27
Bu yerda:
G –
yaroqli mahsulot og’irligi;
Q –
sarflangan xom-ashyo miqdori;
Materiallardan foydalanish koeffitsienti quyidagi formuladan aniqlanadi
Km = Ms / Нm
Где Ms - sof sarf,
Нm -material sarf meyori
Ushbu koeffitsient 1 ga qancha yaqin bo’lsa me’yorlashtirilagan material
shunchalik samarali sarflanadi.
Ilg’or sarf me’yorini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
-ilg’or korxona, sex, uchastkalar va ilg’or ishchilar tajribalarini o’rganish va shu
asosida materialar iqisodi bo’yicha rezervlarni aniqlash;
-aniqlangan rezervlarni ishga solishga yo’naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish;
-rejalashtirilgan tadbirlarni iqtisodiy samaradorligini aniqlash,
olingan
natijalarni e’tiborga olingan holda sarf me’yorlarini ilg’orligini baholash;
-korxona, sex, uchastka va ish o’rinlarida me’yorlarni o’zlashtirish ishlarini
tashkil etish.
Ishlab chiqilayotgan jamlanma-rejaviy me’yorlar, ushbu meyorlarni
o’rnatish vaqtidagi material sarflarini ifodalamaydi.Ular tashkiliy texnik
tadbirlarda ko’zda tutilgan materiallar iqtisodini e’tiborga olgan holda o’rnatilishi
zarur. Agar P
m
– mahsulot birligiga boshlang’ich material sarfini, I- rejalashtirilgan
tashkiliy-texnik tadbirlar bo’yicha iqtisodini Q
m
–rejalashtirilgan mahsulot hajmini
belgilansa hisoblangan jamlanma rejaviy norma (N
а
)
quyidagicha ifodalanishi
mumkin:
Bunda:
– mat erial resurslardan foydalanish soxasidagi rivojlanishni e’tiborga
olmagan xoldagi me’yorning o’rtacha darajasini ifodalaydi.
=
munosabat takomillashgan me’yorlarni ifodalaydi.
28
Oxirgi munosabat kattaligi qanchalik katta va tashkiliy texnik tadbirlar rejasi
bilan asoslangan bo’lsa, rejalshtirilayotgan me’yorlar shunchalik ilg’or
bo’ladi.Normativlar turli tarmoqlarda, ise’mol qilinadigan material resurlar turi,
mahsulot tayyorlash texnologiyasi va ishlab chiqarish ko’lamiga bog’liq holda
turlicha hisoblanadi.
Masalan: mashinasozlik korxnasida (ommaviy va yirik seriali )
asosiy
materiallar sarfi har bir detal bo’yicha hisoblanadi. Ular asosida spetsifik va
jamlanma buyum bo’yicha sarf me’yorlari shakllantiriladi. Bunda material sarf
me’yorlarini aniqlashda qat’iy asoslangan ilmiy texnik hisoblarga tayaniladi.
Mayda
seriali
va
yakka
tartibli
ishlab
chiqarishda
mahsulot
nomenklaturasining kengligi me’yorlarini detallashtirilgan tarzda hisoblash
qiyinlashtiradi. Shu sababdan ushbu holatda ishlab
chiqarilayotgan mahsulot
namunalari bo’yicha meyorlar o’rnatiladi. Bunda namunaviy mahsulotlarni
tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish talab etiladi:
1)
Namuna umumlashtirilayotgan mahsulotlarga konstruktiv-texnologik jixatdan
yetarli darajada o’xshash bo’lishi lozim;
2)
Namunani ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materialiar nomenklaturasi
guruhga kiruvchi mahsulotlar uchun materiallar nomenklaturasi
bilan mos kelishi
zarur. Namuna uchun hisoblangan materiallar sarf me’yori har bir mahsulot
ulushini e’tiborga oluvchi koeffitsient yordamida aniq mahsulot uchun sarf
me’yoriga o’tkaziladi.
Yangidan o’zlashtirilayotgan mahsulotlar uchun sarf meyorlari amaldagi
me’yorlardan foydalanish asosida belgilanadi.
Bunday uslub konstruktiv-
texnologik o’xshashlik uslubi deyiladi. Sanoat korxonalarida xom-ashyo va
materiallar sarf me’yorlarini ishlab chiqish bilan -bosh texnolog bo’limi, yoqilg’i
va elektr energiya sarf me’yorlari- bosh energetik bo’limi, texnologik uskuna sarf
me’yori bilan bosh mexanik bo’limi shug’ullanadi.
29
Material sarf me’yorlarining mavjudligi sharoitida har bir aniq mahsulot
uchun me’yorlar o’tkazish koeffisiyenti asosida o’rnatiladi
Ns mah=Nnam*Ko’t
Bu yerda:
Ns mah- mahsulot turi uchun sarf me’yori;
Nnam- namunaviy mahsulot uchun hisoblangan material sarfi me’yori;
Ko’t- o’tkazish koeffisienti
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi bir turda bo’lmasa, dastlab
ishlab chiqarishda yaxshi o’zlashtirilgan namunaviy detallarni ajratib olish va ular
bo’yicha texnologik chiqindilar va yo’qotishlarni har tomonlama hisobini yuritish
zarur. Ushbu jarayon materiallardan foydalanishning
namunaviy koeffisiyentlarni
o’rnatish uchun zarur. Namunaviy koeffisiyentlar asosida material sarfi me’yorlari
quyidagicha aniqlanadi.
Nd=Ds/Knam
Bu yerda;
Nd-1 detal uchun material sarfi;
Ds-detal sof og’irligi
Knam-materialdan foydalanish namunaviy koeffisiyenti;
Konstruktiv – texnologik metodda material sarfi normasi quyidagicha
hisoblanadi:
Nm= (Qs*nb)/(100*Knam)
Bu yerda:
Qs- o’zlashtirilayotgan mahsulotning sof og’irligi;
nb- o’zlashtirilayotgan material guruxining bazaviy mahsulot og’irligidagi
nisbati, foizda
2
;
Do'stlaringiz bilan baham: