“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


-chizma. Xo’jalik boshqaruv mexanizmida normativlarning o’rni



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/66
Sana17.10.2022
Hajmi1,18 Mb.
#853604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni

2.1-chizma. Xo’jalik boshqaruv mexanizmida normativlarning o’rni. 
Me’yor va normativlar quyidagi asosiy guruhlar bo’yicha ishlab chiqiladi: 
­
mehnat sarfi me’yorlari
­
material sarfi me’yorlari
­
vaqt me’yorlari (asosiy, yordamchi va h.k.) 
­
mashina va jihozlar, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish normativlari 


12 
­
ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish normativlari 
­
atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari 
­
loyiha quvvatlarini o’zlashtirish normativlari 
­
kapital qo’yilmalar samaradorligi normativlari 
Me’yor va normativlar rejalashtirilgan yildagi faoliyatning texnik-iqtisodiy 
va tashkiliy sharoitlari asosida shakllanadi. Vaqt o’tishi va ish sharoitlari 
o’zgarishi, shuningdek, ilmiy texnik taraqqiyot ta’sirida amaldagi me’yor va 
normativlar ham qayta ko’rib chiqiladi. 
Norma va normativlar texnik, iqtisodiy va fiziologik jihatdan asoslangan
bo’lishi lozim. Iqtisodiy asoslanganlik me’yorlarning o’zaro teng kuchli va 
optimalligini ta’minlashini ko’zda tutadi. Texnik asoslanganlik ishchining 
o’rtacha bilim darajasida va o’rtacha mehnat intensivligi sharoitida ishlarni 
bajarish davomiyligiga omillar ta’sirini umumlashtirishni ko’zda tutadi.
Me’yorlarning fiziologik asoslanganligi ularning ishlash va demolish 
reglamentlariga, sanitar – gigienik sharoitlariga muvofiqligini ifodalaydi. 
 
2.2. Me’yor turlari klassifikatsiyasi.
 
Korxonaning normativ bazasi me’yor va normativlarning quyidagi asosiy 
guruhlarini qamrab oladi: 
1.
Kalendar - reja normativlari; 
2.
Xom – ashyo va materiallar sarf me’yorlari; 
3.
Yoqilg’i- energetic resurslar sarfi me’yorlari; 
4.
Jihozlardan foydalanish normativlari; 
5.
Ishlab chiqarish quvvatlarini o’zlashtirish normative; 
6.
Mehnat sarfi me’yori; 
7.
Moliyaviy me’yor va normativlar. 
Me’yor va normativlar quyidagi belgilar bo’yicha guruhlanadi: 

Ishlab chiqish uslublari bo’yicha; 

Amal qilish davriga ko’ra; 

Mahsulotni qismlari bo’yicha; 


13 

Qo’llanish ko’lamiga ko’ra. 
Ishlab chiqish uslublari bo’yicha me’yor va normativlarining analitik hisob,
tajriba va tajriba – statistik turlari ajratiladi. 
Analitik – hisob normativlarni barcha me’yor shakllantiruvchi elementlar 
bo’yicha texnik va iqtisodiy asoslangan hisoblar asosida o’rnatiladigan me’yorlar 
kiritiladi. 
Tajriba normativlari va me’yorlari eksperimental ma’lumotlarni erishilgan 
ilg’or ish usullarini hisobga olgan holda tahlil qilish asosida belgilanadi. Ushbu 
me’yorlar analitik – hisob me’yor va normativ larine o’rnatish uchun sharoit 
bo’lmagan holatda belgilanadi. 
Hisobot – statistik me’yor va normativlar o’tgan yildagi hisobot 
ma’lumotlariga asoslanib o’rnatiladi. 
Ushbu me’yorlar ilmiy – texnik taraqqiyot yutuqlarini o’zida aks ettirmaydi,
ishlab chiqarishni imkoniyatlaridan to’liq foydalanishiga rag’batlantirilmaydi. 
Amal qilish davriga ko’ra me’yor va normativlar operativ, joriy va istiqbol 
me’yorlarga bo’linadi. 
Operativ me’yor va normativlar ish o’rinlaridagi aniq ishlab chiqarish 
sharoitlariga muvofiq keladi, ularning kattaligi buyumlashgan va jonli mehnatning 
o’zgarishiga olib keluvchi turli tadbirlarni joriy qilish bi0lan bog’liq holda 
belgilanadi.
Joriy me’yor va normativlar yillik, kvartallik va oylik me’yorlarga 
bo’linadi. 
Ushbu me’yorlari asosida korxonada turli resurslarni rejalashtirish bo’yicha 
ishlar amalga oshiriladi. 
Joriy normativlar va normalar resurslar iqtisodiga yo’naltirilgan operativ 
hamda joriy etilishi ko’zda tutilayotgan tadbirlar asosida ishlab chiqiladi. Demak , 
joriy normativlar va normalar resurslar sarfining haqiqiy ko’rsatkichlaridan past 
bo’lishi talab etiladi.
(Perspektiv) Istiqbol me’yor va normativlar yillik me’yorlar va tashkiliy – 
texnik tadbirlar rejasi asosida uzoq muddat uchun belgilanadi. 


14 
Mahsulotning 
qismlariga ko’ra ko’ra me’yor va normativlar 
detallashtirilgan (operatsiyalar bo’yicha) bo’g’inli, buyumli, individual, guruhli 
turlarga bo’linadi.
Detalli normalar detallarni tayyorlash uchun zarur bo’lgan material yoki 
mehnat sarflarini ifodalaydi. 
Bo’g’inli va buyumli normalar chizma va texnik shartlarga muvofiq alohida 
buyum yoki bo’g’innni tayyorlash uchun zarur bo’lgan material resurslar va 
mehnat sarfi me’yorlaridir. 
Individual normalar aniq turdagi tayyor mahsulot yoki ishga o’rnatiladi. 
Guruhli me’yorlar o’rtacha olingan kattaliklar uchun belgilanadi. 
Qo’llash ko’lamiga muvofiq ravishda me’yorlarning sex, zavod va tarmoq 
turlari ajratiladi. 
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirishda kalendar reja 
normativlari muhim o’rin egallaydi. Ishlab chiqarish shakliga bog’liq holda 
kalendar reja normativlari quyidagi turlarga bo’linadi: 

oqimli tizim takti – ommaviy ishlab chiqarishda; 

detallarni kiritish – chiqarish partiyalari kattaligi – yirik seriyali va seriyali 
ishlab chiqarishda; 

detallar partiyasini takrorlanish davriyligi – yirik seriyali va seriyali ishlab 
chiqarishda; 

detallar partiyasini, mahsulotlarni tayyorlash ishlab chiqarish sikli davriyligi – 
yirik seriyali va seriyali ishlab chiqarishda; 

buyumni tayyorlash ishlab chiqarish sikli davomiyligi – yakka tartibli va mayda 
seriyali ishlab chiqarishda; 

texnologik o’tishlar bo’yicha texnologik o’zishlar (mutanosiblik) – yakka 
tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda;

detal, mahsulot zadellari – ommaviy, yirik seriyali ishlab chiqarishda 

tugallanmagan ishlab chiqarishda materiallar – yakka tartibli va mayda seriyali 
ishlab chiqarish. 


15 
Oqimli tizim takti – tizimdan ketma – ket chiqayotgan mahsulot orasidagi 
vaqt.
Detallarni, mahsulot larni kiritish – chiqarish partiyasi kattaligi – bir soz 
Lash sharoitida bir kiritishda tayyorlangan detal, bo’g’in, buyumlar 
miqdoridir. 
Detal, mahsulot partiyasining takrorlanishi davriyligi – detal, bo’g’in, 
mahsulot partiyasi ishlab chiqarishga kiritish intervali (kun). 
Ishlab chiqarish sikli davomiyligi – mahsulot , detal, bo’g’inlar partiyasi 
ishlab chiqish jarayonlarining barcha bosqichidan o’tadigan vaqti. 
Texnologik o’tishlar bo’yicha calendar o’zishlar (mutanosiblik) yetakchi 
detalni ishlab chiqarishga kiritish muddatini tayyor mahsulotni chiqarishning 
belgilangan muddatidan ajratib turuvchi calendar vaqt kattaligidir. 
Kalendar - reja normativlar asosida ommaviy, yirik seriyali va seriyali 
turlarga asoslangan korxonalarda detal va mahsulotlar zadellari me’yorlari, yakka 
tartibli va mayda seriyali ishlab chiqrishda- tugallanmagan ishlab chiqarishdagi 
materiallar me’yorlari ishlab chiqiladi. 
Zadellar vazifasi va paydo bo’lish o’rniga ko’ra texnologik,transport, 
aylanma va sug’urta zadellariga ajratiladi.
Texnologik zadellar ish o’rinlarida ishlov berilayotgan va yig’ilayotgan 
detal, bo’g’in, mahsulotlardir. 
Tranport zadeli birinchi operatsiyaga, operatsiyalar orasida, ketma – ket 
uchastkalarda transport vositasida harakatlanayotgan detal va bo’g’inlardir. 
Aylanma zadellar ish o’rinlarining unumdorligini tenglashtirish maqsadida 
operatsiyalar orasida shakllantiriladigan yarim tayyor mahsulotlardir. 
Sug’urta zadeli oqimli tizim va sex faoliyatidagi uzilishlarning oldini olish 
maqsadida omborlarda shakllantirilgan zahiralardir. 
Paydo bo’lish joyiga ko’ra ishlab chiqarish turi va texnologik jarayon 
xarakteridan kelib chiqib quyidagi zadellarga ajratiladi: 
Ommaviy ishlab chiqrishda – operatsiyalar orasidagi zadellar, tizimlar 
orasidagi (sex orasidagi) zadellar. 


16 
Yirik seriyali va seriyali ishlab chiqarishda – sex ichidagi (siklli) va sex 
orasidagi ( ombor) zadellari. 
Yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda ommaviy va seriyali 
ishlab chiqarishdan farqli ravishda ichki zadellar hisoblanmaydi, balki mahsulotlar 
kesimida tugallanmagan ishlab chiqarishdagi materiallar me’yori ( kun ifodasida) 
aniqlanadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishda materiallar me’yorlari natural ifodada 
hisoblanadi.
Natural ifodadagi normalar: ommaviy, yirik seriyali va seriyali ishlab 
chiqarish turida – detallar zadeli me’yori va detalga material sarf meyoridan kelib 
chiqib, yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda mahsulot uchun material 
sarfi me’yori va shu mahsulot bo’yicha tugallanmagan ishlab chiqarishdagi 
materiallar me’yoridan kelib chiqib aniqlanadi. 
Kunlarda ifodalangan norma natural ifodadagi tugallanmagan ishlab 
chiqarish materiallari me’yorini ushbu materiallarga o’rtacha kunlik talabga nisbati 
orqali hisoblanadi . Material me’yori bir necha yil uchun aniqlanadi. Ishlab 
chiqarish texnologiyasi yoki mahsulot konstruktsiyasi o’zgargan holatda ushbu 
me’yorlar ham qayta ko’rib chiqiladi. 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish