Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Xodimning ish vaqti sarflari turlarining mazmunlari va o‘zlariga xos xususiyatlari



Download 1,05 Mb.
bet24/60
Sana05.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#530999
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
Bog'liq
MEYOR MARUZA

6.2. Xodimning ish vaqti sarflari turlarining mazmunlari va o‘zlariga xos xususiyatlari
Tayanch so’z va iboralar: ish vaqti tushunchasi, ish vaqti sarfining turkumlanishi, normalashtiriladigan va normalashtirilmaydigan ish vaqti, operativ vaqt, ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti, tayyorlovchi-yakunlovchi vaqt, dam olish vaqti, tashkiliy-texnik tanaffuslar vaqti.


6.1. Ish vaqti to‘g‘risida tushuncha va ish uning turkumlanishi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 114- “Ish vaqti tushunchasi moddasida”, “Xodim ish tartibi yoki grafigiga yohud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarish lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi” deb yozilgan. Undan tashqari shu yuqorida ko‘rsatilgan. Mehnat kodeksining115 -” Ish vaqtini normal muddati moddasida “Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas” deb ham ko‘rsatilgan. Shu moddada “Olti kunlik ish haftasida har kunlik ishning muddati etti soatdan ortib ketmasligi lozim” deb ham ko‘rsatilgan. Shunday ekan, ish vaqti deganimizda O‘zbekiston Respublikasi davlat tomonidan qonun bilan belgilangan ma’lum vaqt birligi tushuniladi. Bu vaqtda korxona va tashkilotlarda xodimlar o‘zlari uchun belgilangan ish va vazifalarni bajaradilar. Korxonalarda muayyan bir buyumni ishlab chiqarish uchun me’yorini belgilash kerak, buning uchun uni bajarishga qancha ish vaqti talab qilishini o‘rganish va aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Ish joylarida ish vaqti ko‘p yo‘nalishlarda sarf qilinadi. Bu sarflarning ba’zilari foydali, ba’zilari esa befoyda bo‘ladi. Foydali sarflar juda murakkab strukturaga ega bo‘lib, bular ishlab chiqarishda mehnatning samaradorligiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ish vaqtining bekor ketishiga ham turli sabablar bo‘ladi, ularni bartaraf qilishga alohida yondoshish kerak bo‘ladi. Korxonalarda jami ish vaqti fondi to‘g‘ri foydalanishni tashkil qilish muxandis-texnik xodimlar va xizmatchilarning eng muhim vazifalaridan biridir.
Korxonadagi jami ish vaqti fondi deganda, bitta ishchining soat hisobida muayyan vaqt (smena, dekada, oy, yil) ichida foydali ish vaqti fondini ayni mana shu ishlab chiqarishda ishlayotgan hamma xodimlarning soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlash tushunaladi.
Jami ish vaqti fondini aniqlash uchun barcha ish vaqti, ya’ni ish kuni (ovqatlanishga ketadigan tanaffus vaqtini chegirib tashlab) ishlab chiqarish topshirig‘ida nazarda tutilgan ish bajarilayotgan vaqtga hamda ishchi u yoki bu sabablarga ko‘ra ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish bilan band bo‘lmagan tanaffus vaqtlariga bo‘linadi.
Ishlab chiqarishda buni kuzatayotgan xodimning ish vaqtini hamda jihozlarni ishlab turishini o‘rganish kerak. Bir muddat ichidagi ish vaqti sarfi ijrochining ish bilan band bo‘lgan vaqti bilan jihozning bekor turib qolgan vaqtini yoki buning aksini o‘z ichiga olganligi uchun vaqt sarfini ham ishchiga nisbatan, ham jihozga nisbatan klassifikatsiyalarga bo‘lib, alohida qarab chiqishi kerak. Buni quyidagi sxemalarda ham ko‘rib chiqish mumkin.
Xodimning ish vaqti (1-chizmada) hamda jihozlardan foydalanish vaqti (2-chizmada) bir-biri bilan chambarchas bog‘langandir. Shuning uchun bu ikkala klassifikatsiya uchun umumiy bo‘lgan terminalogiyani, ya’ni vaqt sarfi degan terminni ishlatish mumkin.
Xodimning ish vaqti quyidagi ikki guruhga: ish vaqtiga va tanaffus vaqtiga bo‘linadi. Ish vaqti o‘z navbatida ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish uchun sarflanadigan vaqtga va ishlab chiqarish topshirig‘ini ko‘zda tutilmagan ishlarni bajarish uchun sarflanadigan ish vaqtiga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish vaqti mazkur buyumni tayyorlash uchun texnologik jarayonda ko‘zda tutilgan operatsiyalarni va ishlarni bajarish vaqti bilan bog‘liqdir. Bu xildagi vaqt me’yor belgilanishi lozim bo‘lgan vaqt bo‘lib, u vaqt me’yori tarkibiga kiritiladi. Ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish uchun kerakli vaqt unumli ish vaqtiga kiradi.
Ishlab chiqarish topshirig‘ida ko‘zda tutilmagan ish vaqti tasodifiy ish vaqtiga va unumsiz ish vaqtiga bo‘linadi.
Tasodifiy ish vaqtiga mazkur ijrochi uchun ishlab chiqarish topshirig‘ida ko‘zda tutilmagan, ammo ishlab jarayonida shuni qilish zarur bo‘lib qolgan ishlar kiradi.
Unumsiz ishga texnologik jarayonda ko‘zda tutilmagan, uning bajarilishi mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishga yoki uning sifatini yaxshilashga xech qanday yordam bermaydigan operatsiyalar kiradi. Masalan, turli zagatovkalarda ishlov berishda ortiqcha pripusklarni olib tashlash, bundan oldingi operatsiyalarda yo‘l qo‘yilgan yoki mazkur ishchining aybi bilan sodir bo‘lgan braklarni tuzatish noto‘g‘ri yig‘ilgan uzelni ajratish va qaytadan yig‘ish, ishchining zagatovkani, asbobli, moslamalarni olishga ketishi, masterni qidirib yurishi va x.k. ana shunday unumsiz ishlar jumlasiga kiradi. Ishlab chiqarish topshirig‘i bilan nazarda tutilmagan ishlarga sarflanadgan vaqt normallashtirilmaydigan ish bo‘lib, unga me’yor belgilanmaydi va normaga kiritilmaydi.
Tanaffus vaqti – bu jihozlarning turli sabablar bilan ishlamasdan bo‘sh turib qolishidir. Uni normallashtirilgan tanaffuslarga va normmallashtirilmagan tanaffuslarga bo‘linadi.
Normallashtirilgan tanaffus vaqti – bu jihozni ishga tushirish bilan bog‘liq bo‘lgan tanaffus, asbob-uskunani tayyorlashi, amaldagi texnologiya va ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, bilan, ishchining dam olishi va shaxsiy ehtiyojlari tufayli jihozlarni to‘xtab qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan tanaffuslardir.
Normallashtirilgan tanaffus vaqti bu tashkiliy-texnikaviy sabablar tufayli yoki xodimning ishlab chiqarish intizomini buzishi tufayli jihozlarning ishlamay bo‘sh turib qolgan vaqtini o‘z ichiga oladi. Tashkiliy-texnikaviy sabablarga jihozlarni amalda texnologiya yoki ishlab chiqarishni tashkil qilish qoidalarida shartlab qo‘yilmagan butun bo‘sh turib qolgan vaqti kiradi.
Xodimning ishlab chiqarish intizomini buzganligi tufayli jihozlar ichida tanaffuslar sodir bo‘lib qolishiga ishga kechikib kelish, smena orxirida ishdan barvaqt ketish, tushlik vaqtiga oldinroq ketib, kechikib kelish, smenada ish ketayotgan paytda ustaning yoki brigadirning ruxsatisiz ish joyidan uzoqlashish, normada ko‘rsatilgandan ortiq dam olib o‘tirish va h.k. kiradi.
Xodimning yoki jihozning ish vaqti sarfini biz ko‘rib chiqqan klasifikatsiya doirasida normallashtiriladigan va normallashtirimaydigan sarflarga bo‘lish mumkin.
Normallashtiriladigan ish vaqti sarfiga me’yor bilan belgilangan doirada topshirilgan ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt kiradi. Bunga: tayyorgarlik-yakunlovchi vaqt, operativ vaqt ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti, dam olish va shaxsiy ehtiyojlarga sarflanadigan vaqt, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil qilish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tanaffus vaqtlari kiradi.
Normallashtirilmaydigan vaqt sarfiga ijrochining jihozning unumsiz, bo‘sh turib zoye ketgan vaqtlari kiradi, demak, bunday sarflar vaqt me’yori tarkibiga kiritilmasligi turgan gap.
Xodimning ish vaqti bilan jihozlardan foydalanish vaqtini normallashtiriladi va normallashtirimaydigan ish vaqtiga bo‘lishdan maqsad ularni qanchalik unumli ishlagan vaqti bilan bekor ketishga qarshi kurashmoq uchun buni vujudga keltiradigan sabablarni bilish kerak. Bunday sabablar juda ko‘p bo‘lganligi uchun ularni bir-biriga yaxshiroq, o‘xshashroq guruhlarga – kategoriyalarga birlashtirish hamda har bir kategoriyaning mazmuni tarkibini aniq tariflab berish kerak bo‘ladi. Foydali sarf qilingan vaqt mazmuni va iqtisodiy ahamiyati jihatidan xilma-xildir. Ulardan ba’zilari normallashtirilgan vaqtning umumiy safida o‘zining tutgan o‘rnidan, ya’ni salmog‘idan qat’iy nazar foydali bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning salmog‘i qancha ko‘p bo‘lsa, ishchining mehnat unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi, jihozlardan foydalanish samaradorligi shuncha ortib boradi.
Ba’zi sarflar normallashtirilgan sarflarga kirsa ham, ularning ko‘payib ketishi mehnat samaradorligi va jihozlarning samarali ishlashini pasaytirib yuborishi mumkin.
Ba’zan bu xildagi vaqt sarfiga yo‘l qo‘yishga to‘g‘ri keladi, bunga sabab jihozlarning texnik xolati, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil qilish ishlari yetarli darajada takomillashmagan bo‘ladi yoki bo‘lmasa bunga kishi organizmining fiziologik va ruhiy hususiyatlari ham sabab bo‘ladi.
Demak, bunday sarflarni cheklab qo‘yish ishchining mehnat samaradorligini oshirishga va jihozlardan samarali foydalanishga yordam beradi. Shuning uchun ish vaqti sarfini klassifikatsiyalash uning asosiy guruhlarini shunday kategoriyalarga, ya’ni tayyorgarlik-yakunlovchi, operativ, ish joyiga xizmat ko‘rsatish, texnikaviy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, reglamentga solingan dam olish va tanaffus vaqtlariga bo‘lishni taqazo qiladi.



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish