Gavda uchun mashqlar. Qo‘llar belda, ularni yon
tomonga uzatib goh chap, goh o‘ng tomonga burish, oyoqlarni
juftlab oldinga egilish, qo‘l barmoqlarini oyoq uchiga tegizish:
biron narsani polga qo‘yish va olish, bir oyoqni ko‘tarib uning
ostidan biror buyumni o‘ng qo‘ldan chap qo‘lga o‘tkazish yoki
aksincha qo‘llarga tayangan holda ikkala oyoqni ko‘tarishga
urinish, buklash yoki to‘g‘rilashga harakat qilish. Tizzalarga
tayanib turib belni bukish va to‘g‘rilash, qo‘llarni navbat bilan
ko‘tarish, chalqancha yotgan holda qo‘llar bilan turli
harakatlarni bajarish; aylanib qorinda yotish, qo‘lni uzatib
biror buyumni ushlab turish, qorni bilan yotgan holda oldinga
uzatilgan qo‘lni, yelka va boshni ko‘tarish kabilar nazarda
tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |