Microsoft Word Амиров Elektr o`lchashlar doc


O‘lchash transformatorlari bilan ishlashda texnika xavfsizligi



Download 12,37 Mb.
bet39/96
Sana04.03.2022
Hajmi12,37 Mb.
#482406
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   96
Bog'liq
Амиров-Elektr-o-lchashlar

O‘lchash transformatorlari bilan ishlashda texnika xavfsizligi. O‘lchash transformatorlari elektr qurilmalarining o‘lchash asboblari va releli himoyalash zanjirlarida qo‘llaniladi. Ma’lumki, kuchlanish transformatorlari yuqori kuchlanishning o‘lchash zanjiriga ulangan bo‘ladi, ishlab turgan tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlari uzilganda, ularning uchlarida o‘ta kuchlanish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun iste’molchilar elektr qurilmalarining texnik ekspluatatsiyasi qoidalari va ulardan foydalanish texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha quyidagilarga rioya qilishlari shart:
O‘lchash asboblari va releli himoyalash zanjirlarida bajariladigan ishlarning xavfsizligini ta’minlash uchun barcha tok va kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlari doim yerga ulangan bo‘lishi shart.
O‘lchash asboblari va relelarning tok zanjirlarini uzish zarurati tug‘ilsa, o‘lchash tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlari avval bunga maxsus mo‘ljallangan qisqichlar bilan qisqa tutashtirilgan bo‘lishi shart.
Тok transformatorlari va ularning maxsus qisqa tutashtiruvchilarini uzilishiga olib keluvchi ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Kuchlanish transformatorlarining zanjirlariga qo‘shimcha manbadan kuchlanish berilayotganda, kuchlanishi yuqori va quyi tomonlaridagi uchta saqlagich olib tashlangan hamda ikkilamchi chulg‘amlardan avtomatlar ajratilgan bo‘lishi shart.
Ko‘chma asboblar va tok o‘lchovchi ombur (kleshchi)lar bilan o‘lchash ishlari ikki kishi tomonidan bajarilishi kerak bo‘lib, ulardan bittasining kvalifikatsiyasi IV guruhdan kichik bo‘lmasligi lozim. Qo‘llaniladigan o‘lchash omburlarining ampermetrlari ishchi joyiga o‘rnatilgan bo‘lishi kerak, boshqa ampermetrlarni qo‘llash taqiqlanadi. O‘lchash tik oyoqda, egilmasdan, omburni ushlab turgan holda olib boriladi, bunda dielektrik qo‘lqoplar, ko‘zoynak va rezina poyandozdan foydalaniladi. O‘lchayotganda asbob qarshiliklari va ularning simlariga tegish taqiqlanadi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan shinalar toki maxsus belgilangan joylarda turib, tok omburlari bilan o‘lchanadi.
Yer tutashtirgichlari bo‘lgan havo liniyalarining tayanchlarida turib har qanday o‘lchash ishlarini bajarish qat’iyan man qilinadi.
Masala. 220 V kuchlanishga va 5 A tokka mo‘ljallangan aktiv energiya hisoblagichi tok transformatori 50/5 va kuchlanish transformatori 3000/100 orqali tarmoqqa ulangan (2.31- rasmga qarang). Hisoblagich oyning boshida 1234,2 kVt soatni, oxirida esa 1478,5 kVt soatni ko‘rsatdi. Bir oy ichida sarf qilingan energiyani aniqlang?

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish