Xronometraj qatorlarining barqarorlik koeffitsienti
Ish unumining davom etish vaqti, minut
|
Bajarish usullari
|
hisobida
|
Mashinada
|
Mashina. va qo‘lda
|
Qo‘lda
|
5 gacha
|
1,2
|
1,6
|
2,0
|
6-15
|
1,2
|
1,5
|
1,8
|
16-30
|
1,1
|
1,4
|
1,6
|
30 dan yuqori
|
1,1
|
1,3
|
1,5
|
8.2-jadval
Moment kuzatuvning chiziq va nuqta ko’rinishidagi shartli belgilari
8.3-jadval
Kuzatuv varaqasining ikkinchi beti
№
|
Ishchilar familiyasi va ismi
|
Opera-tiv ish
|
Ish ko‘tish
|
Uskuna almash-tirish
|
Brakni almash-tirish
|
Gapla-
shish
|
Mexa-nikni chakirish
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
|
|
|
5
|
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat uchun savollar:
Xronometraj kuzatuvchining mohiyati?
Xronometraj kuzatuvini o‘tkazish bosqichlari?
Xronometraj ma’lumotlarini qayta ishlash tartibi qanday amalga oshiriladi?
Fotoxronometraj o‘tkazish bosqichlari?
Momentli (lahzali) kuzatishturiningishvaqtinikuzatishdagiahamiyatinimada?
Momentli kuzatish turini o‘tkazish bosqichlari?
Mehnat me’yorlarini o‘rnatishda xronometraj kuzatuvining o‘rni va ahamiyati?
Xronometraj kuzatuvini o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan jihozlar va ularni ishlatish ahamiyati?
Xronometraj kuzatuvida qo‘llaniladigan shartli belgilar ahamiyati?
Xronometraj o‘tkazish maqsadiga ko‘ra qo‘llaniladigan o‘lchash usullari mohiyati?
IX-MAVZU ISH VAQTINI FOTOGRAFIYA ASOSIDA KUZATISH
REJA:
9.1. Ish vaqti fotografiyasi mohiyati va uning turlari
9.2. Ish vaqtini fotografiya asosida kuzatish nitajalarini tahlil qilish tartibi
Tayanch so’z va iboralar: ish vaqti fotografiyasi mohiyati va uni o‘tkazish ahamiyati, ish vaqtini guruh usulida fotografiya qilish, ish vaqtini individual (yakka) tarzda fotografiya qilish, ish vaqtini fotografiya asosida kuzatish natijalarni qayta ishlash tartibi.
9.1. Ish vaqti fotografiyasi mohiyati va uning turlari
To‘liq ish kuni uning qismi davomida istesnosiz barcha ish vaqti (bevosita ishlab chiqarish va boshqa xil ishlar) sarfini kuzatish va o‘lchash yo‘li bilan ish vaqtidan foydalanishni aniqlash ish vaqti fotografiyasi deb ataladi.
Ish kunini fotografiya qilishdan ish vaqtida ishchilarning ish vaqtida va jihozlardan foydalanish darajasini, zoe ketayotgan ish vaqtlarini aniqlashda, ularni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqarishda, ish o’rniga xizmat ko‘rsatish, dam olish normativ vaqtlarni belgilashda, ilg‘orlar tajribasini qidirib topishda foydalaniladi.
Ishlab chiqarish mehnatni tashkil qilish shakli va kuzatiladigan ishchilar sonidan kelib chiqib ish vaqti fotografiyasining:
1) Individual fotografiya o‘tkazish;
2) Gruppa usulida fotografiya o‘tkazish;
3) Brigada usulida fotografiya o‘tkazish;
4) Ommaviy fotografiya;
5) O‘z-o‘zini fotografiya qilish turlari qo‘llaniladi.
Individual fotografiya o‘tkazishda bir ish o’rnidagi bitta ishchi kuzatiladi. Bunda ishchi butun smena yoki smenaning bir qismi davomida sarflangan ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan va tegishli bo‘lmagan barcha vaqt va tanaffuslar kuzatiladi.
Guruh usulida fotografiya o‘tkazishda bir guruh ishchilarning ish vaqti kuzatiladi. Bunda har qaysi ishchi o‘z ish o’rnida alohida-alohida operatsiyalarni bajaradi. Bu usulning afzalligi shundaki, normalovchi bir smena yoki smenaning bir qismi davomida bir necha ish o’rnidagi ishni kuzatadi. Ammo bu usulda olingan ma’lumotlarni individual fotografiya asosida kuzatadi. Lekin guruhli usulda olingan ma’lumotlar individual fotografiya o‘tkazish orqali olingan ma’lumotlarga qaraganda uncha aniq bo‘lmaydi.
Brigada usulida fotografiya o‘tkazishda bir brigada ishchilarning ish vaqti kuzatiladi. Bu ishchilar o‘z urinlarida turli xil (ketma-ket bajariladigan operatsiyalarni bajarayotgan) ishchilar gruppasidan iboratdir.
Ommaviy fotogorafiya o‘tkazishda brigada, uchastka, potok va sex ishchilarining smena yoki smenaning bir qismidagi ish vaqti va zoe ketgan vaqtlari kuzatiladi. Bunda normalovchi kuzatuv varaqasiga faqat ish vaqtining isrof bo‘llishini yozib boradi. So‘ngra bu ma’lumotlar analiz qilinib, isrofgarchilikni oldini olishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqiladi.
O‘z-o‘zini fotografiya qilish, bu usul shu bilan harakterlanadiki, ishchi o‘z ish o’rnida o’zini-o’zi kuzatadi, ya’ni ishchi smena davomida zoe ketgan ish vaqtlarini va unga sabab bo‘lgan sharoitlarni kuzatuv varaqasiga yozib boradi.
Individual fotografiya quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Ishchini tanlash;
Fotografiya qilishga tayyorgarlik ko’rish;
Fotografiya qilish;
Olingan ma’lumotlarni analiz qilish;
Tashkiliy-texnikaviy tadbirlar ishlab chiqarish.
1) Ishchini tanlash. Individual fotografiya uchun odatda ishlab chiqarish me’yorini bajaruvchi va bajarmaydigan ishchilar tanlab olinadi.
2) Fotografiya qilishga tayyorgarlik ko’rish quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:
a) Normalovchi fotografiya o‘tkaziladigan ish o’rni, ish sharoitlari bilan tanishadi, ish o’rniga xizmat ko‘rsatishga va uning tashkil qilinishiga alohida e’tibor beradi;
b) Ish vaqti bo‘laklarga bo‘linadi va har bir bo‘lakka shartli belgi qo‘yiladi. Shartli belgi qo’yishda operativ asosiy va yordamchi vaqtlarga bo‘linmaydi. Shuningdek, ish o’rniga xizmat ko‘rsatish va tabiiy zaruratlar uchun tanaffus qilish vaqtining har biri bo’yicha shartli belgi qo‘yiladi, ular ayrim-ayrim qayd qilinadi;
c) Kuzatuv varaqasi, sekundomer, soat va boshqa zarur narsalar tayyorlab qo‘yiladi;
d) Fotografiya o‘tkazishda oldin normalovchi fotografiya ob’yekti hisoblangan ishchiga fotografiya o‘tkazishdan ko‘zda tutilgan maqsadni tushuntiradi. Kuzatuv varaqasida korxona nomi, sex, brigada nomeri va kuzatiladigan ishchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, uning bajaradigan ishi, foydalaniladigan jihozi, ish o’rniga xizmat ko‘rsatilishi, ish o’rnining tashkil qilinishi singari ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Shuningdek, varaqaning birinchi betida kuzatuvchi kuzatiladigan sana, kuzatishning boshlanishi, tugashi va davom etishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham keltiriladi.
3. Fotografiya qilish texnikasi quyidagilardan iborat: fotografiya o‘tkaziladigan kun normalovchi sexga ish boshlanishidan 15-20 minut oldin kelib, o‘z soatini ish boshlanishi haqidagi signal beradigan soatga to’g’irlaydi. So’ng ish kuni fotografiyasining kuzatish varaqasining birinchi betiga ma’lumotlarni yozib chiqadi. Normalovchi kuzatuvchi ishchi ish boshlagan paytdan boshlaydi. Agar ishchi smena boshlanmasdan erta ish boshlasa, normalovchi ham shu paytdan boshlab fotografiyani o‘tkaza boshlaydi. Agar ishchi ish boshlanishidan kech qolsa, normalovchi uning kech qolgan vaqtini qayd qiladi. So‘ngra esa qolgan kuzatuvlarning faqat tugallangan vaqtini qayd qilib boradi, chunki bu kuzatuvning oxiri ikkinchisining boshlanishi bilan ulanib ketadi. Har bir kuzatuv shartli belgi bilan ko‘rsatiladi. Barcha ma’lumotlar joriy vaqt grafasiga yozib boriladi.
Smena tugashi bilan kuzatuv tugallanadi. Sarflangan vaqt uzluksiz kuzatiladi va butun smena davomida qayd qilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |