Microsoft Word Амиров Elektr o`lchashlar doc



Download 12,37 Mb.
bet2/96
Sana04.03.2022
Hajmi12,37 Mb.
#482406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
Амиров-Elektr-o-lchashlar

I bob. METROLOGIYA ASOSLARI
1.1. Metrologiyadagi asosiy ta’riflar va atamalar
Metrologiya – yunoncha so‘z bo‘lib, «metron» – o‘lchash va «logos» – mantiq, fan, ta’limot ma’nosini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi standartlarining asosiy birliklarida quyidagi ta’rif keltirilgan:
Metrologiya – o‘lchashlar, ularning birligini ta’minlash usullari va vositalari hamda kerakli, talab etilgan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan hisoblanadi.
Bu fan quyidagi masalalar bilan shug‘ullanadi: – o‘lchashlarning umumiy nazariyasi;
kattaliklar birliklari va ularning tizimlari;
o‘lchash usullari va vositalari;
o‘lchashlar aniqligini topish usullari;
o‘lchashlar birligi va o‘lchash vositalarining bir xilligini ta’minlash asoslari;
etalon yoki namunaviy o‘lchash vositalari yordamida ishchi vositalarga birliklar o‘lchamlarining uzatish usullari.
Mazkur standartga ko‘ra o‘lchash – maxsus texnik vositalar yordamida tajriba yo‘li bilan fizik kattalikning qiymatini aniqlash.
Fizik kattalikni esa quyidagicha ta’riflash mumkin:
Kattalik – sifat tomonidan ko‘pgina fizikaviy obyektlarga nisbatan umumiy bo‘lib, miqdor tomondan har bir obyekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir.
Barcha o‘lchashlar ularni joyi va vaqtidan qat’i nazar, o‘lchash birligini ta’minlashi lozim. O‘lchash yagonaligi – qonunlashtirilgan birliklar asosida ifodalangan va o‘lchash xatoliklari belgilangan ehtimol bilan aniqlangan o‘lchash holatidir.
Fizik kattalikning asosiy xossasi uning o‘lchamligidir. Kattalikning o‘lchamligi deb, shu kattalikning tizimidagi asosiy kattaliklar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadigan va proporsionallik koeffitsiyenti 1 ga teng bo‘lgan ifodaga aytiladi.
Fizik kattalikning birligi deb, ta’rif bo‘yicha son qiymati 1 ga teng qilib olingan kattalik tushuniladi. Ma’lum bir fizik kattalikning birliklari o‘zaro o‘lchamlari bilan farqlanishi mumkin. Misol tariqasida km/soat, m/s tezlikning birligi bo‘lib, quyidagi har xil o‘lchamga ega:
1 km/soat == 0,278 m/s
O‘lchashning texnik vositasi deb, o‘lchashda qo‘llaniladigan va me’yorlangan metrologik xossaga ega bo‘lgan vositaga aytiladi. Qo‘llanishiga qarab o‘lchash vositalari turlicha bo‘ladi. O‘lchash vositalari-ga quyidagilar kirishi mumkin: o‘lchovlar, o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari, o‘lchash qurilmalari, o‘lchash tizimlari.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish