Dumalatish, irg‘itish, ilib olish. To‘pni bir-biriga qaratib
dumalatish, to‘pni ikki qo‘llab oldinga pastdan, ko‘krak
oldidan, boshidan oshirib otish, 50-100 sm oraliqdagi to‘pni
ilib olishga harakat qilish, shuningdek, to‘p yoki qum
xaltachasini 1 m masofaga bir qo‘llab o‘ng yoki chap qo‘l
bilan irg‘itish nazarda tutiladi.
Emaklash va tirmashish. 3-4 m masofaga emaklash 30-
40 sm to‘siq tagidan o‘tish, arqonli narvoncha, tik
devorchadan bola uchun qulay bo‘lgan usulda yuqoriga
tirmashib chiqishga o‘rgatish nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |