1
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“Meyorlashtirish asoslari”
fanidan ma’ruzalar matni
Bilim sohasi: 200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi: 230000 - Iqtisod
Ta’lim yo’nalishi: 5230100 - Iqtisodiyot
Farg‘ona – 2020
2
KIRISH
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar miqdor va sifat
ko’rsatkichlaridagi o’zgarishlarga sabab bo’ldi.
Mustaqillik hamda barcha
xo’jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o’tishi iqtisodiyotning asosiy
bo’g’ini hisoblangan korxona maqomining sezilarli o’zgarishiga sabab bo’ldi.
Korxonalar endilikda o’z faoliyatlarini mustaqil ravishda yuritmoqdalar. Ular
faoliyati asosini bozor talabini tashkil etadi. Bundan kelib chiqqan holda ular
kerak bo’lgan barcha turdagi resurslar hajmini mustaqil belgilamoqda.Korxonalar
ilg’or
ishlab chiqarish texnikasi, ishlab chiqarish texnologiyasi va tejamkorlik
rejimiga rioya etish masalalari bilan shug’ullanmoqdalar, zamonaviy boshqaruvni
yo’lga qo’ymoqdalar, joriy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar va
rivojlanishning zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar
Korxonalarning
rivojlanishi, taraqqiy etishi va iqtisodiy jihatdan baquvvat bo’lishi respublika
iqtisodiyotini barqororlashuviga zamin yaratadi.Xalqimiz turmush darajasining har
tomonlama yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar mahsulot ishlab chiqarish
hajmlarini ko’paytirishga va uni bozorga taklif qilish orqali ko’proq foyda olishga
intiladi. Bunday sharoitda mahsulot hajmini resurslar
sarfini oshirish bilan bir
qatorda ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi ishchilarning ish yoki mehnat
unumdorligini ko’tarish orqali amalga oshirgani korxona uchun ko’proq samarali
hisoblanadi. Mehnat unumdorligi – ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi
asosiy ko’rsatkich, uni oshirish-iqtisodiy o’sishning asosiy omilidir.Mehnat
unumdorligining o’sishi bevosita xarajatlar bo’yicha tejamkorlikni ta’minlaydi.
Mehnat unumdorligini o’sishi va tejamkorlikni ta’minlashning asosiy omillaridan
biri bo’lib mehnatni oqilona me’yorlashtirish hisoblanadi. Mehnatni to’g’ri
me’yorlashtirish hisobiga katta kapital mablag’lar sarf etmasdan mahsulot birligini
ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish asosida xarajatlar bo’yicha
tejamkorlikka erishish ta’minlanishi mumkin. Me’yorlashtirish
asosini sarf
o’lchovini belgilash tashkil etadi.Shuning uchun uni ham iqtisodiy, texnik va
psixofiziologik jihatdan asoslash zaruriyati ob’ektiv ravishda paydo bo’ladi.Chunki
3
resurslarning cheklanganligi mahsulot birligini ishlab
chiqarishni har tomonlama
asoslashni taqozo etadi.
Hozirgi vaqtda barcha tarmoq korxonalarida me’yorlashtirish holati
iqtisodiyotning rivojlanish talablariga jovob bermaydi. Ilg’or texnika va
texnologiyadan foydalanish asosida mehnatni tashkil etishni yaxshilash jarayonida
hamma vaqt barcha me’yorlarni almashtirishga yetarli e’tibor berilmayapti. Bu
holat ishlab chiqarish samaradorligini ancha kamaytirmoqda.Shuning uchun sanoat
korxonalarida me’yorlashtirishni tashkil etish holatini o’rganish va uni yaxshilash
imkoniyatlarini aniqlash dolzarb masala bo’lib hisoblanadi.Texnik
va ilmiy
jihatdan asoslangan me’yorlarini ishlab chiqish asosida mehnat va moddiy
resurslardan tejash imkoniyati yaratiladi. Ilmiy jihatdan asoslangan me’yorlarini
ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan nazariy va amaliy bilimlarni o’rganishda esa
“Me’yorlashtirish asoslari” fani muhim ahamiyatga ega hisoblanidi. Bu kurs oldida
ishlab chiqarish korxonasining mavjud imkoniyatlarida resurslarga talabn
irejalashtirishga ilmiy yondashish va muxandis
olimlarning tadqiqotlaridan
foydalanish, resurslarni me’yorlashtirishda o’ziga hos yo’nalishlardan borish,
shuningdek, , mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun me’yorlar belgilanganda
qanday kuzatish uslublari va turlaridan foydalanish kabi masalalarni yoritish
vazifasi ham turadi.