Microsoft Word 1 маъруза №6 экзоген нураш



Download 446,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana24.06.2022
Hajmi446,15 Kb.
#698863
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 ma`ruza №6 EKZOGEN JARAYONLAR NURASH VA RELYEF, YONBAG`IRLAR



MA’RUZA №6 
EKZOGEN JARAYONLAR. NURASH VA RELYEF, YONBAG`IRLAR 
 
Reja: 
1. Ekzogen jarayonlar turlari va tasnifi 
2. Nurash, nurаsh turlari va relyef shakllarining hosil bo‘lishi
3. Yоnbag‘ir tushunchasi, yonbag‘irdagi jarayonlar va yonbag‘ir relyefi 
Tayanch so’z va iboralar:
Ekzogen jarayonlar, elyuviy, delyuviy, 
kollyuviy, denudatsiya, akkumulyatsiya, nurash, fizik nurash, kimyoviy nurash, 
biologik nurash, mexanik va haroratli nurash, quyoshdan qorayishi, nurash 
po’stlog’i, Nurash, ximiyaviy nurash, biologik nurash, fizikaviy nurash, nurash 
po`sti, nurash tezligi, yonbag`ir relyefi, denudatsiya, peneplen, delyuviy, pediplen, 
tektonik yonbag`ir, vulkanik yonbag`ir, ekzogen yonbag`ir, ellyuviy, pediment, 
to`planma, sochilma, ag`darilma yoki qulash
 
1. Nurash jarayonlari haqida etuk olimlarning fikrlarini ko’rib chiqsak 
quyidagilarni anglab olamiz. 
Akademik 
Fersman A.E.
gipergenez deganda - 
“Yerning qattiq qobig’i va 
atmosfera chegarasida o’tadigan barcha fizik – kimyoviy jarayonlar kompleksini”
aytadi.
V.V.Dobrovolskiy - nurash (gipergenez) landshaft - geokimyoviy 
sharoitlarda kimyoviy elementlarning yaxlit taqsimlanishi deb ko’rsatadi. Uning 
fikricha, fizik, kimyoviy va biologik nurash deb ajratish noto’g’ri bo’lib, fizik, 
ximik va biologik nurash jarayonining ayrim boshqa turlari deb aytishni taklif 
etadi. 
Shunday qilib 
“gipergenez”
atamasi va “Nurash”, umuman olganda bir xil 
tushunchalardir. 
D .Rays 
fikriga ko’ra gipergenez – yerning litosfera qatlamidagi tog’ 
jinslarini yer yuzasidagi tabiiy jarayonlarini o’zgarishiga ko’rsatgan javob 
reaksiyasidir. (quyidagi omillar ta`sirida – atmosfera bosimi, haroratni davriy 
(fasllar, kecha, kunduz) tebranishi, aylanma harakatga ta`sir etuvchi eritmalar va 
gazlar, tirik organizmlar). 
Gipergenez ikkita asosiy jarayonga ajratiladi: 
Fizikaviy (mexanik ) nurashi bo’lib, unda qattiq yaxlit jinslarning katta 
kichik parchalarga bo’linib sinishidir. Bunday jinslarda tashkil etuvchi 
minerallarning kimyoviy tarkibi o’zgarmaydi.
Dilatatsiya (lot dilatatio – kengayish va cho’zilishi) harorat natijasida 
kengayishi, kristallarning o’sishi, tirik organizm ta`siri tushuniladi. 
Haroratning o’zgarib turishi fizik nurashning asosiy omilidir. Ayniqsa 
kontinental, arktik, tropik, subtropik iqlimli mintaqalarda bu hodisa o’z ifodasini 
topgandir. Agar jins yoriqlariga suv kirib muzlasa, unda fizik nurash yanada 
tezlashadi. Suv muzlaganda hajmi kengayadi. 
Suvning yer yoriqlarida muzlashidan uning 1 sm
2
yuzada (yer yorig’ida) 
itarish kuchi 870 kg ga etadi. g’oyat katta bunday kuch qattiq jinsni ham maydalab 


tashlaydi. Suvning takror muzlab erib turishi bilan bog’liq bo’lgan fizik nurash 
sovuqdan nurash deb ataladi. Fizik nurash natijasida qattiq jinslar mayda–mayda 
qirrali bo’lib ketadi, hatto zarrachalari 0,01 mm ga etadi. qattiq jins zarrachalarning 
issiqdan kengayib ketishi va tuzlarning jins orasida to’planishi ham fizik nurashga 
kiradi. Tog’ jinslari har xil minerallardan tashkil topganligi uchun issiqlikni bir xil 
o’tkazmaydi. Bundan tashqari, bir xil kengaymaydi, chunki turli mineral kristallari 
har tomonga har xil kengayadi. 
Shunga ko’ra granit jinsi ham maydalanadi. 
Ba`zi bir minerallarning issiqdan kengayish koeffitsiyenti: 
Mineral nomi 
Kengayish koeffitsiyenti 
(% hisobida) 
Kvars 
Ortaklaz 
Shoxaldoqchisi 
Kalsit 
0,000310 
0,000170 
0,000284 
0,000200 
Nurash yer yuzasining o’simlik bilan qalin yoki siyrak qoplanganligiga ham 
bog’liq. Suv va o’simlik kam yoki butunlay yo’q bo’lgan joylarda fizik nurash 
kuchli bo’ladi. O’rta Osiyoda yoz faslida (Qoraqum cho’lida) qum va yalang 
toshlar harorati 70–80
0
S ga yetadi. Kechalari 5–10
0
s gacha pasayadi, natijada 
ularning hajmi birdan kamayib, jinslar yorilib ketadi. 
Nurash jarayonida o’simliklarning ham ta`siri katta. Uning ildizi jinslar 
orasiga yorib kirib, uni bo’laklarga ajratadi, darzlarni kengaytiradi. Chirigan 
ildizlardan o’tgan suv yer ichkarisida muzlab, darzlarni kengaytiradi. qoyalardan 
ajralib singan yirik jins parchalari qiyalikning quyi qismida, maydalari esa 
yuqorisida to’planadi.
Fizik nurash jarayonida qazuvchi organizmlarning ham ta`siri bor. 

Download 446,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish