61
kitobida saqlangan Alp Er To’ngra marsiyasi ham shunday janr namunasidir. U xalq og’zaki ijodi mahsuli hisoblanadi. Lekin marsiyaning O’rxun-Enasoy bitiglaridagi marsiyalardan farqi shundaki, u vafot etgan shaxs tilidan bayon etilmaydi, balki xalq yig’isi hisoblanadi. Turkiy-run yozuvida bitilgan yana bazi qadimgi turkiy yodgorliklarda “ming yillik yozuv” to’grisida aytiladi. Bu malumotlarning takror-takror qo’llangani shundan dalolat beradiki, qadimgi turkiy til va yozuv “ming yilu tuman kun” amalda bo’lgan edi, deganidir. Demak, turkiy run yozuvi miloddan oldingi asrlarda shakllangan edi, degan bugungi qarashlar VII-VIII asrlardagi bitigtosh mualliflariga ilmiy haqiqat sifatida malum bo’lgan edi. Shuning uchun har ikki yodnomadan yuqorida keltirilgan malumotlar qadimgi turkiy til tarixi to’g’risida asl manba sifatida qaraladi. Bu malumotlar ayni paytda Xitoy yilnomalari, yunon manbalarida bayon qilingan qadimgi turkiy til va yozuv to’g’risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi. Qadimgi turkiy til va uning leksik qatlami xususidagi mana shunday fikrlarni umumlashtirib, quyidagilarni xulosa qilamiz:
Qadimgi turkiy tilda ismlarda egalik, ko’plik, kelishik qo’shimchalari bilan turlanadi. Bugungi ko’pchilik so’zlarda bu qo’shimchalar saqlanib qolgan bo’lsa, ayrimlari katta o’zgarishlar orqali yetib kelgan. Jumladan, -lar ko’plik qo’shimchasining hozirgi tilimizdagi alplar, beklar, eshiklar singari so’zlarda yoki -(a)n ko’plik qo’shimchasining og’lon, yoron kabi so’zlarda saqlanib qolganini ko’ramiz. Qadimgi turkiylarda ko’plik haqidagi tasavvur boshqacha bo’lgan. Ular ongida individlarning hayotiy umumlashmalari natijasida shakllangan birlik va ko’plik kategoriya tushunchasi mavjud bo’lgan, ammo tilda, ehtimol, farqlar ifodalanmagandir. Qadimgi turkiylar tasavvurida ot so’zi matnga qarab, ot va otlarni ham anglatgan bo’lishi mumkin. Bu holat muayyan darajada hozirgi turkiy tillarda kuzatiladi. Shuningdek, jo’nalish kelishigining -g’aru,-qaru, -karu affikslari bugungi kunda tilimizdagi bir qancha so’zlarda tublashib qolgan. Bunga sabab, ular grammatik ma nosini yo’qotib, so’zning ajralmas qismiga aylangan va bunday so’zlar yoki yordamchi so’zlar turkumiga o’tgan. Mavjud manbalarning ko’rsatishicha, qadimgi turkiy yodgorliklar tilidayoq bu shakllarning ma'nosi
Do'stlaringiz bilan baham: |