Sodda akrobatik mashqlar
Reja:
Akrobatik atamalar
Oldinga o‘mbaloq oshish va dumalashlar
O‘rgatihning ketma-ketligi
Akrobatika mashqlari
Ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilaming jismoniy
tarbiya majmua dasturlarida, nisbatan murakkab bo‘lmagan
akrobatik mashqlami o‘zlashtirishga katta e’tibor beriladi. Mashqlar
tartibi katta emas, ammo o‘zining dinamikasi va mhiyatiga ko‘ra
ta’lim muassasalarining gimnastika mashg‘ulotlarida juda keng
qo‘llaniladi va o‘quvchilaming jismoniy tayyorgarligini oshiravchi
samarador vosita hisoblanadi. Bu mashqlami bajarish bilan bir
qatorda, o‘quvchi-talabalarda jasurlik, vaqt va fazoda o‘z gavdasini
boshqara olish sifatlari tarbiyalanadi hamda vestibulyar apparat
funksiyalari takomillashib boradi.
Akrobatik mashqlar, tezkor-kuch, egiluvchanlik, epchillik,
sakrovchanlik kabi sifatlarini rivojlantiravchi jismoniy vositalar
sifatida katta ahamiyatga ega. Akrobatika mashqlarini o‘tkazish
uchun turli asboblardan foydalanish shart emas, chunki hamma
muassasalarda gimnastika mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun
imkoniyatlar mavjud. Bu mashqlami bajarishda frontal, guruhlar
va o‘yinlami qo‘llab o‘quvchi-talabalami jalb etish, dars zichligini
oshirishga yordam beradi.
Murakkab bo‘lmagan va yaxshi o‘zlashtirilgan muvozanatni
saqlash, turish, “ko‘prik”lami darsning tayyorlov qismida
muvaffaqiyatli bajarish hamda turli harakatli o‘yinlarga,
estafetalarga va to‘siqlami oshib o‘tish mashqlarini kiritish mumkin.
Bu yerda majmua dasturining bazaviy tarkibini tuzuvchi akrobatik
mashqlar ko‘rib chiqiladi. Bulami o‘zlashtirib olish, o‘quvchilarga
jismoniy tarbiya bo‘yicha umumdavlat ta’lim me’yorlarini bajarish
uchim yordam beradi. Har bir mashqning bajarish texnikasi rasm
va kinogrammalar namoyishi bilan, o‘rgatish ketma-ketligi, xos
bo‘lgan xatolar, straxovka va yordamlar mazmuni alohida ko‘rsatib
o‘tilgan.Biroz murakkab mashqlami o‘zlashtirish uchun o‘rgatish
dasturlari tavsiya qilinadi. O‘quvchi-talabalar uchun dumalash, umbaloq oshish,
to‘ntarilishlar va muvozanat mashqlari yangilik hisoblanadi,
keyinchalik shu mashqlar katta o‘zgarishlarsiz o‘quvchi-talabalar
bilan birga bosqichma-bosqich o‘tib borsa tabiiyki qiziqish ham
so‘nib boradi. Bunday bo‘lishi mumkin emas, chunki o‘qituvchitalaba
bu mashqlarga bo‘lgan qiziqishni qaytadan tug‘ilishiga,
uni davomiyligini ushlab qolishga va albatta rivojlantirishga
harakat qilishi lozim. Buning uchun, variantlar xilma-xilligini
taniqli o‘quvchi-talabalar bilan mashqlami bajarish, ulami
murakkablashtirish, ko‘rinishni o‘zlashtirish va boshqa elementlar
bilan birlashtirish hamda o‘yin va estafetalardan foydalanish zamr.
Do'stlaringiz bilan baham: |