MA’RUZA №6
EKZOGEN JARAYONLAR. NURASH VA RELYEF, YONBAG`IRLAR
Reja:
1. Ekzogen jarayonlar turlari va tasnifi
2. Nurash, nurаsh turlari va relyef shakllarining hosil bo‘lishi
3. Yоnbag‘ir tushunchasi, yonbag‘irdagi jarayonlar va yonbag‘ir relyefi
Tayanch so’z va iboralar:
Ekzogen jarayonlar, elyuviy, delyuviy,
kollyuviy, denudatsiya, akkumulyatsiya, nurash, fizik nurash, kimyoviy nurash,
biologik nurash, mexanik va haroratli nurash, quyoshdan qorayishi, nurash
po’stlog’i, Nurash, ximiyaviy nurash, biologik nurash, fizikaviy nurash, nurash
po`sti, nurash tezligi, yonbag`ir relyefi, denudatsiya, peneplen, delyuviy, pediplen,
tektonik yonbag`ir, vulkanik yonbag`ir, ekzogen yonbag`ir, ellyuviy, pediment,
to`planma, sochilma, ag`darilma yoki qulash
1. Nurash jarayonlari haqida etuk olimlarning fikrlarini ko’rib chiqsak
quyidagilarni anglab olamiz.
Akademik
Fersman A.E.
gipergenez deganda -
“Yerning qattiq qobig’i va
atmosfera chegarasida o’tadigan barcha fizik – kimyoviy jarayonlar kompleksini”
aytadi.
V.V.Dobrovolskiy - nurash (gipergenez) landshaft - geokimyoviy
sharoitlarda kimyoviy elementlarning yaxlit taqsimlanishi deb ko’rsatadi. Uning
fikricha, fizik, kimyoviy va biologik nurash deb ajratish noto’g’ri bo’lib, fizik,
ximik va biologik nurash jarayonining ayrim boshqa turlari deb aytishni taklif
etadi.
Shunday qilib
“gipergenez”
atamasi va “Nurash”, umuman olganda bir xil
tushunchalardir.
D .Rays
fikriga ko’ra gipergenez – yerning litosfera qatlamidagi tog’
jinslarini yer yuzasidagi tabiiy jarayonlarini o’zgarishiga ko’rsatgan javob
reaksiyasidir. (quyidagi omillar ta`sirida – atmosfera bosimi, haroratni davriy
(fasllar, kecha, kunduz) tebranishi, aylanma harakatga ta`sir etuvchi eritmalar va
gazlar, tirik organizmlar).
Gipergenez ikkita asosiy jarayonga ajratiladi:
Fizikaviy (mexanik ) nurashi bo’lib, unda qattiq yaxlit jinslarning katta
kichik parchalarga bo’linib sinishidir. Bunday jinslarda tashkil etuvchi
minerallarning kimyoviy tarkibi o’zgarmaydi.
Dilatatsiya (lot dilatatio – kengayish va cho’zilishi) harorat natijasida
kengayishi, kristallarning o’sishi, tirik organizm ta`siri tushuniladi.
Haroratning o’zgarib turishi fizik nurashning asosiy omilidir. Ayniqsa
kontinental, arktik, tropik, subtropik iqlimli mintaqalarda bu hodisa o’z ifodasini
topgandir. Agar jins yoriqlariga suv kirib muzlasa, unda fizik nurash yanada
tezlashadi. Suv muzlaganda hajmi kengayadi.
Suvning yer yoriqlarida muzlashidan uning 1 sm
2
yuzada (yer yorig’ida)
itarish kuchi 870 kg ga etadi. g’oyat katta bunday kuch qattiq jinsni ham maydalab
tashlaydi. Suvning takror muzlab erib turishi bilan bog’liq bo’lgan fizik nurash
sovuqdan nurash deb ataladi. Fizik nurash natijasida qattiq jinslar mayda–mayda
qirrali bo’lib ketadi, hatto zarrachalari 0,01 mm ga etadi. qattiq jins zarrachalarning
issiqdan kengayib ketishi va tuzlarning jins orasida to’planishi ham fizik nurashga
kiradi. Tog’ jinslari har xil minerallardan tashkil topganligi uchun issiqlikni bir xil
o’tkazmaydi. Bundan tashqari, bir xil kengaymaydi, chunki turli mineral kristallari
har tomonga har xil kengayadi.
Shunga ko’ra granit jinsi ham maydalanadi.
Ba`zi bir minerallarning issiqdan kengayish koeffitsiyenti:
Mineral nomi
Kengayish koeffitsiyenti
(% hisobida)
Kvars
Ortaklaz
Shoxaldoqchisi
Kalsit
0,000310
0,000170
0,000284
0,000200
Nurash yer yuzasining o’simlik bilan qalin yoki siyrak qoplanganligiga ham
bog’liq. Suv va o’simlik kam yoki butunlay yo’q bo’lgan joylarda fizik nurash
kuchli bo’ladi. O’rta Osiyoda yoz faslida (Qoraqum cho’lida) qum va yalang
toshlar harorati 70–80
0
S ga yetadi. Kechalari 5–10
0
s gacha pasayadi, natijada
ularning hajmi birdan kamayib, jinslar yorilib ketadi.
Nurash jarayonida o’simliklarning ham ta`siri katta. Uning ildizi jinslar
orasiga yorib kirib, uni bo’laklarga ajratadi, darzlarni kengaytiradi. Chirigan
ildizlardan o’tgan suv yer ichkarisida muzlab, darzlarni kengaytiradi. qoyalardan
ajralib singan yirik jins parchalari qiyalikning quyi qismida, maydalari esa
yuqorisida to’planadi.
Fizik nurash jarayonida qazuvchi organizmlarning ham ta`siri bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |