Bog'liq Bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Muvozanat qilishni mashq qilish. Cheklangan tor yo‘l
bo‘ylab yonlama qadam qo‘yib, birinchi oyoq tovoniga
ikkinchi oyoq uchini tekizib o‘tish, boshga qum xaltachani
qo‘yib qiya taxta ustidan to‘g‘ri va yonlama yurish, qiya taxta
ustida oyoq uchida chopib chiqish va orqaga qaytib tushish
(dor o‘yini) Gimnastika o‘rindig‘ida tik turish va oyoq uchida
- 139 -
ko‘tarilish, so‘ng tovonga og‘irlikni tashlab o‘tirish, orqaga
aylanish “Qaldirg‘och bo‘lib turish” gimnastika o‘rindig‘i
ustidan yurib o‘tish, qo‘lni-qo‘lga berib juft bo‘lib aylanish.