2.3. Me’yor va normativlarga qo’yiladigan talablar .
Me’yor va normagivlar o’lchov va chegaralash funktsiyasi bilan bir qatorda hisob, nazorat va tartibga solish funktsnyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish va tartibga solish, sarflarni erishilgan natijalar bilan solishtirish, faoliyat boshida va natijalar bo’yicha majburiyatlarni chegaralash, erishilgan natijalarni ob’ektiv baholash asosi bo’lib hisoblanadi. Me’yor va normativlarga quyidagi talablarq o’yiladi:
ilg’orlik, ya’ni normativ ko’rsatkichlarni ishlab chiqishda yangi texnikani joriyetish, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etishni takomillashtirish tadbirlarini e’tiborga olish zarur.
asoslanganlik, ya’ni aniq ishlab chiqarish sharoitida qo’llash uchun real bo’lishi zarur
komplekslilik, ya’ni korxonada barcha turdagi rejaviy hisoblarni amalga oshirish asosi bo’lishi.
normativ ma’lumotlarni saqlash, ya ngilash va aniqlashning yagona tamoyillariga asoslangan bo’lishi.
Korxonada barcha me’yorlarni qanday joriy etilayotganligini nazorat qilib boriladi. Mer’yorlashtirish bilan bog’liq ishlar korxona ishlab chiqarish quvvatiga, ishlab chiqarish tarkibiga va ishlab chiqarish harakteriga bog‘liq vazifalarga asosan olib boriladi. Sexlarning ishlab chiqarish bo‘limlarida mehnatni me’yorlash ning operativ ishlari sex normalovchilari tomonidan bajariladi. Uchastka, sex va boshqa ishlab chiqarish bo‘limlarida resurslar va mehnatni me’yorlash holatini tekshirish, ularni tahlil qilish va natijalarni solishtirish ishlari olib boriladi. Korxonadagi barcha mehnatni me’yorlash ishlarini operativ normalashga bog‘liq ishlarga va normativ tekshirish ishlarga bo‘lish mumkin.
Normativ tekshirish korxonani istiqbolli rivojlanishiga bog‘liq ko‘pgina savollarning yechimini o‘z ichiga oladi. Ular tarkibiga quyidagi savollarni kiritish mumkin:
1. Resurslarni normalash qobig‘ini kengaytirish. Hozirgi vaqtda asosan asosiy ishbay ishchi mehnati normalashtirilmoqda.Bu toifa ishchilarni mehnat me’yorini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga qo‘llash, har bir ishchining «har birining qobiliyatiga qarab ,har birini mehnatiga qarab » prinsipi asosida ishlab chiqarishga qo‘shgan mehnatini ob’yektiv bahosiga bog‘liq holda olib boriladi;
2. Resurslar me’yorlarni ishlab chiqarishni tashkiliy texnik darajasini o‘zaro birligini ta’minlash. Ishlab chiqarishni mukammallashtirish va uni yuqori ishlab chiqaruvchi texnika bilan ta’minlashni aktiv jarayoni , mehnat operatsiyalarini harakteri va tarkibiga hamda ularni bajarishga ketadigan vaqtni tekshirishga yaratilgan ishlab chiqarish sharoiti ta’sirini doimo o‘rganib borishga majbur etadi. Bu ishni bajarish mehnat sig‘imini kamaytirish zahiralarini topishga, ratsional texnologik jarayonlarni loyihalashga mukammal texnikani, texnologiyani, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishni e’tiborga olgan holda asoslangan mehnat me’yorlarini ishlab chiqishga imkon yaratadi;
3. Ilg‘or mehnat shakllarini, ilg‘or ishchilar ishining eng yaxshi usul va uslublarini o‘rganish va aloqada bo‘lish. Ilg‘or tajribani keng qo‘llas h ishchilarni ratsional mehnat usullarni qo‘lga kiritishga sharoit yaratib berish, ko‘pchilik ishchilarni ishlab chiqarish imkoniyatini oshirishga va shu bilan birga yanada asoslangan mehnat me’yorlarini ishlab chiqarishga qo‘llash imkoniyatini yaratadi;
4. Eskirgan va texnik asoslanmagan tajriba-statistik me’yorlarni almashishiga kerakli sharoit yaratuvchi tashkiliy texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
5. Mehnat unumdorligi va ish haqini o‘sish tempini o‘rganish mehnat unumdorligini ilg‘orlashuvini ta’minlovchi ko‘rsatmalarini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |