www.ziyouz.com kutubxonasi
190
nazorat, missis Keyj va bolalarga yo‘l-yo‘riqlar berish.
Boshqacha aytganda, dedi Palmer, endi u pater familias sifatida to‘la tiklangan. Ammo Virjiniya
Klerining borligi bular barchasiga qo‘shimcha jihat bag‘ishlaganday bo‘ldi.
Palmer aslida bu rol qanaqa bo‘lganligini birinchi marta ko‘rdi. U bu ikkita rol ekanini endi angladi.
Akter kabi u ikkiyoqlama hayot kechirardi. To o‘ynashi lozim bo‘lgan ikkita Palmer bo‘lar ekan,
ulardan hech biri haqiqat bo‘lolmaydi. Butun hayoti to‘qimadan iborat bo‘lib qoladi.
Palmer qorong‘ilik qo‘ynida miyig‘ida kulib qo‘ydi. Endi u har ikkala tuyg‘usini ajrim qilib olgandi.
Aktyorga o‘xshab, alohidalik tuyg‘usi bor edi unda. Alohidalik bilan yana senga qarab turganlarini
anglash tuyg‘usi shunga chambarchas bog‘lanib ketgandi.
Oila otasi. Jazman ota. Bunaqa rollarni har kim ham uddalayvermaydi, o‘yladi u. Har kim ham bir
vaqtning o‘zida er va o‘smir rolini o‘ynayolmaydi. Kutilmaganda uning miyasiga bir fikr urildi: o‘zi
kimdir — qachondir uddalaganmikan?
— Vud, azizim.
— Kelayapman.
U avvaliga zulmatda ko‘zga ko‘rinmayotgan zinapoyalardan sekin, hadiksirab yuqoriga ko‘tarila
boshladi, yorug‘roq bo‘lgan joyda esa odimlarini jadallatdi. Oshxona eshigi tagida to‘xtadi. Edis
chiroqlarni charaqlatib yoqib qo‘ygandi. Xonaga qarab ko‘z qamashardi, bolalarning chehralari yoqimli
va deyarli beg‘ubor edi.
— Parda ochildi!
O’ttiz yettinchi bob
Bu vaqtga kelib, poezd Manhettenning yuz yigirma beshinchi ko‘chasidan qo‘zg‘alganida va Olbani
tomon shimol sari gumburlab yo‘l olganida vagonda bitta ham bo‘sh joy qolmagandi. Biroq, Palmer
ko‘pchilik qatori chiptani oldindan oldirib qo‘ygandi. Qolgan yo‘lovchilar vagonni shoshmay,
erinchoqlik bilan to‘ldira boshlagan edilar. Ularning chehralaridan: “Modomiki shu joy bizniki ekanmi,
qittak-qittak otib olib, keyin bemalol chiqib o‘tiraveramiz-da”, degan qandaydir bamaylixotirlikni
alayna oshkor sezish mumkin edi.
Palmer asta-asta viski ho‘plar ekan, stakan tepasidan o‘z hamrohlarini kuzatardi. Hammalari
shunchaki oliftalikka ichishayotgani ochiq ko‘rinib turibdi, xayolidan o‘tkazdi u. Samolyotning yo‘rig‘i
boshqa — asabi bo‘sh sayyohlar uchun alkogol — eng yaxshi tinchlantiruvchi vosita. Vagonda esa
yo‘lovchilar bir-birlari bilan gurunglashib ham, u yoqdan-bu yoqqa bemalol yurib turib ham vaqtlarini
o‘tkazsa bo‘ladi. Faqat bunday imkoniyat o‘tirib ketiladigan kupelardagina yo‘q. To‘rt soatlik
bekorchilikni amerikaliklar bir joyda qimirlamay o‘tirib o‘tkazishni afzal ko‘radilar.
Chunki, o‘y surishda davom etdi Palmer, bir joyda qimir etmay o‘tirganimda atrofdagilardan
beixtiyor uzilasan va o‘zing bilan o‘zing qolasan. Shunda xayol surishdan boshqa ishing qolmaydi.
Viskidan ho‘plar ekan, Palmer miyig‘ida kulib qo‘ydi. Bu yog‘ini so‘rasang, amerikaliklar xayol
surishdan qochishga o‘rganib qolishgan. Temir yo‘l stantsiyalari va aerodromlarning kioskalari buning
yaqqol dalili. Yumshoq muqovali jurnal va kitobchalarga tonnalab qog‘ozu bo‘yoqlar sarflangan —
bular bari vaqt o‘g‘rilari bo‘lib, shuuring devorini chaqirilmagan o‘ylar kelib dukillatadi-da, zerikarli
uzoq-uzoq soatlarni to‘ldirishga kafolat beradi.
Derazadan boqish uchun Palmer o‘rindig‘ida o‘girildi. Qish quyoshining so‘nggi nurlari tez so‘nib
borardi. Yana bir lahzadan keyin manzara butunlay sidirg‘a tus oldi — u yoqdan faqat och-sariq
timqora bo‘yog‘u zaif pushti tutungina ko‘zga tashlanardi. So‘ng ufq osmoni ham qoq tepadagi kabi
timqora tusga kirdi. Hammayoq bir xil rangda. Tun tepaliklarni ham tekislab yubordi, hozirgina uy va
chorrahalar ayqash-uyqash bo‘lib yotgan joyda yorqin chiroqlargina charaqlardi.
Palmer ohista xo‘rsindi — kun botishiga hali bir necha daqiqa bor, deb o‘yladi. Kimdir unga aytgan
edi — Virjiniya bo‘lsa kerak, Gudzon vohasida yo‘llar juda chiroyli bo‘ladi deb. Hozir esa bu yo‘l
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |