Velosiped haydash. 3 g‘ildirakli velosipedda o‘ngga va
chapga burilib, doira bo‘ylab, yerga qo‘yilgan buyumlarni
chetlab o‘tib haydash va buyruq bo‘yicha to‘xtashga o‘rgatish.
Muvozanat saqlash. Bunda chiziq bo‘ylab muvozanat
saqlab yurish, biror narsani kaftga, bosh ustida qo‘ygan holda
yurish, gimnastika o‘rindiqsida bir-biri bilan almashib o‘tish,
taxta ustida oyoq uchida yurish, yugurib kelgandan so‘ng
o‘rindig‘ida muvozanat saqlab turish, bir oyoqni bukib,
ikkinchisida turish hamda ikkala tomonga aylanish, qo‘llar
belda, yon tomonlarda ko‘zni yumib yurish kabilar nazarda
tutildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |