Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


-MAVZU KIRISH. KURSNING PREDMETI VA VAZIFASI



Download 1,05 Mb.
bet2/60
Sana05.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#530999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
MEYOR MARUZA

1-MAVZU KIRISH. KURSNING PREDMETI VA VAZIFASI
REJA :
1.1. Erkin iqtisodiy munosabatlar tizimida me’yorlashtirishning roli va vazifasi.
1.2. Fanni o’rganish predmeti va uslublari .
1.3. Kursning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Tayanch so’z va iboralar: Kursning maqsadi va vazifasi, kurs ob’ekti va predmeti, fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.

    1. Erkin iqtisodiy munosabatlar tizimida me’yorlashtirishning roli va vazifasi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar orasida erkin raqobatga asoslangan kurash ketadi, chunki xoxlagan ishni yoki xizmat turlarini bajarishni faqatgina yakka-yu yagona korxonalar tomonidan bajarilmasdan, bir necha korxonalar ham shunday bir xil faoliyatlar bilan erkin shug‘ullana boshlaydilar. Undan tashqari ishlab chiqarishni, xizmat ko‘rsatishni boshqarishda yuqoridan ko‘rsatiladigan buyruqbozliklar zamonidagi monopoliyalar yo‘qoladi.
Bozor iqtisodiyoti davrida ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar orasidagi yuzaga kelgan raqobat – xo‘jaligini yuritish mexanizmlarining yanada taqqqiy etish, rejalashtirish maqsadlariga o‘z vaqtida erishish uchun lakomativ bo‘lib hisoblanadi.
Raqobatda yengib chiqishning yagona yo‘llaridan biri ishlab chiqarilgan mahsulotning, yoki ko‘rsatilgan xizmatning tannarxini pasaytirishdir. Bunga esa faqatgina ilmiy asoslangan mehnat me’yorlarini amaliyotga o‘z o‘rnida joriy qilish natijasidagina erishiladi. Me’yorlarni ishlab chiqish, tekshirish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish usul va uslublarini o’rganish «Me’yorlashtirish asoslari» fanining asosiy vazifasidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishga intilayotgan yosh va mustaqil davlat uchun xo‘jalik yuritish va uni boshqarish mexnizmlarini samaradorligini yanada oshirish uchun shunday tadbirlarni ishlab chiqish va rejalashtirish maqsadga muvofiqki, ularni xalq xo‘jaligining qaysi bir tarmog‘iga tadbiq etganda ham iloji boricha kamroq kapital (sarmoya-mablag‘) talab qilinishi kerak. Uning ustiga o‘sha yosh va endigina mustaqillikka erishgan davlatning hayot qurishining dastlabki start maydonchasi moddiy va texnikaviy tomondan ancha quvvatsiz va zaif bo‘lganda. Bunday maqsadga muvofiq chora tadbirlarni ishlab chiqishda, ularni amaliyotga o‘z vaqtida, o‘z o‘rnida joriy etishda ham «Me’yorlashtirish asoslari» fanining salmoqli va yetakchi o‘rni bor. Sababi, talabalar bu fanni puxta o‘zlashtirishlari natijasida ish vaqti sarflarini kuzatish-fotografiya o‘tkazish usullaridan keng foydalanib, nafaqat ish kuni davomidagi ish vaqti sarflaridan foydalanish darajasini va nihoyat bekor ketgan va maqsadga muvofiq bo‘lmagan unumsiz sarflangan ish vaqti miqdorlarini ularni kelib chiqish sabablarini aniqlanadi va bu sohada katta tajriba oshiradilar. O‘z navbatida ortiqcha va maqsadga muvofiq foydalanilmagan ish vaqtlarini butunlay bartaraf qilish, hech bo‘lmaganda ularning miqdorini kamaytirish-ijrochilar tomonidan bajarilgan mutlaqo keraksiz yoki ortiqcha hujjatlardan ozod qilish yoki voz kechish evaziga erishish mumkin. Bunday chora-tadbirlar odatda hech qanday kapital sarmoya talab qilmaydi, talab qilgan taqdirda ham sezilarli miqdorda emas. Masalan ijrochini biron-bir ishni (masalan poyafzalni tayyor idishga – korobkaga solib berish) yoki xizmat ko‘rsatish, masalan, (ustara bilan mijozini sochini olish)ni iloji boricha ikki qo‘l bilan bir tekisda harakat qilib bajarishni o‘rgatish, odatda sarmoya talab etilmaydi desak ham xato bo‘lmasa kerak.
Korxonalarda (mulkchilikning qaysi shaklida bo‘lishindan qat’iy nazar) ishlab chiqarish samaradorligiga, tayyorlangan mahsulotning, ko‘rsatilgan xizmatning sifatini oshirish ko‘p hollarda ijrochilarning o‘z mehnat natijalaridan moddiy rag‘batlanganlik darajasiga bog‘liq, buga esa faqatgina har tomonlama va ilmiy asoslangan me’yorlarni joriy qilish natijasidagina erishish mumkin.. Undan tashqari me’yor va normativlar faqat ish haqi miqdorini to‘g‘ri aniqlash uchun va nihoyat, texnologik va mehnat jarayonlarini loyihalash, mehnatni, ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etish, ishlab chiqarishni rejalashtirish, hamda har bir ijrochining jamoa ishlab chiqarishiga qo‘shgan hissalarini baholash, o‘lchash uchun ham dastlabki manba bo‘lib xizmat qiladi.
Har bir ishning o‘zini bilgandan ko‘ra, o‘sha ishning ko‘zini bilgan ma’qul degan o‘zbek maqoli bor. Shunday ekan qanday kishi ishning ko‘zini biladi degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Bunga javob quyidagicha. Odatda, har bir inson bir sohada astoydil va e’tibor bilan kundalik topshirilgan ish vazifasini qoyilmaqom qilib bajarish bilan bir qatorda, o‘z malakasini uzluksiz oshirish bilan shug‘ullanish natijasida misqollab to‘plagan tajribasini, o‘zini kundalik mehnat faoliyatida ishga solish natijasida har ishni, xizmatni boshqa bir sohada ishlayotgan kishiga nisbatan tez, yyengil va sifatli bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishni samaradorligini, tayyorlangan mahsulotning yoki ko‘rsatilgan xizmatning sifatini oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri ilg‘or ish uslublarini ishlab chiqarishga joriy qilishdir.
O‘z navbatida, ilg‘or ish uslublarini aniqlash, o‘rganish va amaliyotga uzluksiz tadbiq etish yo‘llari, tartiblari va bosqichlari, «Me’yorlashtirish asoslari» fani orqali keng miqyosda, batafsil yoritiladi va o‘rganiladi. Undan tashqari, ish vaqti sarfini kuzatish uslublaridan biri hisoblangan xronometraj asosiy maqsadi ham ilg‘or ish uslublarini aniqlash, umumlashtirish, loyihalashtirish va ishlab chiqarishga joriy etishdir. Shuning uchun ish vaqtidan foydalanishni kuzatish uslublariga alohida etibor berilishi kerakdir.Ushbu masalalarning hammasi mehnatni me’yorlash bo‘limida ko‘rib chiqiladi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish