Microsoft Word Амиров Elektr o`lchashlar doc


ketma-ket hisoblash usuli



Download 12,37 Mb.
bet45/96
Sana04.03.2022
Hajmi12,37 Mb.
#482406
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   96
Bog'liq
Амиров-Elektr-o-lchashlar

ketma-ket hisoblash usuli. Bu usulga ko‘ra o‘lchanayotgan kattalik ma’lum bir vaqt oralig‘ida qiymati oldindan ma’lum kattalik bilan taqqoslanadi;
razryad bo‘yicha muvozanatlash usuli. Bu usulga muvofiq o‘lchanayotgan kattalik qiymati berilgan qonuniyat (ikki–o‘n kod) asosida o‘zgaruvchi kattalik bilan ketma-ket taqqoslanadi;
integrallash usuli. O‘lchanayotgan kattalik qiymatlarini ma’lum bir vaqt oralig‘ida qo‘shishga asoslangan;
bir vaqtda hisoblash usuli. Bu usulda o‘lchanayotgan kattalik bir vaqtning o‘zida ma’lum kattalikning bir necha qiymatlari bilan taqqoslanadi. Bunda ma’lum kattalik qiymatlari orasidagi munosabat ma’lum algoritm asosida tanlanadi.
Integrallovchi ARU lar orasida ikki taktli integrallovchi o'zgartkich sxemasi aniqligining yuqoriligi va narxining nisbatan arzonligi sababli keng qo'llanilmoqda (2.57 - rasm). O'lchanayotgan analog kattalik masshtab o'zgartkichidan keyin elektron kommutatsiya qurilmasi kirishiga beriladi va u U 0 tayanch kuchlanish bilan taqqoslanadi. Keyin signal integratorda fiksrlangan vaqt mobaynida integrallanadi. Bu vaqt davomida integrator chiqishidagi signal noldan maksimum qiymatgacha ortib boradi, keyin esa yana nolgacha kamayadi. Shu bilan birga integratorda joylashtirilgan generatorning taktli impulslari sanaladi. Integrator chiqishidagi kuchlanishning maksimal qiymatidan nolgacha kamayish vaqtida sanalgan taktli impulslar soni kuchlanishga proporsional bo'ladi.
2.57 - rasm.
O‘lchanayotgan kattaliklarga ko‘ra RO‘A voltmetrlar, chastotomerlar, fazometrlar, ommetrlar, vattmetrlar va boshqalarga bo‘linadi.
O‘lchanayotgan kattalikning qanday qiymatini ko‘rsatishiga qarab RO‘A oniy qiymatni va o‘rtacha qiymatni o‘lchovchi RO‘A ga bo‘linadi. Bundan tashqari RO‘A aniqligi, tezkorligi, ishonchliligiga qarab guruhlarga ajratiladi.
RO‘A ning asosiy xarakteristikalariga statik va dinamik xatoliklari, o‘lchash diapazoni, sezgirligi, ma’lumotni qabul qilish qobiliyati, tezkorligi, ishonchliligi kabilar kiradi.
2.6.2. Raqamli voltmetrlar
O‘zgarmas tokli raqamli voltmetrlar RO‘A ning eng ko‘p tarqalgan turiga kiradi. Ular o‘z navbatida ikki turga: hadma-had taqqoslovchi va ikki marta integrallovchi o‘zgartkichli RO‘A ga bo‘linadi.
2.58 - rasmda hadma-had taqqoslovchi o‘zgartkich asosida ishlaydigan raqamli voltmetrning sxemasi keltirilgan.
O ‘lchanayotgan kuchlanish (Ux) o‘lchash diapazonini belgilovchi kuchlanish bo‘lgichi (KB) orqali taqqoslash sxemasi (ТS) ga beriladi. Тayanch kuchlanish manbai (ТKM) chiqishida tegishli kuchlanish paydo bo‘lguncha va yuqori hadli hisoblagich
(YuHH) holatiga ko‘ra, boshqarish
2.58 - rasm sxemasi kuchlanishni chastotaga o‘zgartiradi (KChO‘). Agar boshqaruvchi
sxema (BS) elektron kalit (EK1) va (EK2) ni ochsa, YuHH chiqishida kirish kuchlanishga yaqin bo‘lgan son paydo bo‘ladi. Ya’ni, kuchlanish chastotaga o‘zgartirilgandan so‘ng boshqarish sxemasi impulslarni hisoblagich orqali (YuHH) raqamli indikator (RI) ga uzatadi va u tegishli raqamni ko‘rsatadi. Asbobning nol ko‘rsatkichini korreksiya qilish uchun o‘zgaruvchan rezistor yordamida taqqoslash sxemasining chiqishidagi kuchlanish sozlanadi. Buning uchun normal elementga ega bo‘lgan chiquvchi signali (ТKM) dan foydalaniladi.
ТS da mazkur son (kuchlanish) o‘lchanayotgan kuchlanishdan ayiriladi va hosil bo‘lgan ayirma ikkilamchi ishlovga beriladi. Bunda elektron kalit (EK3) ochiladi va kichik hadli hisoblagich (KHH) ishga tushadi, uning natijasi YuHH dagi son bilan qo‘shiladi.
Raqamli voltmetrlar (o‘zgarmas tokda) 1 mkV dan 1000 V gacha kuchlanishlarni 0,1 foiz xatolik bilan o‘lchash imkoniga ega.
Yuqori aniqlikka ega o‘zgarmas tok raqamli voltmetrlarning V7–28 rusumi va boshqa turlari ma’lum.
2.6.3. Raqamli chastotomerlar
Raqamli chastotomerlar (RCh) ning ishlashi tu vaqt oralig‘ida fx chastotali
i mpulslar sonini sanashga asoslangan (2.59 - rasm).
Chastotasi noma’lum bo‘lgan kuchlanish (Ufx) shakllantirgich (Sh) da davomiyligi tu bo‘lgan to‘g‘riburchakli impulslarga aylantiriladi. Bu impulslar
2.59 - rasm. Raqamli elektron kalit (EK) kirishiga beriladi va vaqt chastotomer sxemasi. oralig‘i datchigi (VOD) ishlab chiqayotgan impulslar bilan taqqoslanadi. EK dan tu vaqt
oralig‘ida chiqadigan impulslar impuls hisoblagich (IH) yordamida sanalib, raqamli ko‘rsatish qurilmasi (RKQ) ga beriladi. tu vaqt oralig‘ida fx chastotali impulslar soni N quyidagi formula yordamida topiladi:
tu
N   tu fx
Tx .
2 .60 - rasmda keltirilgan chastotomerning vaqt diagrammasidan ko‘rinib turibdiki, chastotomerda paydo bo‘ladigan xatoning birdan-bir sababi diskretlash jarayonida yuzaga keladigan xatolikdir. Datchiklar ishlab chiqaradigan davomiyligi o‘zgarmas bo‘lgan vaqt intervallariga shakllantirgichdan keladigan impulslarning barchasi kirmaydi. Shuning uchun diskretlash xatoligi ±1 impulsga teng bo‘lishi mumkin. Raqamli chastotomerlar xatoligining boshqa tashkil etuvchilariga vaqt intervallari manbasining nomo‘tadilligi kiradi. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun vaqt intervallarini mo‘tadillash maqsadida manba sxemasida kvarsdan foydalaniladi.
RCh xatoligi vaqt oralig‘ini diskretlash xatoligidan va ti vaqt oralig‘ini noaniq tanlash xatoligidan iborat bo‘ladi.
O‘lchash vaqtini qisqartirish
2.60 - rasm. Chastotomerning maqsadida signal chastotasi emas, balki vaqt diagrammalari. uning davri o‘lchanadi. Bunda vaqt oralig‘i datchigi VOD o‘rniga katta
chastota generatori qo‘llaniladi. Raqamli ommetr va vattmetrlar ham shu prinsipda ishlaydi.
2.6.4. Kombinatsiyalangan raqamli asboblar
Hozirgi zamon elektronikasi-ning elementlar bazasi keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan raqamli o‘lchov asboblarini yaratishga imkon beradi.
Kombinatsiyalangan raqamli asboblar (KRA) ning asosiy qismi – integrallovchi xossaga ega o‘zgarmas tok kuchaytirgichidan iborat. KRA ning kirish qismiga o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi, o‘rtacha, ta’sir etuvchi yoki amplituda qiymatlarini o‘zgartiruvchi, qarshilik, induktivlik va sig‘imni kuchlanishga o‘zgartiruvchi o‘zgartkichlar ulanadi.
KRA yordamida rezistor qarshiligini o‘lchashni misol tariqasida ko‘rib chiqamiz (2.61 - rasm). Rx kuchaytirgich K ning manfiy teskari bog‘lanish zanjiriga ulanadi.
Q o‘llanilayotgan kuchaytirgichlarda kuchlanish bo‘yicha kuchaytirgich koeffitsiyenti juda katta bo‘lgani uchun rezistor Rx kuchaytirgichga ulanganda kuchaytirgichning chiqish qismida kuchlanish hosil bo‘ladi. K ning kirish qismidan o‘tuvchi tok kichik bo‘lganligi

2.61- rasm. Kombinatsiyalangan raqamli asbob sxemasi.

sababli asosiy tok Rx rezistor qarshilik orqali o‘tadi. Shuning uchun K ning chiqish

kuchlanishi:
U chiq IRx
bo‘ladi.
KRA turkumiga raqamli ШЧ-4313 rusumli asboblarni misol qilib keltirish mumkin. Bu asboblar 5 mV dan 500 V o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuchlanishni, 5 mkA dan 500 mA o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokni, 50 Om dan 5000 kOm li qarshilikni o‘lchashga mo‘ljal-langan. Qayd etilgan parametrlarni 45 – 20000 Gs diapazonda o‘lchashi mumkin. Asbob 220 V o‘zgaruvchan kuchlanishli tarmoqdan yoki 17,5 V li avtonom manbadan ta’minlanadi. Og‘irligi 3 kg, gabarit o‘lchamlari 300×70×300 mm.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish