Tayyorlov sexlari mexanik ishlov berish sexlarini zagotovka bilan ta’minlash ishlari bilan shug’ullanadi. Ko’pchilik hollarda tayyorlangan detal o’lchami aniqligi zagotovka o’lchami aniqligiga bog’liq bo’ladi



Download 1,6 Mb.
bet1/18
Sana17.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#814306
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Bolg’alangan va shtamplangan xomashyoni o’rganish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
_________ FAKULTETI
_____________________________________________ TA‘LIM YO’NALISHI
2-BOSQICH 204-GURUH TALABASI
_________________________________________________NING
„___________________________________________“ FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI


MAVZU: BOLG’ALANGAN VA SHTAMPLANGAN XOMASHYONI O’RGANISH

Bajardi: ___________________________


Qabul qildi: _______________________

Termiz-2022


MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………..3
I BOB. BOSIM OSTIDA ISHLOV BERISH ASOSLARI
1.1. Bosim ostida ishlov berishning mohiyati va ahamiyati……………………..6
1.2. Metallarni bolg‘alash………………………………………………………42
II BOB. SHTAMPLANGAN XOMASHYONI O’RGANISH
2.1. Materiallarni shtamplash…………………………………………………..48
2.2. Rangli metallarni bosim ostida ishlash…………………………………….57
XULOSA……………………………………………………………………….64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………….67
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Tayyorlov sexlari mexanik ishlov berish sexlarini zagotovka bilan ta’minlash ishlari bilan shug’ullanadi. Ko’pchilik hollarda tayyorlangan detal o’lchami aniqligi zagotovka o’lchami aniqligiga bog’liq bo’ladi. Hamma vaqt ham aniq o’lchamdagi va shakldagi zagotovkalarni tayyorlash imkoniyati yo’q, chunki ko’pgina tayyorlov sexlarning texnologik jarayonlari yuqori harorat bilan bog’liq.
Zagotovka olish usuli mashinasozlik korxonasining ishlab chiqarish turiga, zagotovka materialiga va zagotovka konfiguratsiyasiga bog’liq.Zagotovkalar universal va maxsus turlarga ajratiladi:Universal zagotovkalar asosan yakkalab va kichik seriayli ishlab chiqarishda qo’llaniladi va odatda prokat mahsuloti hisoblanadi.Maxsus zagotovkalar yirik seriayli va ommaviy ishlab chiqarishda qo’llaniladi va ularni quyib yoki shatmplab olishadi. Maxsus zagotovkalar yakkalab ishlab chiqarishda ham qo’llaniladi, masalan, quymalar.
Quymalar tayyorlashning asosiy usuli qum qoliplarda suyuqlanuvchan modellar bo’yicha, qobiq qoliplarga, kokilga, bosim ostida va markazdan qochma usulda quyish hisoblanadi. Yuqoridagu usullar yordamida bir martalik qoliplarda(qum qoliplarda, suyuqlanuvchan modellar bo’yicha va qobiq qoliplarda) va metall qoliplarda( kokilda, bosim ostida va markazdan qochma usulda) quymalar tayyorlash mumkin.Shtamplash usuli bilan egiluvchanligi yuqoriroq bo’lgan materiallardan(po’latdan, alyuminiy va mis qotishmalaridan) tayyorlangan zagotovkalar olinadi. Shtamplar ochiq va yopiq holda bo’ladi.Ayrim hollarda zagotovkalar bolg’alash usuli bilan ham olinadi.Bolg’alash usuli egiluvchan materiallar uchun mo’ljallangan. Bolg’alash usuli bilan vallar, tishli g’ildiraklar, kronshteynlar va boshqa katta dinamik va statik nagruzkalarda ishlaydigan detallar uchun zagotovkalar olinadi.
Bolg’alab va shtamplab tayyorlangan zagotovkalar, egilishga, buralishga, cho’zilishga ishlaydigan va ko’ndalang kesimlari turli joylarda turli xil bo’lgan detallar uchun qo’llaniladi. Pokovka(bo’lga’alab olingan narsa)lar tayyorlashda zagotovka konfiguratsiyasini detalning soddalashtirilgan tashqi ko’rinishi konfiguratsiyaga yaqinlashtirishga intiladilar.
Ayrim hollarda to’g’ri qaror qabul qilish uchun quyidagilarni analiz qilish zarur: zagotovkaga sodda konfiguratsiya berib, mexanik ishlov berilayotganda ortiqcha materialni olib tashlash yoki konfiguratsiyasi va o’lchamlari tayyor detalnikiga yaqin bo’lgan aniqroq pokovka berish, buning natijasida mexanik ishlov berish vaqtida kamroq metallni olib tashlash mumkin.
Bolg’alangan va shtamp ko’rinishidagi (erkin bolg’alash usuli bilan olingan) zagatovkalar asosan katta detallar uchun qo’llaniladi, yakkalab va kichik seriyali ishlab chiqarishda – mayda detallar uchun qo’llaniladi.
Shtamp ko’rinishidagi zagotovkalar shtamplarda bolg’alab olinadi; bu usul erkin bolg’alash usuli oldida ustunlikka ega. Shtamplangan zagotovkada metall strukturasi bir xil tarkibli bo’lib, buning natijasida detal mustahkamroq bo’ladi. Shtamplash usuli bilan detal o’lchamlariga yaqin o’lchamda bo’lgan zagatovkalar hosil qilinadi; ishlab chiqarishning ayrim hollarida shtamplangan zagotovkalar keyingi mexanik ishlov berishsiz yoki qisman mexanik ishlov berib ishlatiladi. Shtamplar tayyorlashda metall isrofi kamayib metall yaxshi ishlatiladi. Shtamplar tayyorlash jarayoni bolg’alashga nisbatan tezroq bo’lib, kvalifikatsiyasi kamroq bo’lgan ishchi kuchini talab qiladi. Shtamplangan zagotovkalar tannarxi bolg’alangan zagotovkalar tannarxidan kamroq. Agar yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda ishlab chiqarish dasturi bo’yicha ma’lum miqdordagi zagotovkalar kerak bo’lsa zagotovkalar shtamplar ko’rinishida qo’llaniladi, chunki bunday zagotovkalar tayyorlash uchun qimmatbaho shtamplar zarur, bunday hollarda ularning tannarxi katta miqdordagi zagotovkalar miqdoriga taqsimlanadi.
Zagotovka olish usullari Prokat zagotovkalari(doiraviy, kvadratli, oltiburchakli) berilgan prokatning biror bir turiga konfiguratsiyasi bo’yicha yaqin, ya’ni detal ko’ndalang kesimlarida aytarli farq bo’lmaganda va uning yakuniy shaklini olishda katta miqdordagi metall qatlamini olib tashlashni oldini olish mumkin bo’lgan detallarda qo’llaniladi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish