Ag`darilma yoki qulash hodisasi
deb tog`
jinslarining katta hajmdagi
massasi qiyalik bo`ylab ag`darilib tushishiga aytiladi. Buni sababi tog`
yonbag’iridagi jinslarning ko`p yoriqli bo`lishi, yer qimirlash yoki sun’iy
portlashlar vaqtida o`z og`irligini saqlay olmasdan qiyalik bo`ylab pastga birdaniga
ag`darilib tushadi. Masalan: Hisordagi Iskandarko`l, Pomirdagi Qorako`l,
Shinkdagi Yettiko’l shu yo`l bilan hosil bo`lgan.
To`planma
- tog` jinslarining parchalarga bo`linib, ya’ni nurab, o`z ogirligi
ta’sirida, tog` yonbag`irlarining pastki qismiga konussimon bo`lib to`planishidir.
Sochilmalar
deb yassi tog`liklarda tik bo`lib
chiqib qolgan qoyalarning
nurashidan hosil bo`lgan katta-kichik tog` jinslarining parchalariga aytiladi.