“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/66
Sana17.10.2022
Hajmi1,18 Mb.
#853604
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni




 
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI 
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
 
 
 
“Meyorlashtirish asoslari” 
fanidan ma’ruzalar matni 
 
Bilim sohasi: 200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
 
Ta’lim sohasi: 230000 - Iqtisod
 
Ta’lim yo’nalishi: 5230100 - Iqtisodiyot
 
 
 
 
 
 
 
Farg‘ona – 2020 



KIRISH 
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar miqdor va sifat 
ko’rsatkichlaridagi o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Mustaqillik hamda barcha 
xo’jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o’tishi iqtisodiyotning asosiy 
bo’g’ini hisoblangan korxona maqomining sezilarli o’zgarishiga sabab bo’ldi. 
Korxonalar endilikda o’z faoliyatlarini mustaqil ravishda yuritmoqdalar. Ular 
faoliyati asosini bozor talabini tashkil etadi. Bundan kelib chiqqan holda ular 
kerak bo’lgan barcha turdagi resurslar hajmini mustaqil belgilamoqda.Korxonalar 
ilg’or ishlab chiqarish texnikasi, ishlab chiqarish texnologiyasi va tejamkorlik 
rejimiga rioya etish masalalari bilan shug’ullanmoqdalar, zamonaviy boshqaruvni 
yo’lga qo’ymoqdalar, joriy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar va 
rivojlanishning zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar Korxonalarning 
rivojlanishi, taraqqiy etishi va iqtisodiy jihatdan baquvvat bo’lishi respublika 
iqtisodiyotini barqororlashuviga zamin yaratadi.Xalqimiz turmush darajasining har 
tomonlama yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar mahsulot ishlab chiqarish 
hajmlarini ko’paytirishga va uni bozorga taklif qilish orqali ko’proq foyda olishga 
intiladi. Bunday sharoitda mahsulot hajmini resurslar sarfini oshirish bilan bir 
qatorda ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi ishchilarning ish yoki mehnat 
unumdorligini ko’tarish orqali amalga oshirgani korxona uchun ko’proq samarali 
hisoblanadi. Mehnat unumdorligi – ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi 
asosiy ko’rsatkich, uni oshirish-iqtisodiy o’sishning asosiy omilidir.Mehnat 
unumdorligining o’sishi bevosita xarajatlar bo’yicha tejamkorlikni ta’minlaydi. 
Mehnat unumdorligini o’sishi va tejamkorlikni ta’minlashning asosiy omillaridan 
biri bo’lib mehnatni oqilona me’yorlashtirish hisoblanadi. Mehnatni to’g’ri 
me’yorlashtirish hisobiga katta kapital mablag’lar sarf etmasdan mahsulot birligini 
ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish asosida xarajatlar bo’yicha 
tejamkorlikka erishish ta’minlanishi mumkin. Me’yorlashtirish asosini sarf 
o’lchovini belgilash tashkil etadi.Shuning uchun uni ham iqtisodiy, texnik va 
psixofiziologik jihatdan asoslash zaruriyati ob’ektiv ravishda paydo bo’ladi.Chunki 



resurslarning cheklanganligi mahsulot birligini ishlab chiqarishni har tomonlama 
asoslashni taqozo etadi. 
Hozirgi vaqtda barcha tarmoq korxonalarida me’yorlashtirish holati 
iqtisodiyotning rivojlanish talablariga jovob bermaydi. Ilg’or texnika va 
texnologiyadan foydalanish asosida mehnatni tashkil etishni yaxshilash jarayonida 
hamma vaqt barcha me’yorlarni almashtirishga yetarli e’tibor berilmayapti. Bu
holat ishlab chiqarish samaradorligini ancha kamaytirmoqda.Shuning uchun sanoat 
korxonalarida me’yorlashtirishni tashkil etish holatini o’rganish va uni yaxshilash 
imkoniyatlarini aniqlash dolzarb masala bo’lib hisoblanadi.Texnik va ilmiy 
jihatdan asoslangan me’yorlarini ishlab chiqish asosida mehnat va moddiy 
resurslardan tejash imkoniyati yaratiladi. Ilmiy jihatdan asoslangan me’yorlarini 
ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan nazariy va amaliy bilimlarni o’rganishda esa 
“Me’yorlashtirish asoslari” fani muhim ahamiyatga ega hisoblanidi. Bu kurs oldida 
ishlab chiqarish korxonasining mavjud imkoniyatlarida resurslarga talabn 
irejalashtirishga ilmiy yondashish va muxandis olimlarning tadqiqotlaridan
foydalanish, resurslarni me’yorlashtirishda o’ziga hos yo’nalishlardan borish, 
shuningdek, , mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun me’yorlar belgilanganda 
qanday kuzatish uslublari va turlaridan foydalanish kabi masalalarni yoritish 
vazifasi ham turadi. 




Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish