Ertalabki badantarbiya. Badantarbiya vaqtida yurish,
yugurish, sakrash qo‘l-oyoq mashqlarini faol egallashga,
gavda holatini tikka tutishga erishish. Jismoniy sifatlarni
rivojlantirish. O‘yinlarni bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda
tashkil etishlariga imkoniyat yaratish. Bolalarda velosiped,
chanada uchish, to‘p, halqa va boshqa narsalar yordamida
bajariladigan harakat malakalarini takomillashtirish. Jismoniy
tarbiya mashg‘ulotlarida birgalikda dam olish daqiqalaridagi
o‘yinlarga erkin qo‘shilishlariga odatlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |