3. Kursning boshqa fanlar bilan aloqasi.
“Meyorlashtirish asoslari” fani o’z mazmuni mohiyatiga ko’ra juda ko’p qirrali va u ishlab chiqarish jamoasi hayotining ko’pgina sohalarini qamrab oladi. Mazkur fanning predmeti, ob’yekti, maqsadi, funksiyalari, o’rganish usullari va moddiy boyliklarni yaratishga xo’jalik rahbarligi jarayoni yuzaga keladigan vazifalar tarkibi bilan belgilanadi va kursning dasturida to’la aks ettirilgan.
Bu fan bir qator fanlar bilan o’zaro aloqada bo’lib, ularning yutuqlaridan keng foydalanadi. Jumladan, iqtisodiy nazariya, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot, huquqshunoslik, sanoat iqtisodiyoti, statistika, buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyatini tashkil etish, texnologiya fanlari bu kursni o’rganishda yordamga keladilar.
“Meyorlashtirish asoslari” fani eng avvalo iqtisodiy nazariya va sanoat iqtisodiyoti fanlari rivojlanishi natijasida shakllangan. Uning yetuklik darajasi umumiy va xususiy iqtisodiy nazariyaning naqadar rivojlanganligiga bog’liq.
Bu fan texnika fanlari bilan ham bog’liqdir. Ishlab chiqarishni tashkil etish fani texnika va texnologiyani bevosita o’rganmasa-da, uning iqtisodiyotga ta’sirini chetlab o’tolmaydi, aksincha, texnologik jarayonlarni xom-ashyo, materiallar, energiyadan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish davrini qisqartirish, ishlatish jarayonini uzluksiz ishlab chiqarish oqimida tashkil etish, mahsulot sifatini oshirishga erishish orqali muxandislik-iqtisodiyoti nuqtai nazardan ko’rib chiqadi.
Mexanika shakliga tegishli fanlar mashina va agregatlarni konstruksiyalash va texnikaviy ekspluatasiya qilish masalalarini o’rganadi. Ishlab chiqarishni tashkil etish fani mehnat qurollarini texnologik va mehnat jarayonlari bilan o’zaro bog’liqlikda ko’rib chiqadi, mashina va apparatlarni joy-joyiga to’g’ri qo’yish va ulardan oqilona foydalanish, jihozlar birligidan mahsulot olishni ko’paytirish, sozlash tizimini yaxshi tashkil etishni ta’minlaydi.
“Meyorlashtirish asoslari” fani iqtisodiy kibernetika va informatika fani bilan bevosita bog’liqdir. Chunki bu fanlar axborot ta’minotini, ishlab chiqarishni modellar yordamida ifodalash va tasvirlash masalalarini, sistemaning tashqi muhit bilan aloqasini , axborot oqimlarining paydo bo’lish qonuniyatlarini aniqlab berish orqali tashkiliy muammolarni samarali yechishga xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida, fan va texnika rivojining kuchayishi hamda bu omilning alohida ahamiyat kasb etishi natijasida ijtimoiy-psixologik masalaga talab o’smoqda. Shu sababli korxonalarda ishlab chiqarish jamoasini vujudga keltirishda va ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etishda psixologiya, pedogogika, sotsiologiya va huquqshunoslik fanlaridan unumli foydalanish lozim. Shunday qilib bu fan juda ko’p ilmiy fanlar bilan uzviy aloqadordir. Lekin ular bilan tutashib ketmaydi va mustaqil soha masalalarini o’rganadi. Ayni vaqtda korxona ishini tashkil etishning samarali shakllarini va usullarini ishlab chiqadi, ishlab chiqarish jarayonlarining batartibligini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni muntazam bajarishga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |