- 138 -
sakrash, oyoqni chalishtirib to‘g‘irlab, galma-galdan o‘ng yoki
chap oyoqdan sakrash, oyoqni juftlab yonlamasiga pastroq
to‘siq ustidan sakrab o‘tish: goh o‘ng oyoqda, goh chap
oyoqda sakrash, 80 sm uzunlikka sakrash yugurib kelib
balandlikka uzunlikka sakrash, qimirlab turgan va qimirlamay
turgan arg‘imchoq ustidan sakrash.
Otib va ilib olish, irg‘itishni mashq qildirish. To‘p bilan
bajariladigan mashqlarni mukammallashtirish. To‘pni ketma-
ket 1 metr yuqoriga otishga o‘rgatish. To‘pni yerga tashlash va
ikki qo‘l bilan ilib olish, yuqoriga otib to tushgunga qadar
qarsak chalishga ulgurish, ketma-ket 10 marta yerga urib
o‘ynash. Turli usullarda ilib olish, og‘ir to‘plarni dumalatish
kabilarni o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: