Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


MU= *100 (11.1) Bu yerda: T



Download 1,05 Mb.
bet34/60
Sana05.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#530999
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60
Bog'liq
MEYOR MARUZA

MU= *100 (11.1)
Bu yerda:
Top.n va Top.x – normativ va haqiqiy operativ vaqt sarfi.6

Muayyan ishlab chiqarish uchastkasida ommaviy tus olgan bir gruppa ishchilarning ishlari fotografiya qilinadi. Gruppa usulidagi fotografiya individual fotografiyasidan shu bilan farq qiladiki, bunda bir vaqtning o’zida bir necha (tajribada 5-6 kishidan yetmaydi) ishchining ishi kuzatiladi, ularning har biri o‘z ish joyida muayyan operatsiyani bajaradi. Gruppa usulidagi fotografiya ham individual fotografiya kabi besh bosqichda olib boriladi. Gruppa ishchilarning ish kunini fotografiya qilish kuzatuv varaqasining old tomoniga ya’ni birinchi betiga kuzatilayotgan ishchilarga asosiy harakteristikalar, har bir mehnat sarfiga tegishli bo‘lgan shartli belgilar individual fotografiya kabi belgilar beriladi.


Guruh usulidagi fotografiya ma’lumotlarni tahlil qilish ham individual fotografiyadagiga uxshash olib boriladi. Mehnatni brigada usulida oqilona tashkil etish uchun har bir brigada a’zolarining qay-darajada bandligini, ular o‘rtasida mehnatni qay darajada taqsimlash zarurligini aniqlash kerak. Bunda brigada usulidagi fotografiyadan foydalanish muhimdir.
Brigada usulida fotografiya o‘tkazish varaqasining birinchi betidagi ma’lumotlar ham guruhli usulda fotografiya o‘tkazish ma’lumotlari singaridir. Ammo ikkinchi beti bir oz farq qiladi. Brigada usulida fotografiya o‘tkazishning kuzatuv varaqasi 11- jadvalda keltirilgan.Ommaviy fotografiya qilishda bir ish o’rnining ish bilan bir maromda bandligi muhim ahamiyatga ega. Ish vaqtining yo‘qotilish sabablarini aniqlash va uning oldini olish uchun zarur tadbirlar belgilashda ish vaqtining ommaviy fotografiya qilish usuli qo‘l keladi. Kuzatish ish vaqtining individual fotografiya qilishdagi singari smena davomida olib boriladi. Kuzatish vaqtida yozib olishning chiziqlar bilan ko‘rsatiladigan grafik usuli qo‘llaniladi. Kuzatish varaqasi millimetrlarga bo‘lingan qog‘ozga yozilgan siferblatiga o’xshash bo‘ladi. Har bir kichik katak 1 minutga teng deb qabul qilinadi. Butun oqimli tizimning o’zi yoki agar zarur bo‘lsa ayrim uchastka, seksiya kuzatiladi. Ko‘p uchraydigan ish vaqtini yo‘qotishlar ro‘yxati tuziladi.
Ommaviy fotografiyada asosan ish vaqtining yo‘qotilishi o‘rganilganligi sababli kuzatish paytida ma’lumotlarni yozish ishi juda oddiylashtiriladi. Millimetrga bo‘lingan qog‘ozda har bir yo‘qotishning boshlanishi va tugashi nuqtalari bilan belgilanadi. So‘ngra bu ikki nuqta chiziq bilan birlashtiriladi, uning teppasiga ish vaqtini yo‘qotishning mazkur xilini kuzatuvchi belgi qo‘yiladi.
Agar yo‘qotishning bu turi smena davomida takrorlansa, bir xil belgi bilan bir necha chiziqlar paydo bo‘ladi.Ular yordamida millimetrli oqimlar soni (minut) hisoblab chiqilib har bir ishchining yo‘qotgan vaqti jamlanadi. Natijada smena davomida yo‘qotilgan vaqtlar, ishlab chiqarishni tashkil etishdagi kamchiliklar aniqlanadi. Ish vaqtini yo‘qotishni o‘rganish natijalari bo’yicha qisqa muddat ichida bajarilishi lozim bo‘lgan tadbirlar plani ishlab chiqib, bu plan ishchilarga yetkaziladi.
Ish vaqtini sarf etilishi sabablarini o‘rganishda qo‘llaniladigan bu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda ishchilar o‘z tashabbuslari yoki idora boshliqlarining topshiriqlari bo’yicha ish vaqtini uzlari fotografiya qiladilar. Bunda ular bekor ketgan vaqtlarini va ularning sabablarini aniqlaydilar. Bunday o’z-o’zini kuzatish ishini butun smena davomida yoki smenaning bir qismi davomida o‘tkazish mumkin. U oz’-o’zini fotografiya qilishni o‘tkazish uchun normalash ishlarini olib boruvchilar ishlab chiqarish novatorlari muayyan tayyorgarlik ishlar olib borishlari kerak. Birinchi navbatda jamoat tashkilotlarning yordamida o’z-o’zini fotografiya qilishdan kuzatilgan maqsadni tushuntirish kerak. Buning uchun hamma ishchilarga blank va qalam berib chiqiladi. 20-30 ishchiga injener texnik xodimlardan bitta instruktor ajratiladi.
Ishchi varaqaning old tomoniga ish vaqtining bekor sarf bo‘lishi sababini va uning qancha vaqt (min) davom etganligini, orka tomonga esa uni bartaraf qilishga doir takliflarni yozadi.
To’ldirilgan kuzatish varaqalari brigada masterlariga beriladi. Ular sex boshliqlari bilan birgalikda takliflarni muhokama qilishadi, varaqaning orqa tomonida belgilangan tadbirlarni va ularni bajarish muddatlarini yozib qo’yishadi. O’z-o’zini fotografiya qilish vaqtining zoe ketganligini qayd qilibgina qolmasdan balki mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi kamchiliklarni yo‘qotish chora-tadbirlarni ishlab chiqarish ishchilarni ham keng jalb qiladi. Ishchilarning o’z-o’zini fotografiya qilishi mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi nuqsonlarni olib tashlashga mehnat unumdorligini oshirishga xalaqit beruvchi to’siqlarni bartaraf qilishga yordam beradi.
Operatsiyaga sarf etiladigan vaqt me’yorini belgilash uchun ish vaqtini o’zini fotografiya qilish yetarli emas Operatsiyaning. tarkibini, ish usulini davom etish muddatini ham o‘rganish zarur. Buning uchun ish vaqtining sarflashning ikkinchi usuli - xronometraj usuli qo‘llaniladi.
Ish vaqtini fotografiya usulida kuzatishda zarur bo‘ladigan hamda tuldiriladigan varaqalar ilova tarzida keltiriladi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish