Asosiy harakatlarga o‘rgatish.
Yurish. To‘p-to‘p bo‘lib yurishga, yo‘nalishni o‘zgartirib
yurishga, doira bo‘ylab juft-juft bo‘lib qo‘l ushlashib yurishga,
yurishdan yugurishga o‘tishga, yon tomonga yurish, ketma-ket
yurishga o‘rgatish nazarda tutiladi.
Yugurish. Tarbiyachining orqasidan yugurish, dumalatib
yuborilgan buyumni quvib yetish, ikki chiziq orasidan
chiqmay yugurish, 20-40 metr masofaga o‘rtacha tezlikda, 70-
80 metrga asta sekin yugurishga o‘rgatish nazarda tutiladi.
Sakrash. Ikki oyoqni juftlab turgan joyda sakrash,
balandlikka sakrash hamda 20-30 sm masofaga hatlashga 10-
15 sm balandlikdagi predmetdan sakrashga, o‘rgatish nazarda
- 128 -
tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |