Qomatni to‘g‘ri tutish. Kattalarning nazorati ostida
jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. To‘g‘ri qomatni
shakllantirish, yassitovonlilikning oldini olishga imkon
beradigan mushaklar guruhini shakllantirish. Mashg‘ulotlarda,
bir oz oldinga engashib, to‘g‘ri o‘tirish, boshni haddan
tashqari quyi solmaslik, ko‘krak bilan stol chetlariga
suyanmaslik, oyoqlarni to‘g‘ri yoki o‘tmas burchak ostida
bukib o‘tirish.
Harakatlantiruvchi tartib. Har kungi sayrlarda ishtirok
etish. Harakatli o‘yinlarda o‘yinchoqlar va jismoniy
mashqlarda sport anjomlari bilan faol ishtirok etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |