Bozor va tavakkalchilik
Glossariy
Kelajakka taalluqli har qanday harakat noaniq natijaga ega. Noaniqlik sharoitida iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham sotuvchi va xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to`g`ri keladi va bu qabul qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi risklar (tavakkalchilik) bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo`qotishga olib keladi.
Tadbirkorlikka yoki daromad olish uchun tikilgan kapitalning qiymati kelgusida undan olinadigan daromad qiymatiga bog`liq ekan, demak u noaniqlik va risk (tavakkalchilik) bilan b o`langan ekan.
Risk (tavakkalchilik) – bu har qanday usul bilan baholangan ehtimollik, noaniqlik esa baholab b o`lmaydigan holat.
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to`liq axborot bo`lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to`g`risida axborot to`liq bo`lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya′ni ma′lum yo`qotishlarga olib keladi. Ushbu yo`qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.
Tavakkalchilikni o`lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog`liq. Ehtimol ikki turga bo`linadi: matematik, ya′ni oldindan aniqlash mumkin bo`lgan ehtimol va statistik ehtimol
Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo`lgan barcha natijalarning o`rtacha o`lchangan qiymatlari.
Chetlanish - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o`rtasidagi farq bo`lib, u tavakkalchilikdan (yo`qotishdan) darak beradi.
Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo`yicha uch turga bo`linadi: tavakalchilikga borishga moyil, tavakkalchilikga borishga qarshi, ya′ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar. Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug`urtalash, tavakkalchilikni birlashtirish, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash, fyuchers, opsion, xedjerlash va boshqalar. 145 Bozorda sotiladigan tovar to`g`risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to`g`risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro`i, tovar sifati va kafolati to`g`risidagi axborotlar bozor signallari bo`lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi.
Keys
Bozorda Oddiy android telefon natxi 1.5 mln bolsa oddiy aholi ola oladi , va bozorda apple telefonlari 200$ dan boshlanadi , muamo shundan iboratki android telefonlar arzon ammo apple ga nisbatan sifati past apple narxi esa qimmat lekin sifatli nima qilinsa aholi sifatli va arzon telefon xarid qila oladi
Yechim:
Bu muommoni hal qilish uchun avvalo ozimizda sifatli va arzon telefonlar ishlab chiqarish kerak va uni sotuvini yolga qoyish uchun demping narxlarni yolga qoyish kerak , shunda aholi sifatli va arzon telefon sotib ola oaldi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Pindyck, Robert S. Microeconomics. - Copyright 2013, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.
2. Olimova N.X., Ergashev A.X. “Mikroiqtisodiyot” o‘quv-uslubiy ko‘rsatma. – F.: FDU, 2010. 55-66 betlar.
3. Campbell R. McConnell. Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.
4. Salimov V.T., Mustafakulov Sh.I., Yuldashev G'.T., Sultanov B.T. Mikroiqtisodiyot: Masalalar to'plami -T.: TDIU, 2018. - 210 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |