Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni



Download 1,05 Mb.
bet28/60
Sana05.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#530999
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60
Bog'liq
MEYOR MARUZA

Nazorat uchun savollar:

  1. Ish vaqtini kuzatishdan maqsad nima hamda ishlab chiqarish korxonalarida ish vaqtini kuzatishning qanday turlaridan ko‘proq foydalaniladi?

  2. Kuzatish bosqichlarida qaysi bosqich ko‘proq e’tiborni jalb qiladi?

  3. Kuzatish asboblariga qanday asboblaro kiradi?

  4. Xronometraj mohiyati?

  5. Ish vaqti fotografiyasi mohiyati?

  6. Qayd qilish bosqichi qanday tartibda olib boriladi?

  7. Uzluksiz qayd qilish mohiyati?

  8. Tanlama qayd qilish mohiyati?

  9. Kuzatish natijalari qanday xujjatlarga rasmiylashtiriladi?

  10. Ish vaqtidan oqilona foydalanishning mehnat unumdorligini oshirishdagi o‘rni, ahamiyati?



8 MAVZU MEYORLASHTIRISHDA XRONOMETRAJ KUZATUVINING ROLI VA AHAMIYATI
REJA:
8.1. Xronometraj, uning mohiyati va maqsadi
8.2. Xronometraj o’tkazish va ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi
8.3. Fotoxronometraj va momentli kuzatish uslubi


Tayanch so’z va iboralar: xronometraj mohiyati, xronometraj o‘tkazish bosqichlari, mohiyati, xronometraj ma’lumotlarini qayta ishlash tartibi, fotoxronometraj mohiyati va ahamiyati, momentli (lahzali) kuzatish mohiyati va ahamiyati, kuzatish asboblari.


8.1. Xronometraj, uning mohiyati va maqsadi

Xronometraj deganda operativ ishlarning ayrim elementlari, usullari va harakatlarini bajarishga ketadigan ish vaqti sarfini kuzatish va o‘lchash yo‘li bilan operatsiyalarni o‘rganish orqali mehnatni ma’yorlash usuli tushuniladi.


Agar ish vaqtini fotografiya qilishda ishchining nima bilan bandligi uni qanday bajariyotgani va qachon dam olishi aniqlansa xronometraj usulida har bir operatsiyaning bajarilishi usullari, ularga sarflanadigan vaqt va uning ketma-ketligi o‘rganiladi.
Agar ish vaqtini fotografiya qilishda sarflangan barcha vaqt beistisno o‘rganilsa, xronometrajda faqat operativ vaqt, ya’ni asosiy va yordamchi ishlarga sarf etiladigan vaqt o‘rganiladi.
Xronometraj quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
1) Operativ ishni bajarishga texnikaviy asoslangan me’yor belgilash;
2) Operativ ishni bajarishdagi asosiy va yordamchi ish elementlari ularning har birini davom etishi normativ vaqtini va ularni bajarishga ta’sir etuvchi omillarni belgilash, ularning ratsional strukturasini aniqlash.
3) Operativ ishni bajarishdagi ilg‘or uslub va usullarni o‘rganish, umumlashtirish, ularni yangi texnikaviy normalar belgilashda joriy qilish.
4) Tahliliy hisoblash usuli bilan operativ ishni bajarishga belgilangan Vaqt me’yorini, uni bajarishda qo‘llanilgan asosiy va yordamchi ish usullarini tekshirish, aniqlik kiritish va yangilarini belgilash.
5) Ayrim ishchilarning normani bajarmasligini, past unumli ishchilar ishidagi qoloqlik sabablarini aniqlash va ularning ish usullarini ilg‘orlarning ish usullari bilan solishtirish.
6) Belgilangan va joriy qilinayotgan yangi me’yorlarni nazorat qilish.
Operativ ishni bajarishga vaqt me’yori belgilashning asosiy ob’yekti texnologik jixatdan bo‘linmaydigan operatsiyadir. Ana shu operatsiyalarga texnikaviy normalar xronometraj yordamida belgilanadi.
Xronometraj o‘tkazish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1. Xronometraj o‘tkazish uchun ishchini tanlash.
2. Xronometraj o‘tkazish.
3. Xronometraj o‘tkazishda olingan ma’lumotlarni tahlil qilish.
4. Operatsiya elementlarining ratsional strukturasini loyihalashtirish.
5. Operatsiyaning texnikaviy me’yorini va ishlab chiqarishning texnikaviy me’yorini hisoblash.
6. Yangi texnikaviy asoslangan vaqt me’yorini joriy qilish va uzlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish.
Xronometraj o‘tkazish uchun ishchini tanlash. Ishchini tanlash xronometrajning maqsadiga bog‘liq. Agar operatsiya normalash yoki normativlar ishlab chiqish maqsadida o‘tkazilsa mehnat unumdorligi barqaror ya’ni ishlab chiqarish ilg‘orlarining barqaror o‘rtacha ish natijalari darajasida bo‘lgan ishchilar talanadi. Agar xronometraj mehnatining ilg‘or uslub va usullarini o‘rganish, umumlashtirish va joriy qilish maqsadida o‘tkazilayotgan bo‘lsa ishlab chiqarish ilg‘orlari tanlanadi. Agar xronometraj vaqt me’yorining bajarilishini nazorat qilish maqsadida o‘tkazilsa belgilangan me’yorlarni bajara olayotgan yoki uni bajarishda qiynalayotgan ishchilar tanlanadi.
Xronometraj o‘tkazishda tayyorgarlik ko’rish. Bu bosqichda quyidagi ishlar bajariladi:
1. Xronometraj o‘tkazilayotgan yoki tanlab olingan operatsiyaga, uni bajaradigan ishchiga va qo‘llaniladigan jihoz, asbob, moslamalarga muvofiq to‘liq tarif beriladi.
Bu tarif kuzatuvchi varaqasining birinchi betida keltiriladi. Shuningdek varaqaning shu betida ish o’rnini tashkil qilish va unga xizmat ko‘rsatish usullari, ish o’rnini tanlash, ish uchun kerakli bo‘lgan hamma narsalar bilan ta’minlanganligi, namunaviy loyiha va injenerlik jixatdan ta’minlash talablarga javob berishi ham o‘z aksini topadi.
Shu bilan birga ishning tashkil qilinishi va unga xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklar aniqlanadi.
2. Xronometraj o‘tkaziladigan operatsiyaning tarkibi, uni tashkil qiluvchi asosiy va yordamchi elementlar aniqlanadi. Operatsiyani bajarishdagi izchillik maqsadga muvofiqligi hisobga olinadi.
Element deganda ishchining operatsiyaning bir qismini bajarishga qaratilgan tugallangan ishi tushuniladi.
3. Har bir elementning boshlanish va tamom bo‘lish nuqtalari belgilanadi. Bundan maqsad operatsiyaning har bir elementining qancha vaqt davom etishini to‘g‘ri aniqlash keraksiz ortiqcha harakatlarni barataraf qilishdir. Buning uchun operatsiyaning ketma-ket bajariladigan ish usullari orasidagi chegaralarni belgilash zarur.
Ular ish usulini yoki harakatning boshlanishi va tamom bo‘lishidagi oraliqni aniq belgilash uchun xizmat qiladigan paytlarni qayd qilish nuqtalaridir.
4. Xronometraj o‘tkazish maqsadiga ko‘ra o‘lchash usullari tanlab olinadi. Amalda uch xil o‘lchash usuli qo‘llaniladi: a) uzluksiz usul (joriy vaqt); b) tanlab o‘tkaziladigan usul (ayrim hisoblashlar yo‘li bilan) siklli o‘lchash usuli.
Ishchi va mexanizmning barcha harakatlari ketma-ket o’lchanib, ayni vaqtda har bir usulning oxiridagi ko‘rsatkichlar yozib boriladigan usul uzluksiz usul deb yuritiladi.
Agar ishchining yoki mexanizmning ayrim ish usullarini o‘rganish zarurati tug’ilsa, tanlab o‘tkaziladigan usul qo‘llaniladi. Bu usulda faqatgina o‘rganiladigan ish usulining boshlanishi va tugallanishi qayd qilinadi.
Agar operatsiya tarkibi juda qisqa vaqt davom etadigan va o‘lchash qiyin bo‘lgan ayrim elementlardan iborat bo‘lsa, siklli o‘lchash usuli qo‘llaniladi. Bu usulda har bir element mustaqil o’lchanmaganligi tufayli elementlar guruhlarga birlashtiriladi va har bir guruh elementlarining boshlanish va tugallanish nuqtalari qayd qilinadi. Har bir elementga sarflangan vaqtni aniqlash uchun ayrim guruh elementlarga sarflangan vaqt (masalan, a, b, s, d guruh larga sarflangan vaqtning jami aniqlanadi. So‘ngra har bir elementga sarflangan vaqt formulalar orqali aniqlanadi:

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish