3.2. Me’yorlashtirishning analitik uslubi
Me’yor belgilashning eng ilg‘or va asosiy uslublardan hisoblangan analitik uslub hozirda keng qo‘llanilmoqda. Bu uslubda me’yor belgilash uchun operatsiya tarkibiy qismlarga ajratiladi, operatsiyani bajarish uchun amalga oshiriladigan asosiy va yordamchi ish usullari va bu ish usullarini bajarish uchun qilinadigan har bir xarakat va ayrim xarakatlar uchun ketadigan ish vaqti hamda ish o‘rniga xizmat ko‘rsatish va ishchi qobiliyatini saqlab turilishi uchun dam olish va hokazolar vaqti ham hisobga olinadi. U quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
1. Normalashtirilayotgan operatsiya o‘rganiladi.
2. Operatsiyani chuqur o‘rganish ,tahlil qilish uchun tashkil qiluvchi elementlar (usullar) va xarakatlar aniqlanadi.
3.Har bir element va harakatni bajarish vaqti ta’sir qiluvchi omil aniqlanadi va analiz qilinadi.
4. Ilg‘or mehnat usullari va uslublari o‘rganilib va ular asosida operatsiyaning tarkibi, elementlarni bajarish ketma-ketligi analiz qilinadi va loyihalashtiriladi.
5. Ish operatsiyasining ayrim elementlarini ma’lum ish vaqti ichida birining o‘rniga boshqasini bajarish (qo‘l ishlarini mashinada yoki qisman mashinada va qisman qo‘lda bajarish) imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan operatsiyaning har bir elementlari uchun va butun operatsiy uchun vaqt me’yori belgilanadi.
6. Qabul qilingan ish operatsiyalari elementlarini belgilangan izchilikda bajarishni, jihozlarning ishlash rejimi va ish o‘rniga xizmat ko‘rsatish tartibini joriy qilishni, ish sharoitini yaxshilash, sog‘lomlashtirishni ta’minlovchi tashkiliy-texnikaviy tadbirlar ishlab chiqiladi.
7. Ishchilarni yangi ish sharoitlarini va tezkorlik mahoratlarini egallashlari uchun ishlab chiqarish instruksiyasi o‘tkaziladi. Analitik normalashning ikki uslubi qo‘llaniladi:
1) Anatilik-hisoblash uslubi;
2) Analitik-tadqiqot uslubi.
Bu ikkala uslub ham mazkur operatsiyani bajarish uchun ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rganishni hamda uni tarkibiyqismlarga ajratishni taqozo qiladi.Bu esa operatsiyani va uning ayrim elementlarini nihoyatda sifatli analiz qilish imkonini beradi. Bundan tashqari jihozlardan, asbob-uskunalardan, moslamalardan optimal foydalanish, mehnat jarayonlariga oqilona tashkil qilishi hisobga olingan holda operatsiyadagi har bir element (usul, xarakat va ayrim xarakat) ish vaqti sarfi belgilanadi.
Resurslarni me’yorlashtirishning analitik-hisoblash uslubi – normalashtiriladigan operatsiyani dastlabki tarkibiy elementlarga bo‘lishdan, operatsiyaning ratsional strukturasini aniqlashdan hamda oldindan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar bo‘yicha vaqt va mahsulot ishlab chiqarish me’yorini hisoblab chiqishdan iboratdir. Analitik-hisoblash uslubning avzal tomoni shundaki, u normativlar va ishlab chiqilgan texnikaviy prosess mavjud bo‘lgan sharoitda oldindan asoslangan me’yorlarni hisoblab chiqish imkonini beradi, mehnatga belgilanadigan me’yorlarning bir xilda bo‘lishini, operatsiyani elementlarga bo‘lish, ajratishga bir xilda yondashishni ta’minlaydi, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil qilishning, ishlab chiqarish texnologiyasining va ish joyini texnika bilan qurollantirishning progressivligini talab qiladi, normalashning yagona metodikasini qo‘llash imkonini beradi.Me’yor belgilash uchun ish joyida normalashtiruvchi bevosita bo‘lishini talab qilmaydi. Me’yorlashtirishda qilinadigan sermehnat ishlar ancha qisqaradi, chunki bunda bevosita kuzatish yo‘li bilan ish vaqti sarfini o‘rganib chiqishga hojat qolmaydi, normalovchi ma’lumotlar yordamida me’yor belgilashi mumkin bo‘ladi.
Bu uslubning nuqsonlari quyidagilardan iborat:
1) normalashtiriladigan operatsiyalarning hamma elementlari uchun normativlar yo‘q.
2) normativlardan esa ko‘zda tutilgan tashkiliy-texnikaviy sharoitlar amaldagi tashkiliy-texnikaviy sharoitlardan prinsipial ravishda farq qilishi mumkin.
Bunday hollarda har xil tuzatish koeffitsientlarini qo‘llashga, normativlarni tegishli hisob-kitoblar bilan to‘ldirishga to‘g‘ri keladi, bu esa me’yorlarning asoslangan va progressiv bo‘lishiga halaqit beradi. Shuning uchun analitik hisoblash uslubi bilan bir qatorda analitik tadqiqot uslubi keng qo‘llaniladi.
Analitik tadqiqot (eksperimental) uslubi operatsiyaga va uning har bir elementiga vaqt sarf qilinishi ish joyida o‘tkazilgan tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Bu uslub:
1) asoslangan me’yorlarni belgilash uchun keng va aniq material olish;
2) mehnatni ilg‘or uslub va usullarini o‘rganish va umumlashtirish, shunigdek amaldagi vaqt normativlarini ishlab chiqish hamda uyg’unlantirish, asoslangan me’yorlarni belgilash;
3) mazkur korxona mehnatning qanday tashkil qilinganligini, texnikaviy va texnologik holatni maksimal darajada hisobga olish;
4) ilg‘or tajribadan foydalanish va ishlab chiqarishni ilmiy tashkil qilish imkonini beradi.1
Korxonalardagi ishlab chiqarish sharoitlari turlicha bo‘lganligi sababli asoslangan me’yor belgilash uchun analitik uslubning har ikki turini qo‘llash kerak, shundagicha ular bir birini to‘ldiradi. Bundan tashqari tajribada har xil aralash variantlardan ham foydalanish mumkin. Masalan, operatsiyaning ba’zi elementlari bo‘yicha mana shu elementlarga vaqt sarfi analitik-tadqiqot uslubi bilan, boshqalari analitik-hisoblash uslubi bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |