www.ziyouz.com kutubxonasi
186
— Yo‘q, — dedi Tom. – Loks — suyuq kislorod. Undan raketa yonilg‘isi uchun foydalanadilar.
— Bu topishmoqni aytgan maktabdagi qizaloq, — tushuntirdi unga opasi, — aytdiki, loks — bu
dudlangan baliq, dedi. Dudlangan syomga.
— U — jinni ekan, — dedi Tom.
— Nima bo‘lganda ham, — so‘radi Palmer, — bu topishmoqning nimasi kulgili?
Bolalar jim bo‘lib qolishdi.
— Sen tushunmaysan, — dedi oxiri Jerri.
Palmer bosh irg‘adi:
— Ovqat yana o‘n daqiqadan keyin.
Vudining xonasiga kirish uchun u tanobiy xonaga tushdi. O’piq eshik oldida to‘xtab, u ichkaridan
nog‘oraning asabiy taraqa-turug‘iga hamohang chiyillagan klarnet ovozini eshitdi. Roudining
musiqaga qiziqishi yaqqol ko‘rinib turardi. Ovozi uyni to‘ldirib turgan orkestr chinakamiga yengil
orleancha usulda kontrabas o‘rniga trubadan foydalangan edi. Palmer ko‘zining teparog‘ida, bosh
suyagining ichida og‘riq boshlanayotganini his etdi.
U eshikni chertdi, kutib turdi, yana qattiqroq chertdi. Birpas kutib turib, eshikni ochdi va to‘ng‘ich
o‘g‘lini logarifmik lineyka bilan yozuv stoli uzra engashib turganini ko‘rdi. Palmer proigrivatel oldiga
bordi va keskin burab ovozini pasaytirdi.
— Barcha avliyolar haqi, bu ahvolda qanday o‘ylab, qanday ishlaysan? — so‘radi u.
Vudi unga ma’nosiz qaradi:
— E, salom!
— Ovqat o‘n daqiqadan keyin. Besh daqiqa hatto.
Vudi bosh irg‘adi:
— Dada, foizlar haqida nimani bilasiz?
— Hamma narsani.
Vudi unga ishonqiramay qarab turardi:
— Bilasizmi, nima to‘g‘risida gapirayapman... Zayomlar foizi va har xil shunga o‘xshagan narsalar.
— Nima to‘g‘risida gapirayotganingni bilib turibman, — vazminlik bilan gapirdi Palmer. — Nimani
bilmoqchisan?
— Men “Muddatli sotuv” mavzuida insho yozishim kerak.
— Matematika bo‘yichami?
— Yo‘q, ijtimoiy fanlar bo‘yicha.
Palmer bir talay plastinkalarni nari surib qo‘ydi-da, o‘g‘lining karavotiga o‘tirdi.
— Ular qanaqa misollar keltirishdi?
— U misol keltirmadi, — shikoyatomuz dedi Vudi. — Men o‘zim o‘ylashim kerak.
— Unday bo‘lsa, quloq sol.
Bola og‘ir xo‘rsindi va yuzida tund bir ko‘rinish zohir bo‘ldi.
— Bir odam 3000 dollar turadigan mashina sotib olmoqchi, — gap boshladi Vudi bular barchasi
qanchalik joniga tegib ketganini bildirmoqchiday cho‘zib, bir zaylda. — O’zining eski mashinasini 1000
dollarga sotmoqchi. Qolgan ikki mingni ikki yilda to‘lamoqchi. Bu — yetti foizli zayom bo‘ladi. 2000
dan yetti foizi — 140 dollar bo‘ladi. Ikki yilga. Demak, 3000 dan tashqari mashina yana unga foizlarda
280 dollar turadi. To‘g‘rimi?
— Ha.
— Bo‘pti, rahmat, dada.
— Bu raqamlarning ijtimoiy fanlarga qanday aloqasi bor?
Vudining yuzidagi tund ifoda o‘rnini endi o‘ta malollik ifodasi egalladi.
— O’lay agar, bilmayman.
— Bu masalani yechish nimaga kerak bo‘lib qoldi? Oddiy arifmetikadan xabardorligingni isbotlash
uchunmi?
Bola yelka qisdi.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |