernsni kuzatardi. Aftidan qiladigan ishi shundan iborat edi. Bu 
tomoshaning hammasi: bank binosidagi uchrashuv sahnasi, unga va oilasiga oid ma’lumotlarni 
namoyish qilish, nihoyat, bezaklari bilan mijozlarni lol qoldirishga mo‘ljallangan ushbu restoran — 
chindan ham yaxshi taassurot qoldirardi. Berns nufuzli odam sifatida jamiyatda muayyan o‘rin tutardi. 
Palmer buni bilar, lekin o‘z nufuzini tasdiqlatib olish uchun nega bunchalik be’mani yo‘ldan 
borayotganiga hayron bo‘lardi. Aslida Berns unga yopishtirishayotgan kuchga egami? Palmer birdan 
shubhalar qurshovida qoldi, Bernsning shuhratiga, umuman, ishonish mumkinmi? U ziyrak odamga 
o‘xshardi, lekin lo‘ttibozliklari qanchalik o‘rinsiz taassurot qoldirayotganini nahotki sezmasa? 
Berns telefon go‘shagini joyiga qo‘ydi-da, Palmerga qaradi. 
—  Vudi, meni yana bir daqiqaga kechirishingizga to‘g‘ri keladi, — dedi u va tag‘in go‘shakni 
ko‘tardi. — Do‘ndiqcha, meni Venesueladagi Karakas bilan ulang, — uning telefonchi qizga murojaat 
qilib gapirgani aniq eshitildi. — Raqami San-Martin 00-40, shu davr ichida meni idoram bilan ulashga 
ham ulgurasiz. Rahmat, qizaloq. 
Palmer o‘zini noqulay sezib, Bernsga qaramaslikka urinib, qo‘lidagi shotland viskisi to‘la qadhning 
qahrabo rangini tomosha qilardi. Qulog‘iga Bernsning gapi chalindi: 
— Vudi, kechirasiz, yana bir daqiqa. — Palmer boshini ko‘tarib, Bernsning tag‘in engashib olib 
telefonga shivirlayotganini ko‘rdi. — Bu men, jonginam, telefonga... chaqirib bering... — nima 
deyayotganini eshitib bo‘lmadi. 
Palmer o‘rindiq suyanchig‘iga yastanib ko‘zini yumdi. Bunday noqulay vaziyat nihoyat tugar degan 
umidda edi. Berns sira uyalmayapti-ku, nega endi men buncha bezovta bo‘lishim kerak? Palmer 
ko‘zini ochib, Bernsga qarab, uni kuzatishda davom etdi. 
U taxminan Palmer bilan tengqur — qariyb qirq besh yoshlarda edi. Bug‘doy rang. Kalta sochi 
orqaga qarab silliq taralgandi. Palmer diqqat bilan bu odamning yuzi qanchalik tez o‘zgarib turishini 
kuzatardi. U bunday bashara yoshlikda og‘ir kun kechirgan odamdagina bo‘lishi mumkin degan 
qarorga keldi. Palmer uni kuzata turib, Berns umuman, o‘ziga yarasha maroqli, hatto orasta, lekin 
g‘alati qiliqli odam ekan, degan xulosaga keldi. Bernsning atayin qilayotgan imolari unga niqob 
bo‘libgina xizmat qilmasdan, o‘z xarakterining tub mohiyatini o‘zining anglab yetishiga xalaqit berardi. 
Hatto uning oqish sochlari ham, aftidan, unga niqob bo‘lib xizmat qilardi. Lekin, baribir, uning aslida 
kim ekanini tasavvur qilish qiyin edi. O’zining da’vogarligi va shuhratparastligiga qaramay, aslida o‘zi 
kim ekanligini hisobga olmay, Berns hozirgi mavqeiga erisha olishi amri mahol edi. 
Palmer stoldan qadahini qo‘liga olib, uning bo‘shligini payqadi. Shu zahoti huzurida ofitsiant paydo 
bo‘ldi. U qoshi bilan bo‘shagan qadahga imo qilib, Bernsning telefondagi suhbatiga xalaqit berishdan 
hayiqayotganini bildirib, qisqacha: «Yanami, ser?» dedi. 
Palmer ham «quy» deganday imo qildi. So‘ng: 
— Shotland viskisi soda bilan, — dedi baland ovozda. Buni kutmagan ofitsiant bir qalqib tushdi. 
— ... yakshanbalik chiqish haqida o‘ylamang ham... — dedi telefon go‘shagiga Berns. 
Buyurtma berib bo‘lgach, Palmer diqqat bilan Bernsning ignatugmasini kuzata boshladi. Ularning 
har biri atom tuzilishi shaklidagi zarhal gardishli bo‘lib, uning unsurlari ko‘k yoqut va to‘rt dona mayda 
olmosdan yasalgandi. 
Nihoyat, Berns go‘shakni qo‘ydi. 
— Karakasga ulanib bo‘lmayapti, — dedi u beparvogina. — E-ha, sizni qiziqtirgan bumi? Bu mening 
timsolim. — U ignatugmasini yechib olib, ko‘ziga yaqinroq olib bordi. — Uglerod bo‘lmasa, — dedi u, 
— yerda hayot bo‘lishi mumkin emasdi. Albatta, hayotning o‘zini hisobga olmaganda, uglerod 
tangrining bebaho in’omidir. 
— Demak, ko‘k yoqut — atom yadrosi, olmoslar esa elektronlardir, — dedi Palmer. 
Bernsning og‘zi gapirish uchun ochildi-yu,yana yopildi va yuzini tabassum qopladi: — Leyn haq 
ekan. Siz bankirlik uchun ancha aqlli ko‘rinasiz. Ammo bu narsaning boshqa ma’nosi ham bor. — Shu 
so‘zlarni aytarkan, Berns qo‘lini shunday qayirdiki, olmoslarga urilib qaytgan nur to‘g‘ri Palmerning 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish