Asosiy harakatlar
Yurishni mashq qilish. Turli usullarda yarim o‘tirgan
holda tovonda barmoq uchlari bilan qadam tashlab turli
tomonga oyoqni yonlama qilib, qarsak chalib yurish, oyoq
uchida, qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib yurish. Ko‘zni yumgan
holda 3-4 metr masofani o‘tish, oyoqlarni chalishtirib yurish.
Harakatlarni bajarib yurish.
Yugurishni mashq qilish. Oyoq uchida kichik va katta
qadam tashlab to‘siqlarni oshib yoki aylanib o‘tish, yugurish
vaqtida turli buyumlar orasida ilon izi bo‘lib yugurish
(yugurish 1, 5-2 daqiqa davom yetadi) hamda 60-100 metrga
o‘rta tezlikda yugurish.
Do'stlaringiz bilan baham: |