Microsoft Word Allambergenova M



Download 330,17 Kb.
bet44/75
Sana16.01.2022
Hajmi330,17 Kb.
#371293
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
38

Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda Xitoy eli, yurtini Tabgac (~Tawgac), Tabgac eli atalgan, xitoy xoqoni -tabgac qagan, xitoy xalqi esa- tabgac bodun, xitoy tilini Tabgac tili deyilgan.

Birinchi va ikkinchi ko’k turk xoqonliqlari, keyinchalik uning o’rnida yuzaga kelgan uyg’ur xoqonligi va davlatlarida xalqaro mavqega ko’tarilgan sug’d, xitoy tillariga e'tibor katta edi. Ayniqsa, monumental matnlarni bitishda, turkiy til bilan barobar, sug’d, ora-chora, xitoy tilidan ham foydalanilgan. Buning yorqin misolini 732-yili sarkarda Kultegin xotirasiga tiklangan yodgorlikda kuzatishimiz mumkin. Yodgorlikning to’rtala yuzida yozuvi bor: Sharqqa qaragan yuzi, ikki yoni, toshning qirralariga ko’k turk harflari bilan turkiy matn bitilgan; G’arbga qaragan yuzidagi matn esa xitoycha. Yodgorlikdagi turkiy matnni ko’k turk adabiyotining yirik namoyondasi, yozuvchi va tarixnavis Yo’llig’ tegin bitgan. Xitoycha matnning muallifi esa Xitoy generali Changdir. Ushbu matnni u xitoy imperatorining ko’rsatmasiga ko’ra yozgan. Turkiy bitigda uning oti Cañ sañün deya qayd etiladi. Otiga qo’shilayotgan süñün so’zi uning harbiy unvoni bo’lib, “general” degan manoni beradi.

Oradan ko’p vaqt o’tmay, 735-yilda Bilga xoqon xotirasiga tiklangan yodgorlikda ham xitoy eli e'tibordan chetda qolgani yo’q. Ushbu qabrtoshning Sharqqa qaragan yuzi va ikki yonidagi matn turkiy tilda. G’arbga qaragan yuzida esa xitoycha matnning o’rni bor. Biroq, tosh parchalanib ketgani uchun xitoycha yozuvi hozir saqlangan emas.

Shu o’rinda ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyoda kechgan til vaziyati bilan bog’liq muhim bir hodisani ta'kidlash kerak. Ma’lumki, tarixiy yodgorliklarning bir yo’la bir necha tilda yozilishiga ayni ellardagi til vaziyati ham sabab bo’lgan. Qadimda O’rta va Markaziy Osiyoning turli yerlarida, turklar bilan aralash yashagan sug’d, tohar, qadimgi xorazm muhitida turk-sug’d, turk-tohar, turk-arab bilingvizmi amal qilgan, deya olmaymiz. Bizningcha, turkcha matnlarda xitoychaning aralash ishlatilishi, ko’proq, siyosiy vaziyat, davlat siyosati, qolaversa, Xitoy davlatining ta'siri va xitoy tilining xalqaro maydonda tutgan o’rni bilan belgilangan.



Download 330,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish