Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
187
— Keksa Filmerning ko‘nglini olish uchun bo‘lsa kerak. Bu g‘oya undan chiqqan, mendan emas. 
Palmer keskin javob bermoqchi bo‘ldi-yu, biroq o‘zini tutdi.  
— Yaxshi. Bundoq chiroyingni och-da, quloq sol. 
— Xo‘p. 
—Sen pul qarz olib, uni oyma-oy to‘lab borsang, — davom etdi Palmer, — asosiy summani nima 
qiladilar? 
— Nimani? 
— Asosiy summani, sen qarz olgan pulni. U ko‘payadimi? 
— Ozayadi.  — Vudi qovog‘ini uydi va shu zahoti yuzi yorishib ketdi. — Albatta,  ozayadi-da. 
— To‘g‘ri. Agar sen mashina sotib olgani 2000 dollarga ikki yillik zayom uchun bankka borsang, 
sen 2280 dollarga imzo chekasan. Boshqacha aytganda, ular senga naqd 2000 dollar berishadi, uni 
sen to‘liq ikki yillik foizni qo‘shib to‘lashga majbursan. Tushundingmi?  
— Bo‘lmasa-chi, axir bu tabiiy-ku. 
— Nahotki? — keskin ohangda so‘radi Palmer. — Bu haqda o‘ylab ko‘r. Ikki yil mobaynida oyiga 10 
dollardan ko‘proqdan to‘lab borasan. Har to‘lov bilan zayomning asosiy summasini qisqartirasan. 
Lekin foizlarni avvalgiday 2000 hisobidan to‘laysan, chunki dastlab shunday belgilab qo‘yilgan edi-da. 
— Nima qilibdi? 
— Senga bu g‘alati tuyulmaydimi? 
Bola yana yelka qisdi: 
— Tartib shunaqa bo‘lgach, nimasi g‘alati bo‘larkan? 
Palmer bosh og‘rig‘i kuchayganini sezdi. U peshonasini artdi-da, davom etdi: 
— Kel, faraz qilaylikki, sen bay puliga o‘xshash zayomning boshqa turini olasan, unda aslida shart 
bo‘lgan foizlarni to‘lab borasan. Birinchi oyda sen 2000 dollar hisobidan to‘laysan. Biroq har oyga 
to‘lovlarning bir yilidan keyin sen faqat 1000 dollar hisobidan to‘lashing kerak bo‘lib qoladi. Faraz 
qilaylikki, har oy qarzing summasi kamayib borishi barobarida sen faqat qolgan summa hisobidan foiz 
to‘laysan. Xo‘sh, yetti foizli zayomda 2000 dollar uchun qancha to‘layman deb o‘ylaysan? 
— 280. Boya aytdim-ku. 
— Yo‘q. Sen 70 dollar atrofida to‘laysan. 
— Hazillashmang. 
— Jiddiy aytayapman. 
Vudi otasiga uzoq qarab qoldi: 
— Rostdan shunaqami, dada? 
Palmer o‘rnidan turdi. 
— Ha, — dedi u g‘oyatda sovuqqonlik bilan, — xuddi shunday. 
— Ammo unda... anovisi, dastlabkisida foizlarni to‘rt baravar ko‘p to‘lar ekansiz-da? 
—Uh! — Palmer yengil xo‘rsindi. — O’rug‘lik bor ekan-ku. 
— Keksa Filmer shular bariga ishonadi deb o‘ylaysizmi? 
— Sinab ko‘r uni. — Palmer eshik oldiga keldi. — Ovqat bir daqiqadan keyin. 
— Xotirjam bo‘ling, — ming‘irlab dedi Vudi yana logarifmik  lineykani qo‘liga olib. 
Palmer pastga yo‘l oldi va missis Keyjning oshxonasiga kirdi. Qovurilgan cho‘chqa go‘shtining hidi 
bu yerda kuchliroq edi. 14 yilcha oldin, Vudi tug‘ilganida Edisning onasi missis Keyjni Palmerlarga 
“berish”ni taklif qilgandi. Missis Keyj ozg‘in, yuzlari cho‘zinchoq, ko‘zlari bir-biriga yaqin va burni uchli, 
og‘iz chekkalari osilib tushgan suyagi buzuq beva bo‘lib, muttasil kasalvandlarday eshitilar-eshitilmas 
voy-voylab yurardi. Og‘zi va iyagi tik ajinlar orasida qavs ichiga olinganday ko‘rinardi. Gapirganida 
yuzining pastki qismi bir yuqoriga, bir pastga harakat qilardi. Ming xil dardi borligidan shikoyat 
qilishiga qaramay, shuncha yillar mobaynida halol va g‘ayrat bilan mehnat qilib kelardi, tejamkor edi, 
zarurat tug‘ilganda, masalan, hozirgidek qo‘shimcha ishlarni ham bajaraverardi. 
— O’n daqiqa burun, — dedi Palmer, — men sizlarga ovqatga o‘n daqiqa qolganini aytib qo‘yishim 
kerak edi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish