www.ziyouz.com kutubxonasi
194
— Unda, kimga bog‘liq?
Palmer yelkalarini qisdi. U stakanini olib, Bernsning karavotidan narisidagi oromkursiga o‘tirdi.
— Noma’lum valine’matga.
Berns g‘ayrishuuriy ravishda stakanini ko‘tardi, biroq negadir ichishni unutdi.
— Vudi, bolakay, men bilan o‘yin qilma. Sen bularni qaerdan olding?
Palmer qadahni ichib bo‘shatdi. Keyin chamadonini ochib, bir nechta papka oldi.
— Bitimlar ro‘yxati, — dedi u. — 30 oktyabrdan boshlangan. Kim sotgan. Kim sotib olgan —
hammasi shu yerda.
Berns o‘rnidan turib, karavotni aylanib o‘tdi. Palmer uni kuzatib turdi. Berns kutilmaganda
uyg‘ongan qiziqishini yashirish uchun iloji boricha sekin yurib, unga yaqinlashdi.
— Unda nimalar bor ekan? — so‘radi u.
— Kim sotgani, kim sotib olgani.
— Qani-qani? Ulardan nimani anglayapsan?
— Hech narsani.
— Butunlaymi?
— Butunlay hech narsani.
Berns boshini yoniga egdi.
— Sen meni laqillatmoqchimisan, Vudi? — u oromkursi yoniga qaytib, unga o‘girdi. Palmer ro‘yxat
uni qiziqtirmay qo‘yganini angladi.
— Tanlashib olish uchun vaqtimiz yetarlimi? — so‘radi Palmer.
— Besh — o‘n daqiqa.
— Sen Robert R. Yang “Nyu-York sentral” ustidan nazoratni qo‘lga olgan paytdagi katta janjalni
eslaysanmi?
— Albatta. Kim eslamaydi?
— Mening otam bank vakili emas, yirik aktsiyador bo‘lgan Uayt ma’muriyatiga sodiq inson sifatida
u Yang “Sentral”ni tortib olmasligiga ishonardi. Katta mojaro ochiqchasiga boshlanganda u har bir
zarbani kuzatib turdi, hatto u YAngning g‘alabasi bilan tugaganda ham bunga ishonmay yurdi.
— Bu chinakamiga g‘aroyib voqea bo‘lgan edi.
— Hayotiy tajribalariga qaramasdan otam rahbariyatga qarshi jang qilib, yuksak g‘alabaga erishish
mumkinligini tasavvur qilolmasdi. U janjal va mushtlashuv aktsiyalarni xarid qilish borasida YAng
talab qilgan og‘ir takliflarga qarshi qilinyapti deb o‘ylagan.
— Aslida ham shunday emasmidi? — so‘radi Berns.
Palmer yaxna ichimlik ho‘plaganicha, jilmaydi.
— Biz, chamasi, hech qachon buni bilolmaymiz. Ko‘ryapsanmi, bizning kunlarimizda ochiq jang
boshlangunga qadar faqat shovqin-suron qoladi, boshqa muhim narsalar unutilib ketgan bo‘ladi. Jang
so‘nggi daqiqaga qadar yashirin holda olib boriladi. Kompaniyada rahbarlikni egallagan kimsa, yetilib
kelayotgan janjalni fahmlamay o‘z ishi bilan tinchgina shug‘ullanib yuraveradi. Vaqt-vaqti bilan ular
ham qandaydir shovqin-suronni eshitib qoladilar. Bular albatta, boshqacha fikr yurituvchi
aktsiyadorlarniki. Ular bir umr shovqin solishadi. Biroq rahbariyat haqiqiy ahvolni tushunmaydi. Juda
ehtiyotkorlik bilan hamma yerdan oz-ozdan aktsiya sotib olishadi. Yuztasini bu yerdan elliktasini narigi
yerdan. Bugun mingta, ertaga yana mingta. Bularning hammasi me’yordagi faollikni bildiradi. Ya’ni,
avvaldan o‘ylangandek ko‘rinadi.
Berns bosh chayqadi:
— Bunaqangi sur’atda kimningdir hayoti faqat nazoratni egallash bilan band bo‘ladi.
— Ba’zida yashirin harakatlar yillab davom etadi. Uni tezlashtirish mumkin emas. Haddan tashqari
faollik shubha tug‘diradi.
— Tushunarli. — Berns soatiga qaradi.
— Agar yugurishimiz kerak bo‘lsa, gapimni boshqa bir kun tugatishim mumkin, — dedi Palmer.
— Yo‘q, yo‘q. Davom ettir.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |