O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM
VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
«O,ZBEK FILOLOGIYASI» KAFEDRASI
“O’RXUN-ENASOY OBIDALARI LUG’AVIY
TARKIBINING TARIXIY-QIYOSIY TADQIQI”
mаvzuidаgi
BITIRUV - MALAKAVIY ISHI
Bajardi: «o’zbek filologiyasi» ta'lim yo’nalishi bitiruvchisi 4-kurs talabasi Allambergenova Muqaddas
ILMIY RAHBAR: dots. F.Bobojonov
Nukus- 2014
1
O’RXUN-ENASOY OBIDALARI LUG’AVIY TARKIBINING TARIXIY-QIYOSIY TADQIQI Reja:
ASOSLAMA
KIRISH
Qadimgi turkiy tilning o’ziga xosliklari
O’rxun-Enasoy obidalarining tarixiy qimmati va tadqiqi xususida
Kultegin va Bilgaxoqon bitiglarining boshlamalari to’g’risida
ASOSIY QISM:
BOB O’RXUN-ENASOY OBIDALARI LUG’AVIY BIRLIKLARIDAGI GRAMMATIK SHAKLLAR TADRIJI
Ismlar taraqqiyoti
Fe'llar taraqqiyoti
Yordamchi so’zlar taraqqiyoti
Bitigtoshlarga xitoychadan o’zlashgan so’zlar
BOB LUG’AVIY BIRLIKLARNING MAVZU GURUHLARI
Toshbitiglarda maishiy leksikaga oid so’zlar guruhi
Bitigtoshlarda harbiy sohaga oid so’zlarning qo’llanilishi
O’rxun-Enasoy bitiktoshlarida zoonimlar
Qadimgi turkiy obidalarda etnonimlar
Bitigtoshlarda ishlatilgan toponimlar
XULOSA
2
ASOSLAMA
Mavzuning dolzarbligi. Biz yashayotgan dunyo eski kitoblarda bitilganidek chindan ham “ko’hna”dir. Umuman, Turkiston tuprog’i, xususan, bugun biz yashab turgan O’zbekiston ko’hna dunyoning inson zoti vujudga kelgan eng qadim maskanlaridandir.
O’zbeklarning millat sifatida shakllanishi uzoq tarixga ega. O’zbeklar qadimgi turkiylarning avlodlaridir. Turkiylar keyinchalik mustaqil millat va xalq sifatida shakllangan o’zbek, qoraqalpoq, qirg’iz, turkman, uyg’ur, ozarbayjon kabi xalqlarning ajdodlaridir. Shuning uchun ham qadimgi turkiylar qoldirgan ulkan madaniy va adabiy meros bu xalqlarning mushtarak yodgorliklari hisoblanadi. Bu mushtarak yodgorliklar, eng avvalo, O’rxun -Enasoy toshbitiglari bilan bog’liq deyish mumkin. Toshbitiglarni o’rganish orqali nafaqat qadim xalqlarning madaniy merosini, balki, ajdodlarimizning turmush-tarzini, dunyoqarashi va urf-odatlarini ham o’rganamiz, ham o’zlashtiramiz. Mushtarak yodgorliklarda xalqimizga xos milliy g’oyalar, milliy ruh va vatanparvarlik yaqqol aks etgan. Buning asosida yosh avlod qalbiga milliy qadriyatlar: an’ana va haqiqatlar, vatan tuyg’usi, e’tiqod kabi yuksak tushunchalar singdiriladi. Shu jihatdan, yurtboshimiz I.A. Karimov “yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur” - deya milliylik, umuminsoniylik haqida to’g’ri qayd etib o’tgan edilar1. Shu ma’noda mushtarak yodgorliklar tadqiqi masalasi bugungi kunda ko’pchilikni qiziqtiradigan mavzularga aylanmoqda.
Toshbitiglarni o’rganish uchun qator qardosh xalqlarning tili, urf-odati bilan tanish bo’lish bilan birga, bir necha boshqa asarlarni, adabiy meroslarni ham sinchiklab kuzatish talab qilinadi. Tarixga murojaat qilish hamisha ham dolzarb mavzu sifatida qaraladi, tarixiy obidalarni qanday va qay tariqa o’rganish, hamda uning aynan qaysi jihatini o’rganish masalasi esa tadqiqot ishining yanada
Do'stlaringiz bilan baham: |