- 133 -
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
Qo‘l va yelka uchun mashqlar. Qo‘llarni oldinga, yon
tomonlarga, yuqoriga ko‘tarish va har safar navbat bilan
pastga tushirish. Qo‘llarni yonga, oldinga uzatgan holda
kaftlarni ochib-yopish va aylantirish. Qo‘llarni birin-ketin
navbat bilan oldinga va yuqoriga ko‘tarish, tushirish orqaga
siltash. Qo‘llarni tirsakdan bukib aylanma harakat qilish.
Oyoq uchun mashqlar. Oyoq uchida tik turish, navbati
bilan avval tovonda so‘ng oyoq uchida turish, ketma-ket bir
necha marta yarim o‘tirib turish, oyoq kaftlarini bukish va
yozish, oyoq panjalari bilan arqonni yig‘ish tovon bilan
buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘tarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |