O‘zbek tilshunosligida son kategoriyalarining o‘rganilishi



Download 12,67 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2022
Hajmi12,67 Kb.
#576101
  1   2
Bog'liq
Maqola.Sevara


O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SON KATEGORIYALARINING O‘RGANILISHI.
Isomiddinova Sevara Shamsiddinovna
isomiddinovasevara055@gmail.com
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti,
Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti,
Filologiya va tillarni o‘qitish:o’zbek tili yo’nalishi
2-bosqich talabasi
ANOTATSIYA
Maqoladan ko’zlangan maqsad hozirgi o’zbek tilida son kategoriyasining o’rganilishi uni tahlil qilish va unga chuqurroq yondashishdir. O‘zbek tilidagi ko‘plikni ifodalash vositalari tizimi tadqiqot ob’ektidir. Ushbu ilmiy tadqiqot hozirgi o‘zbek tilida birlik va ko‘plik, ya’ni son kategoriyasini o‘rganish va tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ona tilimizdagi ko‘plik grammatik kategoriya sifatida hozirgi grammatikada ot va fe’l turkumida o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar: tilshunoslik, o‘zbek tili, grammatika,kategoriya, ko‘plik va birlik, adabiyot.
O‘zbek tilimiz azaldan grammatik va badiiy jihatdan o‘rganilib, tahlil qilinib, rivojlanib, sayqallanib kelgan. Xususan, undagi ko‘p grammatik kategoriyalardan biri bo‘lgan son kategoriyasi ko‘plab tilshunos olimlar tomonidan o‘rganilib, asoslab berilgan.O‘zbek tilining ko‘plik ma’nosi grammatik kategoriya sifatida hozirgi grammatik asarlarda ot va fe’l turkumida o‘rganilgan. Lekin bu mavzudagi asarlarning aksariyati sovet davrida yaratilganligi sababli ularning talqini ma’lum darajada rus tilining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Son kategoriyasining hozirgi talqinlari o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlariga to‘liq mos kelmaydi. Shuning uchun, sonlar kategoriyasini o‘zbek tilining aglyutinativ xususiyatiga asoslanib o‘rganish, uning tarixiy asoslarini bilish, bosqichma-bosqich rivojlanishini aniqlash, nutqiy hodisalarni tahlil qilish bugungi kun uchun dolzarb hisoblanadi.
Ko`plikning ifodalanishi o`zbek tilshunosligida otning son kategoriyasi va fe’lnnng shaxs-son kategoriyasi nomi bilan maxsus o`rganilgan. Bu kategoriyalar dastlab professor A.G`ulomov tomonidan tadqiq qilingan. O‘zbek tilida ko‘plikning ifodalanishi haqidagi fikrlar Abdurauf Fitratning “O‘zbek tili qoidalari bo‘yicha tajriba, birinchi kitob: sarf” asarida keltirilgan. Olim tub va yasama otlarni ko`plikda ifodalash uchun ularga -lar qo`shimchasini qo`shish zarurligini ta`kidlaydi.1943 yilda prof. A.K. Borovkov, Z.Ma’rufov, A.G’ulomovlar umumta’lim maktablari uchun “O’zbek tili grammatikasi” darsligini yaratdilar. Bu o‘quv qo‘llanma o‘zining kamchiliklari va kamchiliklariga qaramay, o‘zbek maktablarida ona tilini o‘qitishni takomillashtirishda muhim rol o‘ynadi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda oliy oʻquv yurtlari uchun bir qancha oʻquv qoʻllanmalar va darsliklar yaratildi. Ularda o‘zbek tilida ko‘plikning ifodalanishiga oid ba’zi fikrlar mavjud. Bu boradagi ishlar qatorida rus tilidagi oʻzbek tili grammatikasi boʻyicha V.V. Reshetovning "Hozirgi oʻzbek tili. Element fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi" (1948), A.N. Kononovning "Oʻzbek tili grammatikasi" (1948) kitoblari oʻzbek tilining tizimli talqini sifatida ayniqsa qimmatlidir. Sh. Rahmatullayev 2006-yilda nashr ettirgan «Hozirgi adabiy o`zbek tili» darsligida o`zbek tilida ko`plikning ifodalanishi bo`yicha ayrim fikrlarni aytib o`tgan.1 Bir guruh olimlar jamoasi (R.Sayfullayeva va boshqalar) tomonidan 2007-2009- va 2010-yillarda nashr etilgan «Hozirgi o`zbek adabiy tili» darslik va qo`llanmada ko`plik ma’nosi bo`yicha keng ma’lumot berilgan.
Otlarda son kategoriyasini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan birlik son shakli va ko‘plik son shakli tashkil etadi.Otlarga xos morfologik xususiyatlardan biri son kategoriyasidir. Otlarda son kategoriyasini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan birlik son shakli va ko‘plik son shakli tashkil etadi.
Birlik son shaklida qo‘llanuvchi otlar yakka bir predmetni yoki yakkalikni ajratilmaydigan predmetni anglatadi: qalam, daftar, tog‘ , uy, talaba kabi. Birlik son shaklida qo‘llangan ot maxsus grammatik ko‘rsatkichga ega emas. Shuning uchun otning bunday qo‘shimcha olmagan shakli (nol ko‘rsatkichli shakl) grammatik jihatdan birlik son shakli deb qaraladi.
Ko‘plik son shaklida qo‘llanuvchi otlar ikki yoki undan ortiq predmetni (yoki noaniq ko‘plikni) anglatadi: qalamlar, daftarlar, tog‘lar, uylar, talabalar kabi.Otlarda grammatik ko‘plik son shakli –lar affiksi bilan hosil qilinadi. .
Otlarda ko‘plik ma’nosi , asosan, -lar affiksini qo‘shish bilan hosil qilinadi. Ko‘plik ma’nosining bunday maxsus grammatik ko‘rsatkich bilan ifodalanishi ko‘plikning morfologik usul bilan ifodalanishi sanaladi: eshiklar, ko‘chalar kabi. Bunday otlarga grammatik jihatdan ham, semantik jihatdan ham ko‘plik son shaklida deb qaraladi. Otlarda ko‘plik ma’nosi, asosan shu usul bilan ifodalanadi
Ko‘rinadiki, otlardagi birlik ma’nosi va ko‘plik ma’nosi hamda bularni ifoda etuvchi shakllar yig‘indisi son kategoriyasini hosil qiladi.Otlarda son kategoriyasini birlik va ko‘plik ma’nosida qo‘llana oladigan otlarga xosdir. Sanash mumkin bo‘lgan, bevosita predmetni anglatadigan konkret turdosh otlar birlik shakli bilan birga ko‘plik son shaklida ham qo‘llanadi: xona – uchta xona – xonalar; bola – besh bola – bolalar kabi.O‘zbek tilida birlik va ko‘plik son shakliga ega bo‘lgan otlar bilan bir qatorda faqat birlik shaklida qo‘llanadigan otlar ham mavjud.Bunday otlarga abstrakt otlar (sevgi, ishonch, ko‘ngil kabi), donalab sanalmaydigan predmetlarni anglatuvchi otlar (un, suv, yog‘ , guruch kabi), yakka bir predmetni anglatuvchi otlar (til, bosh, yurak kabi), juft predmetni anglatuvchi otlar (ko‘z, qosh, qo‘l, etik, paypoq kabi), atoqli otlar (Zulfiya, Toshkent, Sirdaryo kabi) kiradi. Ayrim hollarda bu otlarga –lar ko‘plik affiksi qo‘shila oladi. Bunday holda –lar ko‘plik ma’nosini emas, balki quyidagi ma’nolarni ifodalab keladi:
Abstrakt otlar, yakka bir predmetni anglatuvchi otlar, juft predmetni anglatuvchi otlarda –lar affiksi qo‘shilganda ma’noni kuchaytiradi yoki ta’kidlaydi: Kumushning qoshlari chimirildi (A.Qodiriy).
Donalab sanalmaydigan predmetni anglatuvchi otlarga –lar affiksi qo‘shilganda, shu predmetning turi, navi, yoki mo‘llik kabi ma’nolarni bildiradi: Zilol suvlar, eram kabi bog‘u-bo‘stonlar (G‘ayratiy).
Atoqli otlarga qo‘shilganda esa umumlashtirish, birgalik kabi ma’nolarni bildiradi: Saidalar kelishdi kabi.
Shuningdek, qarindosh-urug‘lik munosabatini bildiruvchi (ota, ona, buvi, aka, opa kabi) otlarga egalik qo‘shimchasidan keyin –lar affiksi qo‘shilganda, bu otlar hurmat ma’nosini anglatadi: otamlar, opamlar, buvimlar kabi.
Ba’zi hollarda nol shakli faqat birlik sifatida ko'rib chiqiladi. Aksariyat uning son turkumidagi o‘rniga shubha bilan qaraydilar, u ko‘plik yoki birlikni ifodalamaydi, deb ta’kidlaydilar. Nol shakli miqdoriy grammatik ma'nodan xoli bo'lgani uchun -lar shaklining bir muhitda bo'lishini qanday tushunish mumkin? Unda “askar” so‘zi o‘ngdan chapga so‘zlarda mantiqiy (askarlar) qo‘llanilgan bo‘lardi.
Demak, -lar va nol shakli hozirgi o‘zbek tilida miqdorning grammatik ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Bu shakllarda miqdoriy belgi kategorik ma'noga ega bo'lsa-da, sifat va boshqa ma'nolarga ham ega.
XULOSA.
Xulosa qilib aytganda, bizning ona tilimiz boy va murakkab qirralari ko’p til hisoblanadi. Shuning uchun ham olimlarimiz uzoq yillardan beri tilimizning boy merosini uning har jihatdan chuqur o’rganib tahlil qilib boyitib kelmoqdalar. O’rganishlar davomida tilimiz kundan - kunga rivoj topib sayqallanib bormoqda.Ona tilimiz bo’lmish o‘zbek tili azaldan grammatik va badiiy jihatdan o‘rganilib, tahlil qilinib, rivojlanib, takomillashtirilib kelgan. Undagi ko‘plab grammatik kategoriyalardan biri bo‘lgan son kategoriyasi tilshunos olimlar tomonidan o‘rganilgan, asoslab berilgan.


Download 12,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish