Umumiy mehnat taqsimoti – bu, kishilar faoliyatining ishlab chiqarish va noishlab chiqairish sohalari o’rtasidagi mehnat taqsimoti, bu sohalar orasida esa, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport aloqa savdo, hal= ta’limi, fan davlat boshqaruvi, madaniyat, sanat vaxokazolar o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi. Ana shu sohalar o’ratasilagi xodimlarning taqsimlanishi umumiy mehnat taqsimoti va jamiyatning ayrim mamlakat va uning mintaqasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jarayonida o’zgarishlar tasnifi bo’lib xizmat qilishi mumkin7.
Xususiy mehnat taqsimoti – bu, ham makroiqtisodiyot ishlab chiqarish yirik tarmoqlarining tur va kichik turlarga ajratilishidir. Sanoat tarmog’i, masalan, mashinasozlik, to’qimachilik va hokazo sohalarga ajratiladi, to’qimachilik sohasining ichida esa ip gazlama, jun gazlama va hokazo sohalari bo’ladi.
Xususiy mehnat taqsimoti umumiy mehnat taqsimotinig soxalar va tarmoqlar ichidagi taqsimotni nazarda tutadi. Masalan, sanoat tarmoqlari kichik sohalar, birlashmalar, ayrim korxonalarga bo’linadi; qishloq xo’jaligi dehqonchilik va chorvachilikka, ular ichida esa iqtisoslashtirilgan tarmoqLarga (g’alla, paxta, kartoshka yetishtirish, bug’doychilik, gusht, sut, jun yetishtirish va shu kabilarga) bo’linadi. Sanoatda bo’lgani kabi qishloq xo’jaligida ham xususiy mehnat taqsimotining pirovard bosqichi iqtisoslashtirilshan ayrim korxona xisoblanadi. Bu xildagi xususiy mehnat taqsimoti noishlab chiqarish soxasining har qanday tarmog’ida: xalq ta’limida, tibbiyotda, transportda, davlat boshqaruvi va xakozalarda mavjuddir
qisman (ayrim) mehnat taqsimoti – bu, mikroiqtisodiyot ishlab chiqarishida, ya’ni bir korxona ichida mehnatning kasb va ixtisoslar bo’yicha sexlarga, uchastkalarga va alohida ijrochilarga taqsimlanishidir.
Ayrim mehnat taqsimoti ishlar va mehnat funktsiyalarining ayrim korxona va alohida tashkilot xodimlari o’rtasida: sexlar, uchastkalar, brigadalar, guruhlar, zvenolar, ayrim ijro etuvchi xodimlar bo’yicha, shuningdek ularning kasb malaka guruhlari o’rtasida taqsimlanishini nazarda tutadi. Mehnat taqsimotining bu turi ancha murakkab va muhim bo’lib, unda muayyan va mehnat jarayonlari alohidamehnat taqsimoti doirasida sodir bo’ladi. Iqtisodiy natijalar ham ana shu darajada amalga oshiriladi, ijrochilarning ixtisoslashuvi va ular kasb mahoratining ortishi, ixtisoslashgan yuqori unumli asbob-uskunalarning tatbiq etilishi, mehnat unumdorligining ortishi. Mubolag’asiz shuni aytish mumkinki, xozirgi zamon texnikai, texnologiyasi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bo’lishi mumkin emas.
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarining amaliyotda mehnat taqsimotining quyidagi shakllari ham bor: funktsional mehnat taqsimoti; texnologik mehnat taqsimoti; malakali mehnat taqsimoti.
Xodimlar alohida guruhlarining ishlab chiqarishdagi vazifalari va roli ijtimoiy xarakteriga binoan taqsimlanishi funktsional taqsimot, deyiladi. Asosiy funktsional guruhlarga quyidagilar kiradi: xodimlar, muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar, kichik xizmatchi xodimlar (farroshlar, garderobchilar, xat tashuvchilar) va qoravullar (=o’riqchilar va yong’indan saqlovchilar). Xodimlar guruhi asosiy va yordamchi xodimlarga bo’linadi. Texnologik jarayonning barcha bosqichlarida asosiy mahsulotni bevosita tayyorlashda qatnashuvchi xodimlar (to’quvchilar, ip yigiruvchilar, matolarni bo’yovchilar) asosiy xodimlar hisoblanadi. Yordamchi xodimlar asosiy xodimlarning normal, uzluksiz ishlashini ta’minlashadi.
Vazifalar va ularni bajarish uchun kerakli mehnat ko’nikmalarining texnikaviy xususiyatlariga qarab funktsional guruhlar ichida kasb va ixtisoslar bo’yicha mehnat taqsimoti professional yoki texnologik mehnat taqsimoti, deyiladi. To’qimachilik ishlab chiqarishida, masalan, yigiruvchilik, xususan, to’qimachilik va hokazolar ana shunday taqsimotga misol bo’la oladi. Professional mehnat taqsimotining ikki xili bor: predmetbay (detalbay) va operatsiyabay mehnat taqsimoti. Predmetbay mehnat taqsimotida xodim tayyor buyum yoki qism ishlab chiqaradi. Operatsiyabay mehnat taqsimotida esa buyumni (detalni) tayyorlash qator amallarga bo’linib, har qaysi amalni alohida xodim bajaradi. Feodalizm jamiyatida sex hunarmandchiligi ko’rinishidagi predmetbay mehnat taqsimoti hukmron bo’lib, unda har bir usta (aravasoz, etikdo’z, temirchi, kulol, qo’xnado’z va h.k) bitkazib, tayyor qilingan buyum chiqarishga ixtisoslashgan. Operatsiyabay mehnat taqsimoti esa kapitalistik manfakturada keng miqiyosda qo’llanilgan. Bunda tor ixtisoslashuv hunarmandchilik mehnat qurollari negizida mehnat samaradorligining keskin o’sishini ta’minlaydi.
Kasbiy mehnat taqsimoti xodimlarning ixtisoslariga qarab amalga oshiriladi. Bunda ish joyida u yoki bu kasb (ixtisos) bo’yicha ish bajarish nazarda tutiladi. Har bir tur ish (xizmat) hajmiga qarab ishchilarga bo’lgan talabni - sex, uchastka, ishlab chiqarish, korxona, birlashma va hakozalar uchun kasblar bo’yicha talab qilinadigan xodimlar sonini belgilash mumkin.
Korxonalardagi mehnat taqsimoti shakillari xodimlarning o’rnashib qolishiga, mehnat resurslarining bilim va madaniy saviyadan foydalanish darajasiga, ya’ni mehnat unumdorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ish vaqtidan tejamkorlik bilan va to’liq foydalanish uchun sharoit yaratish, har bir xodimning mehnatini mumkin qadar mazmunli va qiziqarli qilish, salomatligi va ish qobiliyati saqlanib qolishini ta’minlash – davlat va nodavlat korxonalaridagi mehnat taqsimoti oqilona bo’lishiga qo’yiladigan talablar ana shulardan iborat.
Mehnat taqsimotining asosiy afzalliklari shundaki, bunda yuqorida bayon etilganidek, xodimning mehnati ixtisoslashib, ish unumi oshadi. Vazifalar doirasi cheklanganligi uchun ularni ko’p marta takrorlayverishga tezroq moslashib qolish, kerak harakatlarni avtomatik bajarishga ko’nikish, eng mukkamal ish usul va uslublarini topish hamda pirovard- natijada vaqt va kuchni tejashga erishish imkoni tug’iladi.
Ammo, ixtisoslashtirishning, ayniqsa, yuqori darajada ixtisoslashtirishning afzaliklari bilan birga iqtisodiy, ayniqsa, ijtimoiy va psixologik jihatdan jiddiy kamchiliklari ham bor.
Har bir xodimga faqat bitta vazifa yoki bitta ish usuli, masalan, yigirish jihozlarida yigiruvchiga uzilgan iplarni ulash, o’rnatuvchiga pilik almashtirish, ramkadagi pilikka qarab turish va hokazolar topshirib qo’yilsa, shundagina to’liq ixtisoslashtirish sodir bo’ladi.
Funktsional mehnat taqsimotining birinchi ijtimoiy kamchiligi –xodimning kundalik mehnatini mazmundorlikdan, ijodiy elementlardan butunlay mahrum qilishdir. Bunda mehnatning yoki xizmat ko’rsatishning qiziqarliligi qolmaydi va u insonning dastlabki hayotiy ehtiyojiga aylana olmaydi. Bundan tashqari, tor ixtisoslashtirish mustaqil respublikamizning mehnatga layoqatli aholisi erishgan intelektual darajadan to’liq foydalanish imkonini bermaydi, qolaversa, o’qimishli va qobiliyatli yoshlarni qanoatlantirmaydi, bu hol xodimlarning qo’nimsizligiga manba bo’lib xizmat qilishi mumkin.8
Funktsional mehnat taqsimotida mehnat jarayoni haddan tashqari maydalashib ketishining ikkinchi psixofiziologik kamchiligi uning zerikarliligi, natijada tez toliqtirish va ish qobiliyatini pasaytirib yuborishidir. Haddan ortiq zerikarli mehnat asabiy-psixik kasalliklarga sabab bo’lishi ham mumkin.
Mehnat psixologlari bilan mehnat fiziologlarining ilmiy tadqiqotlari zerikarli, bir xildagi mehnatning oqibatlari yomonligini to’liq tasdiqladi. Kundalik vazifalarning xilma-xil bo’lishi turli tuyg’u organlarini va turli muskul guruhlarini galma-gal ishga solish – bu, asab induktsiyasi qonuniga binoan mehnat jarayonida dam olishga imkon beradi. Buning teskarisi, ya’ni bir xildagi harakatlarni tez-tez takrorlayverish esa xodimning funktsional holatiga yomon ta’sir ko’rsatadi. Buning sabablari, birinchidan, oddiy harakatlar miyaning faol ijodiy ishlashini talab qilmay, kam miqdordagi asab elementlari ishtirokida bajarilib, ayni vaqtda bu asab elementlari ko’pchiligining tonusi past bo’lishi natijasida kishini uyqu bosib, uni yengish uchun anchagina zo’r berish talab qilinadi, ikkinchidan, xuddi o’sha harakatlarni hadeb takrorlayverish yana shu kichkina bir guruh asablarning haddan tashqari zo’riqishiga olib kelib, ularni tez charchatib qo’yadi.
Bir xildagi ish qilaverilganda ijodiy asos yo’qligi bois o’z mehnatiga qiziqish yo’qoladi, bu xodimlar ko’nimsizligiga sabab bo’ladi.
Zerikarli ishga nisbatan reaktsiya har xil bo’lib, bu narsa odamning psixologik xususiyatlariga, ma’lumot darajasi va mehnat faoliyatiga, stajiga bog’liq. Erkaklar va yuqoriroq ma’lumotli kishilar zerikarli ishga, ayniqsa, chidamsiz bo’lishadi. Ish staji ko’p bo’lganda bir xillikka ko’nikish, ishni avtomatik bajara bilish va boshqa narsalarni o’ylay olish mumkin bo’lib qoladi.
Mehnatning zerikarligi faqat ish usullarining xilma-xil emasligigagina emas, balki ularning davom etish vaqtiga va buning hosilasi sifatida ish usullarining takrorlanish tezligiga ham bog’liq. Fiziologlarning ma’lumotlariga ko’ra, ana shu alomatga binoan mehnat sharoiti 1-jadvalda keltirilgan.
10.1-jadval
Bir xil ish usullarining takrorlanish tezligiga ko’ra mehnatning zerikarlilik darajasi
-
Bir ish kuni davomidagi zerikarlilik ulushi ish vaqti fondining 75 % idan ziyod bo’lganda mehnat zerikarliligining tavsifi
|
Bir xil usullarning soatiga takrorlanish soni
|
Normal (kam zerikarli)
|
180 gacha
|
I toifa (ko’proq zerikarli)
|
181-300
|
II toifa (ko’p zerikarli)
|
301-600
|
III toifa (juda ko’p zerikarli)
|
600 dan ortiq
|
Muayyan sharoitda haddan tashqari ixtisoslashtirish mehnat unumdorligini shu qadar o’stirib yuboradiki, bunday holatga e’tiborsizlik bilan qarash yaramaydi. Bu, jumladan, uzluksiz-potok ishlab chiqarishga taalluqlidir. Bunday hollarda zerikarlilikning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun mehnat psixologiyasi ishlab chiqadigan maxsus choralar ko’rilishi kerak. Masalan, xodimlarni vaqti-vaqti bilan bir operatsiyadan (ish turidan) ikkinchisiga o’tkazib turish, funktsional muzika eshittirish, ish kuni davomida konveyerning harakat tezligini o’zgartirib turish ana shunday choralardan bo’lib, buning natijasida mehnat ritmi o’zgaradi-da, inson organizmida tez, foydali o’zgarish yuz berib, bunda odamning miyasi ham ishtirok etadi.
Funktsional mehnat taqsimotining uchinchi – iqtisodiy kamchiligi shunday iboratki, muayyan sharoitda mehnat va uskunalar unumdorligi, mahsulot sifati tashkiliy sabablarga ko’ra pasayib ketishi mumkin. CHunonchi, ko’p jihozlarda ishlashda u yoq-bu yoqqa borib-kelish vaqti majburan ko’payadi. Agar jihozlarga kompleks xizmat ko’rsatishda yigiruvchi o’z zonasini bir marta aylanganining o’zida uzilgan iplarni ulab, pilikli g’altaklarni o’rnatib, zarurat bo’lgan joylardagi gard-changlarni qoqib-tozalab ham qo’ysa, funktsional mehnat taqsimotida esa bir xodim uzilgan iplarni ulash uchun zonani aylanib chiqadi-da, ikkinchisi g’altak o’rnatish uchun, uchinchisi esa jihozlarni qoqib-tozalash uchun xuddi o’sha yo’lni bosib o’tadi. Masalan, uzilgan iplarni ulash singari bittagina, tasodifiy usulni bajarganda ko’p stanokchi odatdagidan ko’proq jihozga xizmat ko’rsatishi kerak bo’lib, bu esa navbat kelishini kutib, bekor turish vaqti ko’payishi oqibatida uskunalar unumdorligi pasayishiga olib keladi. Vazifalar alohida ijrochilar o’rtasida taqsimlab qo’yilganda, mehnat natijasi uchun ma’suliyatsizlik sodir bo’lib, mahsulot sifati pasayib ketishi mumkin. Masalan, uzluksiz potok ishlab chiqarishida nuqsonli mahsulot tayyorlashga yo’l qo’ymaslik uchun oraliq nazorat kerak. Biroq, yigiruv mashinalarida esa bunday qilib bo’lmaydi, chunki uzilgan iplarni ulash bilan pilik o’rnatish uchun amalda alohida-alohida ma’sul odamlar belgilab qo’yishning iloji yo’q.
Mehnatni tashkil etish va uni rag’batlantirish progressiv shakllardan sanalib, u tor ixtisoslashtirish kamchiliklarini yo’qotishning samarali vositasi bo’lib xizmat qiladi.
SHunday qilib, har bir tipdagi jihozlarga bir xodim to’liq xizmat ko’rsatadigan, bir vazifa yoki bir xil ish bajaradigan qilib ixtisoslashtirish yo’li bilan ham mehnat taqsimoti muammolarini samarali va yetarli hal qilib bo’lmaydi. Mehnat taqsimoti optimal shakllarini mehnatning ijtimoiy va psixofiziologik sharoitiga hamda pirovard-natijada yuksak mehnat unumdorligiga erishishga ixtisoslashtirish qay darajada ta’sir ko’rsatishini hisobga olib tanlash kerak.
Mehnat taqsimoti shakllari o’zgarmas bo’lib qolavermaydi. Ularni doimo takomilashtirib borish hamda texnika taraqqiyotiga va xodimlarning madaniyat - texnikasi saviyasiga muvofiqlashtirib borish kerak. CHunonchi, pnevmoyigiruv mashinalarining va mokisiz to’quv jihozlarining paydo bo’lishi yigiruvchilar bilan to’quvchilarning vazifalarida ham, ish bajarish usullarida ham o’zgarish bo’lishiga olib keladi. Mehnatni tashkil qilish va rag’batlantirishning jamoaviy shakllari ham yondosh kasblarni o’rganishga keng imkoniyat yaratadi, mehnatni xilma-xil, mazmunli va qiziqarli, kam zerikarli va charchatmaydigan qiladi.
Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida mehnat taqsimoti eng samarali bo’lishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim:
a) ishchiga bajarish uchun bir xil malaka va taxminan bir xil texnika bilimini talab etadigan ishni topshirishga harakat qilmoq kerak. Malakali ishchilarni yuqori malaka talab etmaydigan ishlar bilan band qilmasdan, unday ishlarni kam malakali ishchilarga topshirish maqsadga muvofiqdir. SHunday qilinganida malakali ish kuchlariga bo’lgan talab va ish haqi xarajati kamayadi;
b) ko’p stanokda ishlovchi ishchilarni mashinaning to’xtab turishi bilan bog’liq davomli ishlardan (masalan, to’quvchini to’qish jihozlaridagi uzilgan iplarni ulashdan) xalos qilmoq kerak. SHunday qilinganida mashinalarning to’xtab turishi kamayadi, mehnat samaradorligi yanada oshadi;
v) ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarining imkon boricha foydali ish bilan to’la band bo’lishlariga erishish kerak. Buning uchun barcha kasblar uchun yetarli miqdorda ish mavjud bo’lishi shart. Zarur paytlarda ishchiga bir necha, bir xil mashinada ishlashni topshirib, uni ish bilan to’la band qilish mumkin;
g) yuqori mehnat unumdorligiga erishish uchun qilinadigan mehnat taqsimotida ishchilarning bir-birlariga o’zaro yordami uyushtiriladi. Ammo bunda vazifalarning bekor qilinishi va mas’uliyatsizlik yuz berishiga yo’l ko’ymaslik lozim. Ba’zi to’qimachilik korxonalarida yig’ib oluvchi (s’yomshitsa) va uzuvchilar (otrivshitsa) ko’pincha uzilgan iplarni ulashda yigiruvchi va to’quvchilarga yordam beradilar;
d) ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida mehnat taqsimoti iqtisodiy, fiziologik va ijtimoiy tomonlar hisobga olinib, amalga oshirilishi lozim.
Iqtisodiy tomon deganda, korxonalarda va makroiktisodiyotning barcha sohalarida mehnat unumdorligini o’stirish hamda ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmat sifatini yaxshilash nazarda tutiladi.
Fiziologik tomon deganda, shunday mehnat taqsimoti ko’zda tutiladiki, unda ishdagi bir xillik ishchi yoki xizmatchi organizmining turli qismlariga nagruzka bir tekis tushmaydigan, uzoq vaqt (oylar,yillar) davomida ishlash faoliyatdagi bir xil harakat natijasida toliqish yuz bermaydigan bo’lsin.
Mehnat taqsimotining ijtimoiy jihatida operatsiyalarning shunday strukturasi nazarda tutiladiki, unda ishlovchining jismoniy va aqliy ishi navbatlansin yoki qo’shib olib borilib, mehnat yoqimli bo’lsin, mazmundorligi oshsin, jismoniy qismi ozaysin, jismoniy mehnat bilan aqliy mehnat o’rtasidagi tafovut kamayib borsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |