Microsoft Word Амиров Elektr o`lchashlar doc


Ko‘p funksiyali elektroenergiya sifatini operativ nazorat qiluvchi tok omburlari



Download 12,37 Mb.
bet37/96
Sana04.03.2022
Hajmi12,37 Mb.
#482406
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96
Bog'liq
Амиров-Elektr-o-lchashlar

Ko‘p funksiyali elektroenergiya sifatini operativ nazorat qiluvchi tok omburlari. Rossiya Federatsiyasining «Diagnost» kichik korxonasida ishlab chiqilgan zamonaviy tok omburlarining F23 va F27 modellari tezkor tashxis va elektr kattaliklarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan (2.38- rasm). Ular tok, kuchlanish, chastota, aktiv, reaktiv va to‘la quvvat; mavjud quvvat koeffitsiyenti cos ; elektr kuchlanish sifatini belgilovchi amplituda koeffitsiyenti va garmonik buzilishlarni o‘lchaydi. Misol uchun, tok omburining F27 modeli o‘zgarmas tokni va o‘zgaruvchan tokni 25-garmonikasigacha alohida o‘lchaydi. O‘lchangan kattaliklar displey ekraniga o‘rta kvadratik qiymatlarda chiqariladi. Bundan tashqari bu model RS – 232 standartidagi interfeysga ega bo‘lib, shaxsiy kompyuterga yoki printerga ulanishi mumkin. Modelning dasturiy ta’minoti WINDOWS operatsion sistemada ishlaydi va kattaliklarni yozish hamda xotirlashni ta’minlaydi. Тok omburining qo‘l dastagiga o‘lchash sxemasi, boshqarish organlari va displey joylashtirilgan. Manba sifatida 41,5 V ishqoriy elementlar yoki akkumulyatordan foydalaniladi. Elektr batareyalari 40 soat ishlashi mumkin va uning ish holati to‘g‘risida axborot ekranga chiqariladi.
Tok omburlari simmetrik uch fazali tarmoq uchun uchta faza mavjudligini avtomatik ravishda aniqlaydi va natijani displeyga beradi. Nosimmetrik uch fazali tarmoqda o‘lchashlar har bir faza uchun alohida bajariladi. Barcha holatlarda faza ketma-ketligi ko‘rsatiladi, bu montaj jarayonida xato o‘lchashlarning oldini oladi.
Ichida raqamli soat borligi va quvvatni o‘lchash imkoni bo‘lgani uchun tok omburlari bilan energiya sarfini ham o‘lchash mumkin.

2.37- rasm. Ombursimon tok o‘lchagich.

2.38- rasm. Tok omburlarining F23 (a) va F27 (b) modellari.
Ko‘p funksiyali F27 tok omburining asosiy texnik xarakteristikalari:
Тok o‘lchash diapazoni, A 0,3 – 1000. Kuchlanishni o‘lchash diapazoni, V 0,05 – 600.
Amplituda koeffitsiyenti 1 – 10.
O‘zgarmas tok kuchlanishining pulsatsiyasi 2 – 1000.

Chastota, Gs

0,5 – 20 000.

Aktiv quvvat, Vt

10 – 600 000.

Reaktiv quvvat, var

10 – 600 000.

Тo‘la quvvat, VA

10 – 600 000.

Quvvat koeffitsiyenti, cos 
Тok va kuchlanish fazalarining siljish

0 – 1.

burchagi ishorasi

– 1 — +1.

Koeffitsiyent, K(KF)

1 – 30.

Ayrim garmoniklarning 25-tartibgacha bo‘lgan

Absolut (A yoki B)

qiymatlari

yoki nisbiylar (%) da.

Buzilish koeffitsiyenti, %
Axborotlarni kompyuterga avtomatik ravishda

0,2 – 100.

uzatish, vaqti, min.

1 – 60.

Dasturlangan optik RS – 232 standartdagi interfeys mavjud.
O‘lchash omburi yuklama tokini simni uzmasdan o‘lchashga imkon beradi.
Sanoat miqyosida ishlab chiqarilayotgan tok transformatorlarining (TT) yuqori o'lchash chegarasi undagi po'lat o'zakni kuchli magnit maydonida to'yinib qolish xususiyati tufayli cheklangan bo'ladi. Bunday hollarda o'lchash chegarasini kengaytirish uchun po'lat o'zakdagi ishchi magnit oqimi qiymatini kamaytirishga harakat qilinadi. Bunda po'lat o'zak magnit qarshiligini sun'iy oshirish, o'zakda ishchi magnit oqimiga qarama-qarshi magnit oqimini hosil qilish va boshqa usullardan foydalaniladi.
2.39 - rasmda Toshkent temir yo'l muhandislari institutining "Elektr ta'minoti va mikroprotsessorli boshqaruv" kafedrasida yaratilgan ko'p diapazonli TT ning konstruktiv sxemasi keltirilgan: a - aksonometrik tasviri; b - oldidan ko'rinishi; c - yuqoridan ko'rinishi (shinalarsiz).

TT elektr o'tkazgich materialdan yasalgan xalqasimon elementlar 1 va 2, diametral ulamalar 3 va 4, dielektrik 5, yopiq ferromagnit o'zak 6 va unga o'ralgan o'lchash chulg'ami 7 hamda diametral joylashgan shina 8 dan tashkil topgan. 1 va 2 elementlarning o'zaro qarama-qarshi va aks tomonlari tirqish ga ega.
a)
b) c)
2.39-rasm
TT quyidagicha ishlaydi. TT shinasi 8 dan nazorat qilinayotgan tok o'tkaziladi. O'lchash chulg'ami 7 o'lchash asbobiga ulanadi. Nazorat qilinayotgan zanjirda o'lchash diapazonining maksimal toki o'rnatiladi. Metall xalqani aylantirish yo'li bilan o'lchash asbobi shkalasi chegarasida chiqish signalining zaruriy kattaligi o'rnatiladi va xalqaning holati qisgichlar orqali qayd qilinadi (chizmada ko'rsatilmagan).
Bu TT da diametral ulamalar 3 va 4 dagi tok yo'nalishlari o'zaro qarama-qarshi yo'nalgan. Xalqasimon elementlar sektorlarining uzunliklari har xil bo'lganligi sababli ulamalardagi toklar turlicha qiymatlarga ega bo'ladi. Shuning uchun yopiq ferromagnit o'zak 6 da magnit oqimi ulamalardan o'tayotgan toklar farqidan hosil bo'ladi.
Uncha katta bo'lmagan toklarni o'lchash uchun shinalar diametral ulamalar qismalariga ulanadi. Bunda o'lchanayotgan tok diametral ulamalar orqali faqat bir tomonga o'tadi, chunki ikkala xalqalarning uchlarida 1 tirqishlar bor. Natijada, uncha katta bo'lmagan toklarni o'lchashda ushbu TT ning o'lchash chegarasi oddiy bir shinali yopiq ferromagnit o'zakli TT niki kabi bo'ladi.
Ulamalardagi toklar farqining o'lchanayotgan tokka bog'liqligini aniqlaymiz. Buning uchun har bir xalqa uchun I1 va I1 toklar yo'llarini ko'rsatamiz va ularning elektr qarshiliklarini quyidagicha aniqlaymiz (2.40 - rasm):
r  0 
R 1 l1  1800 180 
S S

2.40 – rasm
r
R 2 l2  1800 ,
S S
Ru2r ,
S
bu yerda , S - mos ravishda materialning solishtirma elektr qarshiligi va xalqa elementlarining ko'ndalang kesim yuzasi; l1() , l2 () - mos ravishda birinchi va ikkinchi xalqasimon elementlar sektorlarining uzunliklari; Ru - diametral ulama elektr qarshiligi.
Diametral ulamalardagi toklar farqi quyidagicha aniqlanadi:

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish