Emaklash va tirmashish. Kamida 10 m masofani
emaklab o‘tish, turli balandlikdagi buyumlar ostidan emaklab
o‘tish. Gimnastika kursisida qo‘llarga tayangan holda, qorin
bilan sudralish. To‘rt oyoqlab yurish, gimnastika devoriga
o‘ngdan chapga o‘tib tirmashib chiqish; 20-30 sm balandlikda
tortilgan arqon tagidan, xalqa orasidan emaklab o‘tish.
Irg‘itish. To‘pni bir-biriga irg‘itib, devorga yerga urib ilib
olishga, navbatma-navbat o‘ng va chap qo‘l bilan to‘pni
urishga, og‘irligi 0, 5 kg bo‘lgan oddiy va havo to‘plarini
yerda dumalatib, uloqtirishga o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |